O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

Yillik mavzuviy reja. 
Yillik mavzuviy rejada har bir yosh guruhi uchun oy mavzulari va 
hafta mavzulari aks ettiriladi. Maktabgacha ta‘lim muassasasi hudud 
yoki boshqa xususiyatlarni hisobga olgan holda o‘zining yillik mavzuviy 
rejasini tuzishga haqli. Mazkur mavzuviy reja maktabgacha ta‘lim 
muassasasining Pedagogika kengashida tasdiqlanadi
4

Haftalik reja 
Haftalik reja yillik mavzuviy rejaga asoslanadi va haftaning 
kichik mavzulari, shuningdek, mazkur mavzu bo‘yicha o‘tkaziladigan 
tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Haftalik reja barcha rivojlanish sohalari 
bo‘yicha maqsadlarni belgilash, tegishli markazlarni tayyorlash
mashg‘ulotlarni hafta mavzusiga mos ravishda taqsimlashga 
yo‘naltirilgan. Hafta mavzusi barcha erkin faoliyat markazlari orqali 
o‘tishi lozim. Haftalik rejada guruhdagi va sayr vaqtidagi didaktik va 
harakatli o‘yinlar rejalashtiriladi
5
. Bolalar bilan olib boriladigan ishning 
mazmuni va izchilligi faoliyat turi (faol faoliyat / passiv faoliyat; 
individual faoliyat kichik guruhda, katta guruhda; tarbiyachi rahbarligi 
ostida o‘tadigan faoliyat bola rahbarligi ostida o‘tadigan faoliyat) va uni 
o‘tkazish joyi (xona ichidagi faoliyat ko‘chadagi faoliyat)ni hisobga 
olgan holda rejalashtirilishi kerak.Haftalik reja xilma-xil 
va 
moslashuvchan bo‘lishi lozim. Boshqacha aytganda, ob-havo o‘zgarishi 
va bolaning qiziquvchanligini hisobga olgan holda, rejalashtirilayotgan 
faoliyat boshqasiga almashtirilishi yoki faollik vaqti biroz ko‘proq 
yoxud kamroq vaqtga mo‘ljallanishi mumkin. Masalan, agar tarbiyachi 
bahorgi gullagan bog‘ga borishni rejalashtirgan bo‘lsa-yu, ob-havo juda 
yomg‘irli bo‘lsa, bu tadbirni xonada o‘tkazishning imkoni bo‘lgan 
boshqa tadbirga almashtirishi mumkin.
Haftalik reja – bu tarbiyachining ish jurnali va mashg‘ulotlar konspekti. 
Tarbiyachining ish jurnali quyidagi bo‘limlardan tashkil 
topadi: 
-
titul varag‘i; 
-
guruhning iliq va sovuq davrdagi kun tartibi;
4
Дастурга 3-илова 
5
Дастурга 4-илова 


23 
-
ertalabki badantarbiya kompleksi; 
-
guruhda sentyabrdan avgustgacha bo‘lgan ta‘lim jarayonini 
rejalashtirish tarkibiga ertalabki suhbat, sayr, kunning ikkinchi 
yarmi kiradi; 
-
haftalik ish tahlili; 
-
ilovalar. 
Mashg‘ulotlar konspektlarida maqsadlar, faoliyatning qisqacha 
ta‘rifi, zaruriy jihozlar ifodalanadi. Mazkur konspektlar tavsiyaviy 
xarakterga ega va tarbiyachi tomonidan ijodiy o‘zgartirilishi 
mumkin.

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin