O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


--- Qo‘shimcha ta‘lim xizmatlarini tashkil qilish



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

--- Qo‘shimcha ta‘lim xizmatlarini tashkil qilish 
Qo‘shimcha ta‘lim xizmatlari maktabgacha ta‘lim muassasasi 
tomonidan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi 
ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi.
Qo‘shimcha ta‘lim xizmatlari fakultativ hisoblanadi va ularni 
tashkil qilishda ko‘ngillilar (volontyorlar), ota-onalar va homiylar 
ishtirok etishi mumkin.
--- Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta‘lim 
faoliyati
Maktabgacha ta‘lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan 
bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga 
oshirish uchun maktabgacha ta‘lim muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi.
Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta‘lim 
muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, 
bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual 
rejasini tuzadi. 
--- Ota-onalar bilan hamkorlik 
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta‘minlash uchun 
maktabgacha ta‘lim muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro 
hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
-
ota-onalarning maktabgacha ta‘lim muassasasi borasidagi fikrlarini 
hisobga olish;
-
ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;


18 
-
ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb 
etish; 
-
ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi 
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
Maktabgacha 
yoshdagi 
bolalarga 
ta‘lim 
berishda 
kompetensiyaviy yondashuv 
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim berishda kompetensiyaviy 
yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda 
hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy 
me‘yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot 
qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini 
shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq 
subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi. 
Kompetensiya
bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari 
majmuidir. Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat‘i 
nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin