Ko‗rgazmali metod.
1. Eshitishga asoslangan ko‗rgazmali metod. Bunda bolaga o‗rga-
tish bevosita musiqa bilan bo‗ladi. Musiqa eshitish maxsus mashg‗ulot
paytida yoki bola tomonidan qo‗shiq va musiqaviy ritmik harakatlarning
ijro etilishi. 2. Ko‗rishga asoslangan ko‗rgazmalilik. Musiqa sadolari
bilan qo‗shib olib boriladi. Turli o‗yin, raqs, mashq harakatlaridan
namunalar ko‗rsatiladi.
So‗zlab berish metodi.
Bu metod bola ongiga mo‗ljallangan bo‗lib, uning faoliyatini
ma‘noli va mazmundor qilishga qaratiladi. Bunda pedagogning so‗zi
musiqa asarining dasturini tushunib olishda bolaga yordam beradi.
Uning tassavvurini jonlantiradi.
So‗zlab berish metodining quyidagi usullari bor:
1.
Tushuntirish –
yangi asarni tinglash, qo‗shiq aytish, o‗yin va
raqslarni qo‗shib, mashq qilish davomida o'ynalaniladi.
2.
Izohlash –
izohlar ijro, raqs, mashq harakatlarini, qo‗shiq
aytishning turli yo‗llarini ko‗rsatishda qisqa va aniq shaklda beriladi.
3.
Ko‗rsatma berish –
bolalar o‗yini raqs va mashqlarni
bajarayotgan paytda beriladi. Masalan: o‗ng yelka tomondan aylanish
kerak, oyoq barmoqlarini pastga cho‗zish kabi.
Amaliy faoliyat metodi.
Bu faoliyatda bolalarga qo‗shiq aytish va
musiqali ritmik harakatlarni bajarishda shunday rahbarlik qilish kerakki,
ular topshiriqni mumkin qadar ta‘sirli va ifodali bajarishga intilsin.
Bolalarni o‗rgatish jarayonida yosh xususiyatlarini hisobga olib
topshiriqlarni asta-sekin murakkablashtirish mumkin.
11
Bolalar bog‗chasida bolalarni musiqaga o‗rgatish bosqichlari
1-bosqich:
Musiqa asari bilan dastlabki tanishtirish; Yangi qo‗shiqni
o‗rgatish jarayonida pedagog turli musiqa asboblarda chaldirib, kuyni
o‗zaro taqqoslaydi va shu yo‗l bilan uni xotirasida qoldiradi.
2-bosqich:
Qo‗shiq va musiqa ritmik harakatlarini ijro eta olish
ko‗nikmalari bo‗lishini shakllantirish.
3-bosqich: Ko‗nikmalar hosil qilish va mustahkamlash. Bunda topshi-
riqni avtomatik ravishda bajara oladigan qo‗shiq, o‗yin va raqsni
mustaqil ijro etadigan darajada musiqa ta‘limini berish, turli metodik
usullarning barchasidan foydalanishni taqozo etadi.
Musiqani tinglay bilish va undan estetik zavqlana olish ham katta san‘at
hisoblanadi. Kishida musiqa tinglash madaniyati yoshligidan rivojlana
boshlaydi. Bog‗chada amalga oshiriladigan musiqa tinglash esa uning
poydevoridir. Zotan bola musiqa mashg‗ulotlarining barcha elementlari
jarayonida ham musiqa tinglab, uni idrok etadi. Ammo mashg‗ulotning
musiqa tinglash qismi oldida o‗ziga xos jiddiy vazifalar turadi. Avvalo
shuni eslatish lozimki, kishining kuylash imkoniyatidan ko‗ra tinglash
imkoniyati ancha keng bo‗ladi. Masalan: orkestr, xor, yakka cholg‗u
ijrosidagi asarlarni kuylab emas, balki faqat tinglab, idrok etish mumkin,
xolos. Shuning uchun olimlar musiqaviy tarbiya jarayonida musiqa
tinglashga alohida e‘tibor qaratishadi. Chunki kishi musiqa
madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida musiqa tinglash, malaka,
ko‗nikmalari katta rol o‗ynaydi. Musiqa tinglashda bolalarning badiiy
idroki yaxshi rivojlanib boradi. Mashg‗ulotning musiqa tinglash qismi
oldida quyidagi vazifalar turadi:
1) bolalarni o‗z idrokiga mos xalq klassik va zamonaviy musiqa
namunalari bilan tanishtirib borish; 2) bolalarning musiqani idrok qilish
qobilyatlarini rivojlantirib borish; Musiqa haqida boshlang‗ich
ma‘lumotlar berishni o‗rgatadigan asarlar nomlarini eslashga, ularning
mazmuni, xarakteri va ifoda vositalarining farqiga borishga hamda
tinglagan asarlariga ma‘lum miqdorda badiiy baho bera olishga o‗rga-
tish. Kichik guruh bolalarning diqqati uncha barqaror bo‗lmaganligi
tufayli ular yorqin yangraydigan kichik-kichik musiqa asarlarini idrok
etishga qobil bo‗ladilar. Ular ayniqsa, kichik qo‗shiqlarni yaxshi idrok
etadilar. Chunki, so‗z va ohang birligi musiqa mazmunini oson idrok
etishga yordam beradi. Xususan, tarbiyachi ashula aytganda uning tanish
ovozi va ifodalash intonatsiya mimikasi va ishoralari bolalarni maftun
etadi. Shu vaqtda bolalarda hosil bo‗ladigan zavqlanish, ajablanish,
quvonish holatlarini kuzatish mumkin. Ammo bu holatlar tez uyg‗onib,
12
tez so‗nadi. 4–5 yoshli bolalarda diqqat e‘tiborning bir muncha
emotsional turg‗unligi vujudga keladi. Ular raqs tipidagi kuylarni jonli,
ba‘zan jo‗shqin holatda idrok etadilar. Yengil, kuychan musiqalarni
birmuncha xotirjam idrok etadilar. Bu yoshdagi bolalarda musiqa
mazmuni va xarakterini bilishga ayniqsa, unda nima haqida hikoya
etilishini bilishga qiziqish paydo bo‗ladi. Shuning uchun ularda musiqa
xotirasi ancha faol rivojlana borib, tinglagan musiqa haqida o‗z
taassurotlarini hikoya qilib berish ishtiyoqi paydo bo‗ladi.
5–6 yoshli bolalarda esa erkin, ixtiyoriy tarzdagi diqqat e‘tibor
shakllanib, musiqani diqqatni yig‗ib tinglash, uning ayrim detallarini
anglab olish qobilyati rivojlangan bo‗ladi. Ularda musiqaga qiziqish
ko‗proq sevimli asarlarni takror-takror tinglash jarayonini yaxshi
rivojlanadi. Ular musiqadagi umumiy kayfiyatni yaxshi sezib, asarda
badiiy obrazning rivojlanib borishini kuzatishni o‗rganib boradilar.
Yangi asar bilan ilk bor tanishtirishga tarbiyachining qisqa va qiziqarli
tushuntiruv so‗zi katta rol o‗ynaydi. Cholg‗u kuylari xarakteri va badiiy
mazmuni haqida bolalarga tushuncha berilsa, ular asarni yaxshi idrok
etadilar. Asarni 2 – 3 mashg‗ulot davomida takroran tinglash shart.
Chunki, har bir tinglashda bola uchun asarning yangi-yangi qirralari
namoyon bo‗ladi va asarga nisbatan ularning muhabbati oshib boradi.
Bog‗chaning tayyorlov guruhlarida bola o‗z yoshiga muvofiq musiqa
asarini to‗la idrok etishga qodir bo‗ladi. Bog‗chada olingan bilim
zaxirasida malaka va ko‗nikmasi, musiqa turlari va uning xarakteri
farqiga borishga yordam beradi. Shunday qilib, dasturda ko‗zda tutilgan
va bolaning musiqa madaniyati rivojlanishida kelajakda asosiy rol
o‗ynaydigan uch faktor amalga oshadi.
1. Musiqaga qiziqish musiqa asarlarini ishtiyoq bilan tinglash va
ularni eslash, olingan taassurotlarni o‗ylash. 2. Musiqa tinglashga
turg‗un diqqat-e‘tiborni va tinglash madaniyati boshlang‗ich elemental-
rining shakllanishi. 3. Musiqiy didining shakllanishi, musiqa asarlariga
badiiy baho bera olish. Turli guruhlarda musiqa tinglashning nazariy
uslubiy vazifalari:
1. Musiqa tinglash orqali bolalarda his-tuyg‗ularini rivojlantirish.
2. Boshlang‗ich musiqa tinglash tushunchalarini rivojlantirish.
Musiqa darsida qo‗llaniladigan bolalar cholg‗u asboblari ikki turga
bo‗linadi: kuychan va kuychan bo‗lmagan cholg‗u asboblar. Kuychan
cholg‗u asboblarga: metallafon va ksilafon; kuychan bo‗lmagan cholg‗u
asboblarga: doirachalar, rumbalar, marakasalar, uchburchaklar, qo‗g‗ir-
13
choqchalar, shaqildoqlar, barabanchalar, yog‗och qoshiqlar kiradi. Mana
shu musiqa asboblardan tuzilgan:
1. Orkestr – turli cholg‗ularda chaluvchi ko‗p sozandalardan
tuziladi.
2. Dirijyor – orkestrga rahbarlik qiladi
3. Ansambl – turli cholg‗ularda chaluvchi sozandalardan tuziladi
4. Solist – yakkaxon sozanda yoki yakkaxon xonanda bo‗lishi
mumkin.
Musiqa mashg‗ulotlarining tarbiyaviy
vazifa va maqsadlari
Musiqa mashg‗ulotlarining
ta‘limiy vazifa va
maqsadlari
Bolalarda harakat uyg‗unligini oshirish,
ritmga mos qadam tashlash, yengil
yugurish, oyoq to‗pillatish va qo‗llar
bilan mashqlar bajarishga o‗rgatish.
Bolalarning musiqiy-ritmik
ko‗nikmalarini
rivojlantirish.
Asarni mazmuniga ko‗ra qismlarga ajrata
olish hamda harakatda ifodalash malaka-
larini oshirish.
Musiqa ohangini his etish va
musiqa
tinglash
madaniyatini shakllantirish.
Quvnoq va g‗amgin musiqa ohanglarini
farqlashga, ketma-ket tovushlarni kuy-
lashga o‗rgatish.
Bolalarda
musiqani
his
etish, kuylash va tinglash
qobiliyatlarini rivojlantirish.
Davr bilan hamohang, faslga mos
qo‗shiqlarni kuylashga o‗rgatish.
Musiqa jo‗rligida ovozning
sof va jarangdorligini rivoj-
lantirish.
O‗zbek xalq raqs elementlarini musiqa
jo‗rligida o‗rgatish va ijodiy qobiliyat-
larini tarbiyalash.
Raqs
san‘atiga
bo‗lgan
qiziqishni oshirish.
Bolalarni milliy cholg‗u asboblari bilan
tanishtirish. Zarbli va torli asboblarda
ijroga o‗rgatish.
O‗zbek milliy cholg‗ulariga
bo‗lgan
qiziqishlarini
oshirish.
14
O‗yin davomida harakat ijodkorligini
oshirish.
Bolalar
faolligi
hamda
jamoaviyligini oshirish.
Bu mashg‗ulotlar o‗quv mazmunidan kelib chiqib, dastur asosida
tuzilishi lozim. Bunda musiqiy asarlarning badiiy mazmuni, bolalar
yoshiga mosligi, ilg‗or pedagogik texnologiyalardan foydalanilganligi
hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: |