O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti


Har bir seminar uchun ajratilgan vaqt: 80 minut



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə83/106
tarix27.09.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#149763
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106
Har bir seminar uchun ajratilgan vaqt: 80 minut
Seminar mashg‘ulotining xronologik xaritasi
Darsning borishi
Tashkiliy qism – 5 minut.
Mavzuni tushuntirish va maqsadni aniqlash – 5 minut.
Topshiriqni savollar asosida so‘rash – 60 minut.
Vazifalar topshirish – 5 minut.
Darsni yakunlash – 5 minut.

MASHQLAR VA TOPSHIRIQLAR


TO‘PLAMLARI

Mazkur fan mavzularini o‘rganish bo‘yicha badiiy asarlar, Gazeta materiallaridan olingan topshiriqlardan foydalaniladi. Ular har bir mavzu bo‘yicha alohida jamlangan.


AMALIY MASHG‘ULOTLARDA TAHLIL UCHUN
MATNLAR
YOzuvchi
SHu payt yiroqdan - yo‘lkadan yoshlikdagi do‘stim Nurillaning sho‘xchan ovozi yangradi:
-Salomalaykum, Polvon bobo! Qassoblikni yana boshlayapsiz-ku?... E, unday jotqizmaydi-e! Menga bering…
-O‘ting-o‘ting,- deydi otam. – Biz mol so‘yib jurganda, siz otangizdi qulog‘ida edingiz… SHukur keldi. Meymanam keldi. Odil aka degich. Tepada.
-Ha, esa, xarom tomiri esidan chiqib qolmasin…
-E boring-e, tajikti o‘zbakka ish o‘rgatganini qarang. Qondan qo‘rqadi-yu bu.
-Men qo‘rqar ekanmanmi? He, bosmachi… Yo‘q, polvon bobo, nimaga meni tojik deysiz? Qatag‘on qachondan beri tojik bo‘lib qoldi? – astoydil kuyinib deydi Nurilla va ovozini ko‘taradi. –Hozir yozuvchidan so‘raymiz!
-Uyingizdayam jikkillab tajikchalab jotasiz-u, tag‘in o‘zbekman, deysiz.
-He, endi…
Onamning ovozi eshitiladi:
-Nurillajon, qo‘ying u kishini. U kishi uchun qo‘ng‘irotdan boshqasi bekor.
-SHu-shu, sahroyi-da.
-Kecha gullarimni o‘rib, molga berdi. Tavba… YUqoriga chiqing…
-E, anavi kaptarbozmi? Kechirasan, kaklikboz, qalaysan? Burgutga o‘xsha-ab qarab turibsan, a? Men kaklikka o‘xshaymanmi? Sirayam o‘xshamayman-da.
-CHiqing-e, ko‘p gapirmay!-dag‘-dag‘a qiladi Xayrulla. – Kapitan bo‘ldim, deb, he, tilingiz uzun bo‘p qopti. Bizga yazna bo‘lzangizam qo‘rqmayman…
-Qo‘rqmaysan-a, qo‘rqmaysan… Akangni hurmat qilaman-da! Yo‘g‘asam seni joying…
SHunda otam baqirib yuboradi:
-Hey, Nurilla, chiqsang- chiq to‘baga! Bo‘lmasa, mana bu arriq ekan, o‘zingdi jotqizaman!
-Eshitdingmi, Nuri? –deb kuladi onam.
-O‘lay agar, xolajon, faqat shu kishidan qo‘rqaman, -deydi Nurilla va zum o‘tmay, zinapoya tap-tup etadi-da, yozgi -oppoq militsiya kapitani formasida Nurilla kiradi. –Assalomu alaykum! Turmanglar! Odil aka, o‘tiring-e… Ha-a, rahmat. Xush kepsiz endi? Qiynalmay keldingizmi? Uzoq yo‘l, kun issiq… -Odil aka past dovushda nimalardir deydi. Anglaymanki, o‘zining javobi emas, boshqalarning gap-so‘ziyu savoli qiziqtiradi. –Ha, siz-chi SHukur? –deb men bilan so‘rashadi do‘stim. –Kelin –kepchik, bolalar, a? Hammasi joyida? YAxshi…
Men Nurillaga choy uzataman. Odil aka esa unga manglayi ostidan boqib so‘raydi: -Siz qatag‘an urug‘idanmi?
-CHisti qatag‘on, - javob beradi Nurilla jiddiy tortib. -Nimaydi, Odil aka?
-YO, o‘zim, masalan… Kechirasiz, bu erda qatag‘onlar ham tojikcha so‘zlashadimi? (SH. Xolmirzaev)

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin