O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə62/106
tarix27.09.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#149763
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106
SSENARIY
Sqenariy biror bir tipik hodisaga xos o‘zaro bog‘liq faktlarning ularning uzviyligini aks ettiruvchi namunaviy shakl misolida yoritilishidir. Ushbu namunaviy struktura ma’lum voqelik bo‘lagiga oid harakatlar, holatlar uzviy munosabatlaridan iborat (masalan, restoranda tushlik, dars jarayoni, institutga qabul, muzey ziyorati va hokazo).
Sqenariy (scenarios) tushunchasini kognitologiyaga oid tadqiqotlar doirasiga birinchilardan bo‘lib sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassislar R.SHenk va R.Abelsonlar kiritishgan (Schank etal. 1975) va ularning talqinicha, ushbu tushuncha voqealar ketma-ketligini, ularning o‘zaro bog‘lanishini ko‘rsatish uchun zarur. Har bir sqenariy tarkibida slotlar (kichik mazmundagi qismlar) ajratiladi va bu slotlarda voqea ishtirokchilarining roli, maqsadi kabilar o‘z aksini topadi.
«Oziq-ovqat do‘koni» sqenariysi taqdimiga misol keltiramiz:
Ssenariy: do‘kon
Rollar: mijoz, sotuvchi, xazinachi.
Maqsad: oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun do‘konga borish.

1-sahna: do‘konga kirish:


Mahsulotlarni ko‘zdan kechirish,
Mahsulotlar narxi bilan tanishish,
Sotuvchi bilan maslahatlashish,
Mahsulotlarni tanlash.
2-sahna: tanlangan mahsulotlarni aravachaga solish, xazinachi tomon yurish.
3-sahna: xazinachidan hisob-kitobni so‘rash,
Pulni to‘lash,
CHekni olish,
Do‘kondan chiqib ketish.

Ko‘rinib turibdiki, har bir harakat bir-biri bilan sabab bog‘lanishiga ega, ya’ni oldingi harakat keyingisiga shart-sharoit tayyorlaydi. Odatda, kompyuter tilshunosligida sqenariylarga ajratish uslubi asosan matn qurilishi tahlilida qo‘llaniladi. Sqenariy tarkibidagi «sahna» - atrof - muhit, voqelikning alohida bir qismi. Bir paytning o‘zida qabul qilinayotgan axborotning miqdori chegaralangan bo‘lishi kerak. Bu hissiyot va idrok organlarining imkoniyati va talabidir. Aks holda, inson o‘z diqqatini alohida bir ob’ektga yo‘naltira olmaydi, parishonxotirlik yuzaga keladi. Alohida diqqat paytida yuzaga keladigan obraz kechayotgan voqelikning ma’lum bir sahnasi uchun asos bo‘ladi. Ajratilayotgan har bir sahna («do‘konga kirish», «mahsulot tanlash», «hisob-kitob» kabilar) umumlashgan kognitiv strukturalar (sqenariy, skript, konsept kabilar) uchun o‘ziga xos «qurilish materiali» vazifasini o‘taydi. Ayni paytda, harakatdagi voqelik bo‘lagini ifodalovchi sahna, konsept shakllanishida ishtirok etishi bilan birgalikda, o‘zi ham ushbu ishtirok jarayonida umumlashaveradi va kognitiv birlik darajasiga ko‘tariladi. Sankt - Peterburg davlat pedagogika universiteti «Nutq statistikasi» laboratoriyasining professori V.YA.SHabes kichik kognitiv birliklar obraz, sqena hamda konsept hodisalari o‘rtasidagi munosabatlarning dialektik xususiyatini quyidagicha ta’riflaydi: «Agar obraz nisbatan yakkalik, noyoblik xususiyatiga hamda bevosita sahna bilan bog‘liqlik xususiyatiga ega bo‘lsa, konsept esa to‘liq bir obrazlar sinfining umumiy va muhim xususiyatlarining umumiy majmuasidir» (SHabes 1989: 18). Bu esa xususiylik va konkretlikning umumiylik va mavhumlikka bo‘lgan munosabatiga o‘xshaydi.


Voqealarning tafakkurdagi idroki shaklini aks ettiruvchi konseptning sqenariy tuzilishini qoliplashtirishda bajarayotgan harakat strukturaviy markaz vazifasini o‘taydi. YOritilayotgan voqeliknnig boshqa bo‘laklari ushbu markaz bilan maqsadli munosabatlar asosida bog‘lanadilar. Munosabatlarning maqsad va mazmundagi farqiga nisbatan voqea tuzilmasi bo‘laklarining semantik rollari farqlanadi. J.Fillmorning qayd etishicha, semantik rollar (semantic roles) kechayotgan voqea sqenariysining xotirada aks etgan strukturasidir (Fillmore 1968). U actor (aktyor – harakat sub’ekti), recipient (recepient–harakatni qabul qiluvchi), instrument (instrument – vosita - harakat quroli), objekt (ob’ekt – harakat ob’ekti), reason (sabab), aim (maqsad), place (makon), time (zamon) kabi 8 turdagi semantik rolni farqlashni taklif qiladi.
Keyinchalik, semantik rollarni nomlash va ularning soni haqida turlicha fikrlar bildirilib (masalan, P. Lindsey va D. Norman ularning sonini 11 taga etkazishdi: Lindsey, Norman 1974), har bir munosabatning yuzaga kelishi hamda mental tuzilmalarda tutgan o‘rnini o‘rganishning lisoniy tafakkurning psixologik mantiqiy asoslarini yoritishda muhimligi e’tirof etib kelinmoqda (Qarang: Kubryakova, Pankraq 1985; Safarov 1983). Kognitiv tilshunoslik yo‘nalishining asoschilaridan biri Ronald Lankager (Lancager, 1991) semantik rollar majmuasini role archestures – rollar namunasi to‘plami sifatida qarashni taklif qiladi. Uningcha, rollar lisoniy hodisa bo‘lishdan ko‘ra, ko‘proq kognitiv mohiyatdagi vositadir. Bu namunalar bizning voqelik bilan muloqotimiz natijasida hosil bo‘ladigan tajriba asosida yuzaga keladi. Tajribadan ma’lumki, biz shaxslar va predmetlarni harakatga unday olamiz (harakat agenti – bajaruvchisi), shuningdek, predmetlar tashqi kuch ta’sirida o‘z holati, o‘rnini o‘zgartirishi mumkin (paqient – ishtirokchi) va hokazo. Namunaviy rollar, xuddi barcha kognitiv kategoriyalar singari, yaqqol farqlanib turadigan kategoriyalar qatoriga kirmaydilar. Ularni tadrijiy hodisalar qatoriga kiritish ma’qulroq. Bu kategoriyalarni R.Lankager aytganidek, «san’at muzeyidagi haykallar qatoriga o‘xshatmasdan, balki tog‘ning eng baland cho‘qqisiga o‘xshatish lozim» (Lancager 1991: 285).
Har holda namunaviy kognitiv strukturalarning barchasi, katta yoki kichikligidan qat’iy nazar, xotirada jamlangan axborotni maqsadli namoyon qilish vazifasini o‘taydilar. Ular tizimida bilish harakatlarining ketma-ketligi, axborotning tizimiy xususiyatlari o‘z aksini topadi.
SKRIPT
Skript (inglizcha script so‘zining tub ma’nosi «qo‘lyozma, yozuv») namunaviy konseptual tuzilmalarning bir turi sifatida qaralib, u inson tafakkurida aks etayotgan borliqdagi voqelarning me’yoriy ketma-ketligi namunasidir. Skript tarkibiy tuzilishi jihatidan sqenariyga juda ham yaqin turadi, hatto ayrim hollarda uni to‘lig‘icha takrorlaydi. Skript tarkibiga kiruvchi voqealarning sabab-oqibat munosabatlari asosida, tizimiy bog‘lanishi, ketma-ketligi hamda ushbu voqealarning stereotip takrorlanuvchanlik xususiyati uning asosiy tavsifiy belgisi sifatida qaraladi (Shank and Abelson 1977).
Psixologlar skript tushunchasini «xotira atamalari» qatoriga kiritadilar, bu holda ushbu tushuncha uzoq muddatli xotirada saqlanayotgan bilim hamda oldindan jamlangan bilim yordamida biror hodisani tushunish, anglashni ta’minlovchi bilish qurolini anglatadi. Skriptlarning katta qismi bolalik davridanoq, ya’ni hayot jarayonida, o‘zgalar hatti - harakati, voqelikni kuzatish natijasida tug‘iladigan tajriba va kechinmalar zaminida shakllanadi. Insonning bilim darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, u shunchalik tez va aniq, alohida harakat va taassurotlarni ma’lum mental tuzilmalar, shart-sharoitlar bilan bog‘lay oladi. Demak, inson voqelikdagi predmet-hodisalarni idrok etish jarayonida o‘z shaxsiy konseptual tuzilmalarini idrok etilayotgan predmet va munosabatlarga ko‘chirishga harakat qiladi ( Seleawk: 1982).
Skriptlar tuzilish va tarkibiy qismlari joylashuv tartibidagi farqlariga nisbatan oddiy va murakkab tarkibli bo‘lishi mumkin. Oxirgi turdagilarini «makroskriptlar» deb atashadi.
«Makroskript» bir necha oddiy skriptlarning voqealar ketma-ketligi tartibiga mos ravishda birikishidan tashkil topadi. Masalan, «to‘y» makroskripti «sovchi borishi», «to‘y maslahati», «to‘y tayyorgarligi», «nikoh o‘qilishi», «to‘y dasturxonini tayyorlash», «mehmonlar kelishi», «nikoh guvohnomasini tposhirish» kabi qator oddiy skriptlarni qamrab oladi. Ammo makroskript shakllanishi uchun hodisalarning xronologik ketma-ketligi doimo talab qilinadigan shart emas. Masalan, «urush» makroskripti «armiya», «hujum», «g‘alaba», «mag‘lubiyat» kabi mikroskriptlar birikishidan iborat.
Skriptning semantik xususiyatlari haqida gap ketganda, uni E.Rosh talqinidagi «prototip» tushunchasi bilan qiyoslash mumkin. Ushbu nazariya doirasida axborotning sub’ekti ongida tarkib topishi farqlovchi va umumlashtiruvchi belgilarning kichik to‘plamchalarining o‘zaro munosabatga kirishuvidan iborat deb ta’riflanadi. Demak, skript bevosita, ma’lum leksik birlik vositasida inson ongida «uyg‘otiladigan» semantik axborot to‘plamidan hosil bo‘ladi (Rosch 1975).
Ko‘rinib turibdiki, «skript» va «sqenariy» tushunchalari o‘zaro bog‘liq va mundarijaviy yaqinlikka ega. Ularning har ikkalasi ham mental va lisoniy harakatlar hamohangligida yuzaga kelishadi, tayanch lug‘aviy birliklar inson ongida turli mavzudagi mental tuzilmalar – sqenariy, skript, sxema, freym kabilarni paydo qilishda xizmat qilishadi. Oraliq bosqichda hosil bo‘ladigan konseptual tizim birliklari haqida nisbatan to‘liqroq tasavvur hosil qilish uchun freym, propozitsiya va geshtalt hodisalari tasnifiga ham bir oz bo‘lsa-da, to‘xtalish lozim bo‘ladi.
FREYM
Lisoniy faoliyat kognitiv tahlil nazariyasining tayanch tushunchalari bo‘lgan axborotni jamlash va qayta ishlash, bilim zahirasi, kognitiv qolip, konseptual tizim kabilar ekanligi aytib o‘tildi. Ushbu tushunchalar o‘zaro munosabatda, zero, ulardan biri amalga oshishi uchun ikkinchisi shakllangan bo‘lishi kerak. Darhaqiqat, bilimni jamlash va saqlash uchun o‘zlashtirilgan bilim kognitiv qolipga binoan ixchamlashtirilishi zarur. Kognitiv qoliplar (konsept, obraz) bo‘yicha bilimni ixchamlashtirish uchun shu konseptual tizim birliklari (freym, skript, sqenariy, geshtalt kabilar) tusini olmog‘i darkor.
Lisoniy belgining ma’lum ma’noga ega bo‘lishi belgining voqelik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabatda ekanligida emas, balki belgining shakl olishi va mazmuni insonning faoliyat tajribasi bilan bog‘liq (Kravchenko 1990). Insonning har qanday axborotni egallashi bevosita uning xotirasida saqlanayotgan oldingi tajribasi va bilimi doirasi miqyosida amalga oshadi. Har bir inson xotirasida ma’lum miqdordagi bilimlar strukturasi zahirasi saqlanadi va aynan shu zahira axborotni qabul qilib idrok etish vositasi rolini o‘taydi. Boshqacha aytganda, har bir shaxs ongida «freymlar to‘ri to‘plami» mavjudkim, ushbu to‘plam bilim va idrok faoliyatini ma’lum ko‘rinishdagi «andoza»lar asosida amalga oshishini ta’minlaydi.
Freym xuddi shu guruhdagi andozali strukturalar qatoriga kiradi. «Freym» (Frame) tushunchasining ilmiy qo‘llanishga kiritilishi kompyuterni dunyoviy bilim imkoniyatlari bilan ta’minlash va sun’iy intellekt nazariyasi rivojlantirish borasidagi intilishlar bilan bog‘liq. Kompyuter bilimlari bo‘yicha mutaxassis Marvin Minskiy freymni «andozali voqelik holatini aks ettiruvchi axborot strukturasi» deb ta’riflaydi (Minsky 1975: 212; Minskiy 1979). «Freym» tushunchasini tilshunoslikka birinchilardan bo‘lib CH.Fillmor tadbiq etdi (Fillmore 1985; Fillmor 1988). Ammo oldingi tajribaning yangi axborotni qabul qilish va idrok etishdagi rolini maxsus o‘rgangan psixolog F.Bartlett ushbu faoliyat «bilishning stereotip namunalari hamda ma’lum ijtimoiy guruh uchun xos bo‘lgan normalar (me’yorlar)» zamirida kechishini ta’kidlagan (Qarang: Velichkovskiy 1982: 42). F.Bartlett fikricha, inson har qanday axborotni qabul qilishda oldindan tayyor strukturalardan foydalanadi va ushbu andozaviy tuzilmalar axborotni eslab qolish, xotirada saqlash vazifasini osonlashtiradi. Bundan tashqari, freymga monand bo‘lgan sxema nazariyasiga asos solinishi xotirada iz qoldirgan oldingi tajribaning yangi axborotni qanday yo‘l bilan faol idrok etilishiga ta’sir ko‘rsatishi masalasini oydinlashtirishga imkon beradi.
Tilshunos CH.Fillmor talqinida «freym» tushunchasi ancha tor ma’no kasb etadi. Uning talqinicha, freym tajribani andozaga soluvchi kognitiv tuzilma bo‘lib, ushbu tuzilma lisoniy birliklar vositasida shakllanadi hamda konseptning negizini tashkil qiladi.
CHarlz Fillmor freym tushunchasini izohlash uchun keltirgan ayrim misollarga murojaat qilamiz. Binobarin, «commercial event» (savdo voqeasi) deb nom olgan freymni olaylik. Ushbu freymda aks etadigan voqea inglizcha buy «xarid qilmoq» freymi qo‘llanishi bilan tasvirlanadi. Dastlab «A» shaxsning puli bor, boshqa bir shaxs «V» da sotiladigan mol (tovar) bor. Narx kelishilgandan so‘ng «A» pulni «V» ga to‘laydi va kerakli molni sotib oladi. Voqeaning yakunida «A» xarid qilingan tovarning egasiga aylanadi. «V» esa – pulning egasi. Ayrim yo‘l-yo‘lakay uchraydigan holatlarni chetlab aytish mumkinki, BUY «xarid qilmoq» kategoriyasi kamida yana to‘rt kategoriya bilan bog‘lanadi. Bular BUYER «xaridor», SELLER «sotuvchi», GOODS «tovar, mol» va MONEY «pul». Aynan shu kategoriyalar bog‘liqligi BUY «xarid qilmoq» freymini tashkil etadi (Fillmore 1977: 104):
CH. Fillmorning freym hodisasiga bergan ilk ta’rifiga amal qilib, ushbu tushuncha oddiy yo‘sindagi lisoniy belgilar tanlovi tizimi sifatida taqdim qilinsa, yuqorida keltirilgan BUY «xarid» freymi predikativ birlikning sintaktik «manzarasi»dan (syntactic perspective) boshqa hech narsa bo‘lmay qoladi. Masalan, quyidagi gap qurilishini olaylik:

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin