O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

mavzuli mashg‘ulotlar
deyiladi. 
Yana biri bu
kompleks mashg‘ulotlardir
. Bunda bolalar bilan
faqat musiqa emas, balki, adabiyot va tasviriy san‘at bilan
shug‘ullanadilar. Bunday mashg‘ulotlar asosida uchta san‘atni 
birlashtiruvchi badiiy obraz yotadi. Masalan, «Qish zavqi»,«Kuz
keldi», «Bahor». 
Musiqa mashg‘ulotlari – har bir bolaning musiqiy qobiliyatini
maqsadga muvofiq va har tomonlama ta‘lim – tarbiya beruvchi
mashg‘ulotlardir. Ularda har xil faoliyat turlari: kuylash, ritmik
harakatlar bajarish, musiqa tinglash, musiqa savodi bilan tanishtirish
kabi faoliyatlarni uzviy bog‘lab olib boradilar. Musiqa faoliyatini
bajarish bolalarni faolroq bo‘lishlariga asos bo‘ladi. Tashkil
etiladigan bayramlar ham qiziq va muvaffaqiyatliroq o‘tadi. 
Musiqa mashg‘ulotlari butun guruh bilan bir vaqtda
o‘tkaziladi. Uning mazmuni va tuzilishi bolalar yoshi va beriladigan
vazifalarga bog‘liq.
Kichik guruhida 15 – 20 daqiqa olib boriladi. 
O‘rta guruhida 20 – 25 daqiqa olib boriladi. 
Katta guruhda 25 – 30 daqiqa olib boriladi. 
Tayyorlov guruhida 30 – 35 daqiqa olib boriladi. 
Musiqa mashg‘ulotlar haftasiga ikki marta o‘tkaziladi. Unda 
guruhning barcha bolalari ishtirok etadi. Musiqa mashg‘ulotlari – 
musiqa tinglash, qo‘shiq o‘rgatish, musiqiy – ritmik harakatlar
bajarish, raqsga tushish, musiqiy – didaktik o‘yinlar, bolalar cholg‘u
asboblarida chalishga o‘rgatish va musiqaga oid ma‘lumotlarni
qamrab oladi. Har bir mashg‘ulotdan mashg‘ulotga sayin bolalarga 
musiqaviy ta‘lim-tarbiya berishning qaysidir vazifasi hal etib boriladi. 
Musiqa rahbari ushbu ishda rahbarlik qiladi, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, 
maslahat va tavsiyalarini berib boradi. 
Bolalarni bilim va malakalariga qo‘yiladigan talablar har bir
guruh uchun faoliyat turiga qarab tuziladi. 
Bunday mashg‘ulotlarning qiyinligi shundaki, bolalarning
diqqatini bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko‘chirish kerak
bo‘ladi. Shu ketma – ketlikni reja asosida amalga oshirish


29 
murakkabdir. Chunki bolalarning psixologik xususiyatlarini hisobga
olsak, ular bugun o‘rgangan asarlarini keyingi safar unutishlari
mumkin.
Zamonaviy pedagogika ta‘lim tizimining maqsadi, yangi toifaga
mansub bo‘lgan musiqa rahbarining umumiy va kasb kamolotiga
erishishdan iborat. 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin