30
mahalla, ota-ona, ta‘lim muassasasi va umuman olganda hayotda o‘z
o‘rnini topishida ilk musiqiy tushunchalarni berishdan iboratdi. Musiqa
tarbiyachisi musiqa mashg‘ulotlari asosida bolalarga ta‘lim va tarbiya
berish borasida oldiga qo‘yilgan pedagogik
maqsad va vazifalarni
amalga oshirish uchun eng avvalo, bolalarning musiqiy uquvi va
qobiliyatlarini muntazam ravishda o‘stirib borish uchun harakat qilishi
lozim.
Mutaxassislar tomonidan maktabgacha ta‘lim muassasalari
tarbiyalanuvchilarining musiqiy uquv va qobiliyatlarini quyidagi faoliyat
turlarida ajratgan holda tasnif etadilar. Jumladan, tarbiyalanuvchilarning
musiqiy tovushlarni baland-pastligini his etish qobiliyati;
- musiqiy tovushlar rangini bir-biridan farqlanishini bilish;
-
bolalarni musiqaga mos harakat bajarishlarini
xis etishlariga
o‘rgatish, qadam tashlab, chapak chalib musiqani xotirada saqlash, his
etish va ifodalash;
- musiqa tinglash qobiliyatini o‘stirish;
- jamoa bo‘lib kuylash;
- aytim so‘zlarini ma‘no va mazmunini o‘rganish uchun ularni
mushohada qilish qobiliyatini o‘stirish.
Maktabgacha
ta‘lim
muassasalarida
tarbiyalanuvchilarning
musiqiy qobiliyatlarini shakllantirishning yana bir o‘ziga xos shakli
sifatida mashg‘ulotlarda musiqiy faoliyaning barcha shakllarini musiqa
rahari tomonidan ishlatish talab etiladi. Garcha, tarbiyalanuvchida
musiqa mashg‘ulotiga nisbatan qiziqish ortsin.
Shuningdek, musiqa
rahbari tomonidan amalga oshirilgan ishlar musiqa mashg‘uloti
jarayonida rivojlanib borsin.
Yuqorida ta‘kidlab o‘tilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda
maktabgacha ta‘lim muassasalarida olib boriladigan musiqa ta‘lim-
tarbiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilarni tavsiya etish mumkin:
Birinchidan, tarbiyalanuvchilarni musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini
oshirish borasida o‘quv dasturda repertuar tanlashda ularning yoshiga
xos jihatlarini e‘tiboga olish;
Ikkinchidan, tarbiyalanuvchilarni musiqiy asarlar bilan tanishtirish
jarayonida ularda musiqiy ohangga bo‘lgan his-tuyg‘ularni hosil qilish
yo‘li bilan Ona-Vatan, xalq, millatga
nisbatan mehr-muhabbatni
tarbiyalash, shu orqali ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitish;
Uchinchidan, bolalarni musiqa tinglash, qo‘shiq kuylash, musiqa
ostida ritmik harakatlarni bajarish, bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r
bo‘lish faoliyatlari yordamida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib borish;
31
To‘rtinchidan, bolalar ovozini asrab tarbiyalash, qo‘shiqlarni
sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o‘rgatish hamda unga
odatlantirish;
Beshinchidan, tarbiyalanuvchilarni musiqiy asarlardan zavq
olishlari, shu asosda ularning musiqiy did va
badiiy fikr yuritishlarini
rivojlantirish;
Oltinchidan, musiqa mashg‘ulotlari jarayonida musiqiy asardagi
badiiy obrazlarni o‘yin va raqs ifoda etishga o‘rgatish;
Yettinchidan,
musiqa
mashg‘ulotlarida
bolalarni
milliy
qadriyatlarimiz bilan tanishtirish, milliy cholg‘u sozlar jo‘rligida milliy
ohang-kuy va musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishga o‘rgatish;
Sakkizinchidan, musiqa mashg‘ulotlari mazmunini maktabgacha
ta‘lim muassasasi, Vatan, shahar, mahalla, tabiat, jamiyat hayoti bilan
bog‘lash, ta‘lim muassasalarida o‘tkaziladigan tadbirlarda o‘rganilgan
kuy va qo‘shiqlar bilan ishtirok etish. Turli ertaliklar, konsertlar tashkil
etish kabi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, maktabgacha ta‘lim muassasalari
musiqa mashg‘ulotlarida bola hayotini, tevarak-atrofni musiqiy obrazlar
orqali idrok etish uchun repertuar tanlash lozim bo‘ladi. Olib boriladigan
musiqiy tarbiya ishlarini badiiy adabiyot va tasviriy san‘at bilan uzviy
ravishda bog‘langan holda amalga oshirish, musiqiy tarbiyaning ilg‘or
tajriba va turli metodlaridan foydalanib o‘tkaziladigan
har bir musiqa
mashg‘ulotini bolalarga badiiy-estetik zavq uyg‘otishini, ularning his-
tuyg‘ularini shakllantirishda, ijodiy fikrlash qobiyati va nutqini
o‘stirishda xizmat qilishni ta‘minlash lozim. Bundan tashqari musiqiy
o‘yinlar va raqslardan ham foydalanish bolalarda ritm tuyg‘usi,
chaqqonlik va harakatchanlikni shakllantirib, qomatning to‘g‘ri
o‘sishiga yordam beradi. Bu jarayon bolalarning aqliy va jismoniy
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Anashu ishlar maktabgacha
ta‘lim muassasalarida olib boriladigan barcha musiqiy ta‘limni va
tarbiyani ishlar yosh avlodda olijanob fazilatlarni bog‘cha yoshidan
shakllantirishda nafosat tarbiyasining tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: