Flashning uskunalar paneli
Flash dasturining uskunalar paneli tasvirlarni yaratish va tahrirlash
kabi amallarni bajarishga yordam beradi. Uning tarkibiga quyidagi
jadvalda keltirilgan uskunalar kiradi. Tahrirlash uskunalari paneli asosiy
ekranni chan tomonida joylashadi.
Unda asosan grafik ob’yektlar yaratish va tahrirlash uchun
mo`ljallangan uskunalar joylashtirilgan. Bu uskunalarning ko`chiligi
foydalanuvchiga grafik muxarrirlari (masalan, Paint) bilan ishlash
jarayonidan tanishdir. Foydalanuchvchiga qulaylik tug`dirish uchun
uskunalar paneli to`rt qismga bo`lingan.
Tools (Инструменты)
– bu qismda aniq uskunalar
joylashtirilgan. Bu uskunalarni tanlash va chizish uskunalari tashkil
etadi.
View (Просмотр)
– ish stolidagi tasvirni ko`rishni boshqarish
vositalari joylashtirilgan. View ikki uskunadan iborat:
Hand Tool
- bu
uskuna tanlanganda maxsus rejim yoqiladi, bu rejimda sichqoncha
250
yordamida ish maydonini turli yo`nalish bo`yicha siljitish mumkin;
Zoom Tool
– bu uskuna tanlanganda ish maydonidagi tasvirni tez
masshtablash rejimi yoqiladi. Bu rejim yoqilganda Options maydonida
ikki qo`shimcha uskunasi naydo bo`ladi, bu uskunalar masshtablash
yo`nalishini (kattalashtirish yoki kichiklashtirish) o`zgartirish imkonini
beradi.
Colors (Цвета)
– bu erdagi uskunalar chegara va maydon
asosining rangini bir-biridan alohida o`zgartirish imkonini beradi.
Options (Установки)
– tanlangan uskuna uchun qo`shimcha
parametrlarni
o`rnatish
elementlari
joylashtirilgan.
Qo`shimcha
parametrlari bo`lmagan uskunalar uchun Options maydoni bo`sh qoladi.
Flashni avvalgi variantlariga nisbatan, chizish uskunalarini ayrim
parametrlarini o`rnatish xususiyatlar inspektori paneli yordamida ham
amalga oshirish mumkin. Har bir uskunani sozlashni o`ziga xos
tomonlari keyingi mavzularda ko`rib o`tiladi. Agar zaruriyat tug`ilsa
uskunalar panelini oynadan «uzish» va istalgan joyga joylashtirish
mumkin.
|