Bulut to‘sgan oy
Husanjon shoshib kelib, stol chetiga kaftlarini tiragancha:
-Ketibtilar, -dedi. -Xizmat qilgan ofiqiantka takzi zakaz qilgan ekan. Kecha bizda yotmagan, administrator bilan ham gaplashdim.
-Him, o‘tiring…Qaerga ketishganini aytmagan bo‘lsa kerak? Taksi—shaxarda qatnaydimi faqat yo mejdugarodniylari ham bormi hozir?
-Hozir farqi yo‘q, okajon, --dedi Husan. –Ommo-lekin bitta qarz gapni aytib qo‘yishim kerak… Xonim, sizni ikki marta so‘radilar. Ilgari kelishlaridayam so‘rovdilar. Man sizni bir bor ko‘rganimmi, siz ham u kishini so‘raganizni aytuvdim. Hu, biron oylar muqaddam…
Gulsara miyig‘ida jilmayib, sekin-sekin bosh irg‘adi. Keyin menga qarab kuldi.
-Bir marta so‘rovdim… SHu ko‘rgim keluvdi-de ablah okeizni.
-Attang-attang, -dedim men. Ammo Gulsara ham uni ko‘rishga, darhaqiqat, umidvor ekaniga shubham qolmadi. Bu esa, mening: “Gulsara ham uni sevib qolgan” deb hukm chiqarishimga asos bo‘ldiki, ularni uchrashtirishni –do‘stona burchim, deb hisobladim, (Biroq “burch”ning ijrosiyana cho‘zilib ketdi…)
-Men tepaga chiqishim kerak, --dedi Husanjon. –Okamizzi endi qo‘ldan chiqarmayman!
-Omon bo‘ling.
-Ichkarigayam kirib turinglar… Mahalliy klientlar ja sanalib qolishdi. Hozir ham turislar o‘tirishibdi.
-Bizgayam navbat kelar, -dedim.
-Kelmasayam o‘ksimiymiz, -dedi Gulsara.
Kulishdik. Husanjon ketdi. Men fujerlarga yana shampandan quydim.
(SH. Xolmirzaev)
Ikki jahon ovorasi (Dialog-hikoya)
4. Hovli, uy, xona.
ERKAK (tizzasida o‘tirgan bolaga tikilib). Qaysi birimizga ko‘proq o‘xshiysan? Mangami, oyinggami?
BOLA. Buvamga o‘xshiyman.
ERKAK (ayolga). O‘rgatibsan-de?
AYOL. O‘zi o‘xshiydi-de! (Quvnab). Qaysi kuni Albommi varaqlab o‘tirib, dodangizni yoshlikda tushgan suratlarini ko‘rib qoldi. “Bu kim? Bu kim?” deb so‘rayverdi. “Buvang”, dedim… Oziga o‘xshatgan-de! Haqiqatan ham o‘xshiydilar.
ERKAK (xayolchan). Raxmatli nevara ko‘rishni orzu qilardi… (Bolaga). Xo‘sh, mani yaxshi ko‘rasanmi, oyingni?
AYOL. Tavba, shunaqa bema`ni savollarni bermang. Nima qilasiz uning ko‘nglini bo‘lib?
ERKAK. San jim tur.
AYOL. Kayfingiz bor. Bolani bering… Ke-ke, jonim. Boqqa chiqovuz. Kachelada uchasan.
ERKAK (bolani tizzasidan tushirib). Bor. Kachelada uch… Arg`imchoq deydilar o‘zbekchasiga. O‘zbek tili –Davlat tili bo‘pti-yu, oying haliyam o‘rischa gapiradi.
AYOL. Ichkariga kiring. Uxlang… Nega obedda ichib oldingiz? Ish ham qop ketti deng…
ERKAK. SHuncha ishlab, nima topdim, xotin? Puldan boshqa hech narsa…
AYOL. Tavba, bir so‘mga zorlar bor…(Birdan). Mana muni topdingiz? SHu etmiydimi?
ERKAK (Ishshayib). Etmayroq turibti-de.
AYOL. Bo‘ldi, ko‘p gapirmang. O‘g`limiz beshga kirdi. Hamma narsani tushunadi.
BOLA. Man buvamga o‘xshiyman.
XOTIN. Mangayam o‘xshiysan, dadanggayam o‘xshiysan… YUr, dadang ichib kelganda, gaplashma, xo‘pmi? (To‘ng`illab). Bunaqa odati yo`q edi. Hayronman.
ERKAK. (Ayolning orqasidan). Ha, san hayronsan. (Biroz tin olib) O‘zim ham hayronman… (Kresloga yastanib). Bir yoqlarga keqang, hech kim bilan gaplashmasang… (Televizorni qo‘ygich uskunani olib, tugmalariga tez-tez bosadi. Qarshisidagi televizor ekranida o‘ynab-chopqillab yurgan bolalar ko‘rinadi. Keyin ikkita farzandining ikki qo‘lidan ushlab kelayotgan kishi ko‘rinadi. Kishi mamnun. Erkak to‘ng‘illab). Bilamiz, o‘g‘illariz bor ekan. Maqtanmang… Kim biladi hali bulardan shipana chiqadimi… Uf, balki ministr chiqar, hokim chiqar. Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Gap bug‘doyda…
(SH. Xolmirzaev)
Dostları ilə paylaş: |