O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Macromediya Flash dasturida animatsiya yaratish



Yüklə 6,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/173
tarix30.09.2023
ölçüsü6,9 Mb.
#150593
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   173
4.3. Macromediya Flash dasturida animatsiya yaratish. 
Macromedia Flash dasturida animatsiya ikki usulda yaratiladi: 
kadrli (покадровое создание) va avtomatik (автоматическое
создание промежуточных кадров). Avtomatik animatsiya shakllar 
geometriyasini uzgarishi (shape tweening) yoki boshqaruv kadrlar 
o`zgarishi (motion tweening) asosidagi animatsiya turlarga bo`linadi. 
Boshqaruv kadrlar o`zgarishi (motion tweening) asosidagi yaratilgan 
animatsiya. Shu turdagi animatsiyani yaratish uchun biz bitta boshqaruv 
kadrni yaratamiz va unga belgi qo`shamiz.
Masalan, boshqaruv kadrda biror bir shakl (aylana) chiziladi va u 
grafik tasvir belgi turiga «Вставит» menyusida «Преоброзовать в 


252 
символ (Convert to Symbol)» buyrig`i yordamida (F8 tugmasi) 
o`tkaziladi. Yoki « Вставит » menyusida «Новый символ (New 
symbol)» buyrig`ini (Ctrl+F8 tugmachalar majmuasi) tanlab yangi belgi 
yaratamiz va belgilar kutubxonasi yordamida uni boshqaruv kadrga 
qo`shamiz. Obe’ktning chegarasini rangini tanlash uchun uskunasidan, 
asosni ranglash uchun uskunasidan, - chegara va asos rangini 
almashtirish, o`zaro rang almashish uskunalaridan foydalanamiz. 
Endi belgi joylashgan boshqaruv kadrni sichqonchaning o`ng 
tomondagi tugma yordamida tanlab «Creat motion tweening» nomli 
buyrug’`ini tanlaniladi. Shu harakatlar natijasida boshqaruv kadr rangi 
ko`k rangga o`zgaradi. Endi sichqoncha bilan yangi kadrni tanlaniladi, 
(masalan 25-chi kadrni) va F6 yoki Вставка menyusida ключевой кадр 
(Insert keyframe) aktiv qatlamda keyingi boshqaruv kadrini yaratish 
buyrug’`ini tanlaymiz.
Natijada 25-chi kadrda ko`k rangli boshqaruv kadr hosil qilinadi va 
shu kadrgacha birinchi boshqaruv kadrdan strelka hosil bo`ladi. Birinchi 
boshqarish kadrdan ikkinchi boshqarish kadrgacha kadrlar ko`k rangda 
avtomatik xosil qilinadi.
Oxirgi harakatimiz - bu ikkinchi boshqarish kadrdagi belgini 
o`zgartirish (cho`zish, aylantirish, kattalashtirish, kichkinalashtirish yoki 
kadrdagi joylanishini o`zgartirish). Endi klaviaturadagi Enter tugmasini 
bosamiz va yaratilgan animatsiyani ko`rishingiz mumkin.


253 
Swf formatga o`tkzib, ko`rish uchun [Ctrl] + [Enter] tugmachalar 
majmuasi bosiladi. Bu animatsiyadan foydalanish uchun «1-
animatsiya.swf» fayli hosil bo`ladi. Shakllar geometriyasini o`zgarishi 
«shape tweening» asosidagi yaratilgan animatsiyadir. Bu turdagi 
animatsiyani yaratish uchun boshqaruv kadrlar o`zgarishi «motion 
tweening» asosidagi yaratilgan animatsiya xosil qilinadi.
Faqat endi oxirida ikkinchi qatlamdagi belgini butunlay o`chirib, 
uning o`rniga kvadrat chizamiz. Shu harakatdan keyin kadrlar rangi o`rta 
rangga qaytadi. Keyin birinchi va ikkinchi boshqaruv kadrlardagi grafik 
tasvir belgini [Ctrl]+[B] («изменит» menyusidagi «разделит отделно 
(Breack appartack)» buyrug’`i yordamida alohida shakllarga bo`lib 
chiqamiz. Endi avval birinchi boshqaruv sichqoncha chap tugmasi bilan 
tanlab «Свойства (Proprties)» yoki [Ctrl]+[F3] yoki Окно menyusining 
shu nomli buyrug’`ini tanlaymiz. Natijada muloqot oynasi hosil qilinadi 
va unda Tweening sohasida Motions o`rniga Shape holatini tanlaymiz.
Shu natijasida boshqaruv kadr rangi yashil rangga o`zgaradi. Endi 
iikinchi boshqaruv kadrni ham sichqoncha bilan tanlab animatsiya turini 
Motions dan Shapega o`zgartiramiz va oxirida klaviaturadagi [Enter] 
tugmasini bosamiz va biz yaratgan animatsiyani ko`rishimiz mumkin.
Yuqoridagi ikkala animatsiyalarda ham ikkita boshqarish kadrlar 
o`rtasidagi masofa kadrlarni kompyuter o`zi avtomatik yaratdi va 
animatsiya to`g`ri chiziq bo`yicha harakatlandi. Ammo agar bizga 
harakat biror bir trayektoriya bo`yicha bajarilishi kerak bo`lsa, u holda 
bunday animatsiyalarni hosil qilish uchun qatlam ustida maxsus harakat 
trayektoriya qatlamini yaratish kerak bo`ladi. Shu qatlamda qalam bilan 
kerakli traektoriya chizig`i chiziladi. Natijani ko`rish uchun [Enter] 
tugmasini bosamiz. Shu bilan birga avtomatik animatsiyalarda 
foydalanish mumkin bo`lgan yana bir effekt mavjud - bu maska qatlami.
Maska qatlami uchun asosiy qatlam ustida yangi bo`sh qatlam 
yaratamiz. Shu qatlamni sichqonchaning chap tugmasi bilan bosib 
Maska - Mask buyrug’ini tanlaymiz. Natijada qatlam ko`k rangga 
o`zgaradi va ikkala qatlamlar o`zgarishlardan himoyalanadi. Maska 
qatlamdan shu himoyani o‘chirib, boshqaruv kadrda bir nechta 


254 
to`rtburchaklar chizamiz. Keyin yana maska qatlamning himoyasini 
yoqib klaviaturadagi [Enter] tugmasini bosamiz va natijani ko`ramiz.
Maska 
qatlamdagi 
boshqaruv 
kadrni 
motion 
tweening 
animatsiyalashtirilsa harakatlanish efekti yanada chiroyli bo`ladi. 
Flashdagi animatsiya multi - rolikda ishlatiladigan ob’yektlarning 
xossalarini o`zgartirishga asoslangan. Masalan, ob’yektlar yo`qolishi 
yoki naydo bo`lishi, joylashuvini, ko`rinishini, rangi va boshqalarni 
o`zgartirishi mumkin. Flashda ob’yektlarni animatsiyalashni uchta turli 
usuli ko`zda to‘tilgan: kadrma-kadr («sinfik») animatsiya, bu usulda 
muallif bo`lgusi «multi - rolik»ni har bir kadrini o`zi yaratadi yoki 
boshqa joydan qabo‘l qiladi va namoyish ketma- ketligini o`zi o`rnatadi; 
avtomatik animatsiya (tweened-animatsiya), bu usulda muallif multi – 
rolik kadrlarini faqat birinchi va oxirgisini yaratadi, oraliq kadrlarni esa 
Flash avtomatik tarzda o`zi yaratadi; tweened-animatsiyani ikki xil turi 
mavjud: ob’yektni ko`chirishga asoslangan animatsiya (motion 
animation) va ob’yektni transformatsiya (ko`rinishini o`zgartirish)siga 
asoslangan animatsiya (shape animation); senariyga asoslangan 
animatsiya; senariy - Flashning dasturlash tilida (bu til Actionscript deb 
nomlanadi) ob’yektni hatti- harakatini berilishidir.
Bu tilni sintaksisi Web-xujjatlarda ishlatiladigan boshqa senariy 
tillariga (masalan, JavaScript va VBScript) o`xshab ketadi. Ushbu 
usullarning har birining o`ziga yarasha afzalliklari va kamchiliklari bor. 
Masalan, tweened-animatsiya ikki afzallikga ega: birinchidan, muallif 
har bir kadrni alohida yaratish zaruratidan qutulgan; ikkinchidan, 
bunday multi – rolikni namoyish etish uchun Flashga faqat birinchi va 
so`nggi kadrni saqlash kifoya, bu esa uz navbatida bunday rolikni 
hajmini kam bo`lishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, tweened- 
animatsiyani faqat ob’yekt xossalari bir tekisda o`zgaradigan sodda 
roliklar yaratish uchun ishlatsa bo`ladi. Actionscript sahnalarda 
ob’yektni juda ham murakkab bo`lgan hatti- harakatini ifodalashi 
mumkin. Lekin buning uchun Actionscript tilini o`rganish kerak bo`ladi. 

Yüklə 6,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin