Innovatsion muhit- innovatsilarni yaratilishi, amalga oshirilishi va ilgari
surilishini o’rab turuvchi holat.
Innovatsion soha – innovatsion mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ni ishlab
chiqaruvchilar va iste’molchilarning o’z ichiga innovatsiyalarni yaratish va
tarqatishni oluvchi faoliyat sohasidir.
Innovatsion kontur (tashqi ko’rinishi) – milliy xo’jaliklarni jahon
iqtisodiyotiga integratsiyalariga ko’maklashuvchi yangi texnologiyalarni yaratish
va o’zlashtirish sohasi. Bu texnologiyalarga informatika, sog’liqni saqlash, atrof-
muhitni muhofaza qilish va boshqalar kiradilar.
Innovatsion salohiyat – o’z ichiga innovatsion faoliyatni amalga oshirish
uchun zarur bo’lgan moddiy, moliyaviy, aqliy, axborot, ilmiy-texnik resurslarni
oluvchi resurslarning har xil turlari majmuasi.
Innovatsion mahsulot – innovatsiyaning xuddi o’zi.
Innovatsion jarayon – innovatsion faoliyatning xuddi o’zi.
Innovatsion xatar – sarmoyalarni yangi mahsulotlar va yangi
texnologiyalarni amalga oshirishga juda katta (odatda kapital kiritmalarga nisbatan
1000 % dan ko’proq) foyda olish niyatida va bu operatsiyalar, mahsulotlar,
texnologiyalarni amalga oshirishning juda qisqa (1 oydan ko’p bo’lmagan)
muddatga ixtiyoriy kiritish bilan bog’liq xatar.
Innovatsiya (ing. Innovation – yangilik kiritish, aynan “innovatsiyaga
investitsiyaga
kiritish”ni bildiradi)- bozorda sotilayotgan yangi yoki
takomillashtirilgan mahsulot, amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki
takomillashtirilgan texnologik jarayon ko’rinishida amalga oshirilgan innovatsion
faoliyatning yakuniy natijasi.
Insayt – ba’zi bir muammoni hal qilinishini anglash, sub’ektiy ravishda
insaytni tasodifiy anglab etish, erishish sifatida boshdan kechiradilar.
Intuitsiya (lot. Intuery – diqqat, e’tibor bilan qarash) – bevosita, xuddi
tasodifiydan mantiqiy o’ylab ko’rmasdan muammoning to’g’ri yechimini topish
qobiliyati.