Akoff R., Magidson D., Eddison G. «Idealizirovannoe proektirovanie: Kak predotvratit zavtrashniy krizis segodnya. Sozdanie budushchego organizatsii», 2007. Ideallashtirilgan loyihalashtirish keskin o’zgarishlarni amalga oshirish yo’li
bilan inqirozni bartaraf qilish uchun eng yaxshi metodologiya bo’ladi. Bu
metodologiya yana xodimlar mehnatiga haq to’lash tizimini qayta loyihalashtirish,
biznesni rejalashtirish jarayonini takomillashtirish yoki muammoli bo’linmani
qaytadan qurishda ham qo’llanilishi mumkin.
Ushbu kitobda ideallashtirilgan loyihalashtirish va an’anaviy reinjiniring
o’rtasidagi jarayonlardagi asosli farqlar ochib berilgan, ideallashtirilgan
loyihalashtirish o’zgarishlarga to’siqlarni qanday bartaraf qilishi ko’rsatilgan va
tizimlarni loyihalashtira turib, hammadan avval ularni vujudga kelishlariga yo’l
qo’ymaydigan muammolarni qanday qilib “keng ochib berish” tushuntiriladi. Bu
nashrda ideallashtirilgan loyihalashtirish amalda tijorat, foyda olmaydigan va
ma’muriy tashkilotlarda ko’rsatilgan. Siz undan jarayonlarni takomillashtirish,
yangi mahsulotlarni yaratish, unumdorlikni oshirish va hatto hayotni qutqarib
qolish uchun qanday foydalanish kerakligini bilib olasiz.
Davila T., Shelton R.,Elshteyn M. «Rabotayushchaya innovatsiya: Kak upravlyat eyu, izmeryat ee i izvlekat iz nee vigodu», 2007 Muvafaqqiyatli raqobat qilish uchun sizning barcha tovarlaringiz,
xizmatlaringiz va biznes vazifalaringizda innovatsion faoliyatni uzluksiz amalga
oshirish zarur. Ushbu kitobda innovatsiya yo’li bilan kompaniyani o’sishini amalga
oshirishning butun jarayoni ko’rib chiqiladi.
Siz innovatsiyalar uchun samarali strategiya va tashkiliy tuzilmalarni qanday
belgilash, uni qanday qilib muvaffaqiyatli boshqarish sizning jamoangizni natija
olishga qanday rag’batlantirish va innovatsion jarayonning barcha pallalariga
o’lchash tizimlarini tadbiq etishni bilib olasiz.