NAZORAT SAVOLLARI
1.Musiqiy o‘yinlarni o‘tkazish metodikasi;
2.Bolalarda musiqiy-ta‘limiy o‘yinlarga bo‘lgan qiziqishni orttirish
metodikasi;
3. 7 yoshli bolalarni kuylash ko‘nikmasi qanday talabga javob
berishi lozim:
4.Kichik yoshdagi asosiy ish reja
5.O‘rta yoshdagi asosiy ish reja
6.Katta yoshdagi asosiy ish reja
7.Musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish
8.Bolalar cholg‘ularida chalishga o‘rgatish
9.Qo‘shiqlarni sahnalashtirish
10. 6 yoshli bola bilishi lozim bo‘lgan bilimlar:
11.Maktabga tayyorlov yoshdagi asosiy ish reja
12.Musiqa tinglash:
13.Musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish metodikasi
14.Bolalar ovozini shikastlanishdan asrab rivojlantirish;
15.Bolalar cholg‘ularida chalishga o‘rgatish;
1.5. Musiqa mashg‘ulotlarida integrallashgan mashg‘ulotlarni
tashkil etish metodikasi
---Integrallashtirilgan ta‘lim-tarbiya jarayonida ta‘lim
maqsadi va vazifasi.
Shaxsga xos asosiy fazilatlar bolaning ilk yoshlaridan boshlab
shakllanishini inobatga olgan holda hozirgi zamon maktabgacha ta‘lim
muassasalari ta‘lim-tarbiya jarayoni ma‘nan boy va har tomonlama
barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan ilg‘or pedagogik
40
texnologiyalarni izlab topish va amaliyotga tatbiq qilish borasida
to‘xtovsiz takomillashib borayotganligi bilan xarakterlanadi. E‘tirof
etilayotgan jihatlar pedagogning, ayniqsa bolalarda ijodiy qobiliyatlarni
tarbiyalashda o‘ta muhim ahamiyat kasb etadigan musiqa rahbarining
faoliyati samaradorligiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Mamlakatimiz
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta‘kidlaganidek: «Ishning natijaviyligini
ta‘minlash–bu har bir rahbar xodimning burchi va majburiyatidir». Bu
so‘zlarni maktabgacha ta‘lim muassasalari barcha bosqich xodimlari
faoliyatiga taalluqli ekanligini to‘la asos bilan aytish mumkin.
Maktabgacha
ta‘lim
muasssalari
ta‘lim-tarbiya
jarayoni
samaradorligini oshirishni ta‘minlashning muxim yo‘nalishlaridan biri
globallashgan davr axborot oqimlarini faol o‘zlashtirish sharoitda
xilma-xil san‘at turlari asosida bolalar ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishda
integrallashgan mashg‘ulotlarni o‘tkazish hisoblanadi. Amaliyot
bolalarga berilayotgan ma‘lumotlar har doim ham sifatli qabul
qilinmayotganligini ko‘rsatmoqda va o‘z-o‘zidan maktabgacha ta‘lim
muassasalari ta‘lim-tarbiya jarayoniga nisbatan innovasion metod va
yondashuvlarni ishlab chiqishni dolzarb muammo sifatida kun tartibiga
qo‘ymoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021
yillarda maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirishga
qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori MTM o‘qituvchi va
tarbiyachilarini mazkur muammoni bartaraf etish, maktabgacha ta‘lim
sifatini ko‘tarishda yanada faol bo‘lishida huquqiy asos bo‘lib xizmat
qilmoqda.
Integralashgan musiqa mashg‘ulotlarida fanlararo aloqalardan
maqsadli foydalanish bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda
ulkan imkoniyatlar yaratadi. Yana shuni ta‘kidlash kerakki,dunyo
ta‘lim-tarbiya amaliyotidaintegrallashgan mashg‘ulotlarda fanlararo
aloqalardan maqsadli foydalanish juda keng yoyilgan. Tabiiy tarzda har
bir pedagog o‘z xususiy metodikasini ishlab chiqish asnosida
integrallashgan mashg‘ulotlarga kichik bo‘lsa ham qandaydir yangilik
kiritishga harakat qiladi. Integrallashgan mashg‘ulotlarda bolalarning
ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va o‘stirishda quyidagi vositalardan
foydalananish tavsiya etiladi:
Integrallashgan mashg‘ulotlar maktabgacha ta‘lim muassasalarida
bola ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishga qaratilgan zamonaviy ta‘lim-
tarbiyaning o‘ta muhim va istiqbolli metodologik yo‘nalishlaridan biri
sanaladi. Integrallashgan mashg‘ulotlarning bosh maqsadi rang-barang
san‘at turlari vositasida bola ongi va shu urida dunyoning go‘zal va
41
betakror yaxlit obrazini shakllantirish bilan belgilanadi. Yuksak ijodiy
natija beradigan integrallashgan musiqa mashg‘ulotlarini o‘tkazish
ularni samarali qo‘llash uchun quyidagi vositalardan maqsadli
foydalanishni tashkil qila bilish talab qilinadi.
42
43
Turli yosh guruhlarida tashkil qilinadigan integrallashgan
mashg‘ulotlarda amalga oshiriladigan ijodiy faoliyat turlari bolalarning
psixologik, yosh va fiziologik xususiyatlarini to‘la mos bo‘lishi inobatga
44
olinishi o‘ta muhim.Masalan, kichik yoshidagi bolalar bilan
o‘tkazadigan integrallashgan mashg‘ulotlarimda quyidagi faoliyat
turlaridan kompleks tarzda qo‘llashda:
nutq o‘stirish - ertak, she‘r, qo‘shiq
jismoniy tarbiya-musiqiy – ritmik harakatlar, mashqlar
O‘rta yoshdagi MTM guruhlarida e‘tirof etilayotgan talablar
musiqa ham teatrlashtirish hisobiga yanada boyitiladi:
musiqa – ohang, ritm, uyg‘unlik -garmoniya, dinamika, intonasiya
teatrlashtirish -dramalashtirishning ifodali vositalari: harakatlar,
jestlar, imo-ishoralar, ovoz, intonasiya, holatlar;
Katta yoshdagi MTM guruhlarida o‘tkazadigan integrallashgan
mashg‘ulotlarimda e‘tirof etilayotgan talablar musiqa, tasviriy san‘at,
nutq o‘stirish, jismoniy tarbiya hamda teatrlashtirish vositalaridan
foydalaniladi. Integrallashgan mashg‘ulotlarni katta guruhlarda amalga
oshirishda «Moychechak» metodini qo‘llashni tavsiya qilaman. Bu
metodni men bolalarni o‘zbek milliy cholg‘ularida ixro etishda
individual tarzda talqin qilaman. masalan, moychechak gulining har bir
yaprog‘i bilan biror o‘zbek milliy cholg‘usini belgilayman.
Yaproqlardan birini tanlagan bola belgilangan xalq cholg‘uning nomi,
uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma‘lumot berish bilan birga o‘sha
cholg‘uda ijro mahoratini ham namoyish etishga, ya‘ni uni chalishga
harakat qiladi.
Tayyorlov guruhlarida sanab o‘tilgan faoliyatlarning barchasidan
to‘laqonli foydalaniladi, masalan, «Flomasterlar» metodiga murojat
qilamiz. MTMda bolalari musiqa eshitish asnosida qo‘llaridagi
flomasterlari bilan doska yoki daftarlarida musiqa xarakteriga mos
tuyg‘ularini ranglar vositasida ifodalashga harakat qiladilar. Bunda
mayin va mahzun ohanglarni to‘lqinli chiziqlar, o‘ynoqi ritmlarni esa
qisqa yoki uzun to‘g‘ri chiziqlar bilan chizishadi, shuningdek, jamoaviy
tarzda musiqa xarakteriga mos ertak aytishlari, qo‘shiq kuylashlari
hamda turli jismoniy mashqlarni bajarishlari mumkin bo‘ladi.
«Flomasterlar» metodi bolalarning tassavur va obrazli tafakkurlarini
rivojlantirishda katta samara beradi.
Maktabgacha ta‘lim muassasasi barcha yosh guruhlaridagi
integrasilashgan mashg‘ulotlar samarali hisoblanadi va yuqori natijalar
beradi hamda bolalarning mahsuldor faoliyatini ta‘minlashga xizmat
qiladi. Ular yordamida maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalar musiqiy-
ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish bilan bog‘liq quyidagi vazifalar ijobiy
yoki samarali hal etiladi
:
45
1.
Musiqani tushunish-anglash, ritmni his qilish qobiliyatlarini
rivojlantirish, atrofdagi hodisalar mohiyatini teran idrok etish, go‘zal
tasavvurlarni tuyishlarini ta‘minlash orqali bolaning musiqaga bo‘lgan
qiziqishini o‘stirish.
2.
Emosional hozirjavoblik va harakatlar ifodaliligini o‘stirish.
3.
Bolalarga mos ijodiy faoliyat turlarida ularning ijodiy faolligini
rivojlantirish: ijro orqali obrazlar xarakterini yaratib bera olish;
o‘zlashtirgan raqs harakatlarini ifodalay bilish, o‘zi mutaqil tarzda yangi
harakatlar uyg‘unligini kashf etish, kichik hajmdagi qo‘shiq yoki
naqoratlarni improvizasiya qilish.
4.
Mustaqilligini
shakllantirish,
tashabbuskorlik,
kundalik
hayotlarida o‘zlashtirilgan ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llash, kuy ijro
etish, raqsga tushish, hisoblash va ijodiy tafakkur yuritish.
Integrallashgan jarayon shakllari pedagog, tarbiyalanuvchilar hamda
ota-onalar o‘zaro yangi munosabatlari va vazifalarida aks etadigan
yakuniy mahsulot bilan xarakterlanadi. MTMdagi bunday integrativ
shakllar sifatida hamkorlikdagi ijodiy loyihalar, eksperimentlar,
ekskursiyalar, syujetli-rolli o‘yinlarni sanab o‘tish joiz. Ularni amalga
oshirish bir qator muammolarni hal qilish g‘oyasini ilgari suradi:
uzluksiz ta‘lim tizimidaga barcha umumiy o‘rta ta‘lim maktab
o‘qituvchilari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan hamkorlikdagi innovasion
ijodiy loyihalarni ishlab chiqish;
metodik qo‘llanmalar va yo‘riqnomalar majmuasini ishlab chiqish;
yetakchi mutaxassislarning o‘zaro tajriba almashishlarini tashkil
qilish.
Musiqa ta‘limida tashkil etilgan integrallashgan mashg‘ulotlar
bolalarning
ijodiy
qobiliyatlarini
rivojlantirishning
istiqbolli
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ularni samarali tashkil qilish esa ko‘p
jihatdan maktagacha ta‘lim jarayonida ishtirok etadigan pedagog,
musiqa rahbarining bilimi, tajribasi, talanti, jonbozligi, tashabbuskorligi,
qobiliyati va bolajonligiga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |