33
Musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish:
To‘p bo‘lib yengil yurish
va yugurishdan
sekin-asta har tarafga, to‘g‘riga, erkin-sochma, doira
bo‘ylab yengil yurish va yugurishga o‘rgatish. Bolalarni 3-4 sodda va
oddiy harakatlardan iborat raqslarni to‘p bo‘lib raqs tushishdan juftlikda,
sochma tarzda, shundan so‘ng doiradagi raqslar ijro etishga o‘rgatish.
Raqs harakatlaridan «Koptokni yuqoriga ot», «arqonni tort», «tokcha»,
«ko‘zguga qara», «xo‘rozcha», «maysani sila»
bilan tanishtirish va
ularni musiqaga mos bajarish.
Kuylash:
Cholg‘u asbobi va kattalarga jo‘r bo‘lib kuylash. Tabiiy
ovozda zo‘riqmasdan kuylash malakalarini shakllantirish. Kuylash
vaqtida to‘g‘ri nafas olishga, avval «gulni hidlab», so‘ng kuylay
boshlashga, o‘tirgan yoki turgan holatda to‘g‘ri kuylashga o‘rgatish.
Qo‘shiq mazmunini tushunib kuylash
bilan bir vaqtda harakatlar
bajarishga o‘rgatish.
Bolalar cholg‘ularida chalishga o‘rgatish:
Bolalar cholg‘ulari
haqidagi bilimlarni mustahkamlash, karnay, surnay, nog‘ora bilan
tanishtirish. Metallofon,
uchburchak, bolg‘achada chalish usullarini
o‘rgatish. Ularni tovushidan farqlay olish. Qo‘shiq, raqs va o‘yinlarda
cholg‘ularni jo‘r qilish.
O‘yin:
Musiqiy faoliyatlarda olingan bilimlarni o‘yinlarda
namoyon bo‘lishiga erishish. Doira jo‘rligida «Chumchuqlar va
mushuk», «Ayiqchalar raqsi», xalq o‘yinlaridan «Chori-chambar»,
«Chapak chalish», «Qaldirg‘och» kabilarni o‘ynash. Bolalarga
tushunarli, qiziqarli bo‘lgan voqyeaband o‘yinlarni tashkil qilish.
O‘yinda
musiqaga mos harakatlanish, nutq, tasavvur va tafakkurni
rivojlantirish, bolalar cholg‘ulari, o‘yinchoq va qo‘g‘irchoqlardan
foydalanish.
Bolalarning
mashg‘ulotlardan olgan
bilimlarini
rivojlantirish
va
mustahkamlash
maqsadida «Kuyini top»,
«Do‘stingni
ovozidan
tanib ol», «Xaltachada
nima
bor»,
«Qaysi
cholg‘u yashiringan», «Qush va qushchalar», «O‘rmonda» kabi
musiqaviy-didaktik o‘yinlarni mashg‘ulot vaqtida va mustaqil
faoliyatlari davomida gurux xonalaridagi musiqa burchaklarida tashkil
etish.
34
4 yoshli bolaning egallash lozim bo‘lgan bilim ko‘nikma va
malakalar
-Turli hil mazmun va kayfiyatdagi musiqani tinglash,
eslab qolish;
-Tinglangan kuylarni tanib olish va ularning bastakori nomini
bilish.
-Kuy, qo‘shiq va raqs haqida tushunchaga ega bo‘lish.
-Karnay, surnay, nay, nog‘ora, doira kabi xalq cholg‘u asboblarini
tanish va ovozidan farqlash.
-Qo‘ng‘iroqcha, shiqildoqlar,
doiracha, buben, metallofon,
sunaycha, bolg‘acha, uchburchak kabi bolalar cholg‘ularida chalish
usullarini bilish;
-Birgalikda kuylay olish;
-Qo‘shiq kuylash bilan bir vaqtda harakatlar bajara olish.
-Harakatli o‘yinlarda faol ishtirok etish.
-Turli predmetlar bilan harakatlar bajarishni uddalash
Dostları ilə paylaş: