O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


I BOB. MA‘RUZA FANLARIDA UTILADIGAN MAVZULAR



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

I BOB. MA‘RUZA FANLARIDA UTILADIGAN MAVZULAR 
 
1.1 Musiqa san‘atining hayotdagi o‗rni va roli. Maktabgacha ta‘lim 
muassasalaridagi musiqa ta‘lim-tarbiyasining maqsad va 
vazifalarining ahamiyati 
Musiqa madaniy hayotimizda keng o'rin tutgan, inson shaxsiyatini 
rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san‘at turidir. Musiqa 
tarbiyasi, nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri 
bo‗lib, atrofdagi go‗zal narsalarni to‗g‗ri idrok etishga va qadrlashga 
urgatadi. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va ma‘naviy 
dunyoqarashini shakllantiradi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta‘sir 
kursatish imkoniyatiga ega bo‗lib, o‗quvchilarni nafosat olamiga olib 
kirish va goyaviy-axloqiy tarbiyalashning muhim vositasidir. Milliy 
madaniyatimiz bobokaloni Abu-Nosir al-Forobiy «Bu fan tanning 
sogligi uchun foydalidir», degan edi. Bobomiz Shayx Sa‘diy aytgan edi: 
«Musiqa odam ruhining yo‗ldoshidir». Musiqa insonga tez ta‘sir etuvchi 
emotsional hissiyotni faol rivojlantiruvchi vositadir. Inson musiqa bilan 
ona allasi orqali tanishib, umrbod musiqadan zavq topadi va madad 
oladi. Musiqa inson ruhiyatining ajralmas qismi bo‗lib hisoblanadi. 
Musiqadan turli ozuqa olish uchun inson yuksak madaniyatli, sof qalb 
egasi, go‗zallikni his eta oladigan, o‗z kasbiga, ona Vataniga mehr 
qo‗ygan bo‗lishi kerak. Shu bois o‗quvchilarda inson ma‘naviyatining 
tarkibiy qismi bo‗lgan musiqa madaniyatini tarbiyalash, musiqa 
tarbiyasining bosh maqsadi bo‗lib turadi. Bu oliy maqsadni amalga 
oshirish uchun musiqa o‗qituvchisining oldiga qo‗yilgan vazifalari 
quyidagilardir: 
1.
Bolalarda musiqa san‘atiga bo‗lgan qiziqish va muhabbatni 
oshirish. 
2.
Musiqiy faoliyatlar jarayoni badiiy ijodkorlik va his-tuygularni 
rivojlantirish. 
3.
Asarlarning badiiy-g‗oyaviy mazmuni vositasida o‗quvchilarni 
axloqiy-estetik tarbiyalash. 
4.
Musiqa darslarida kasb-hunar va mehnatga nisbatan o‗quvchi-
larda ishtiyoq uyg‗otish kabi ishlarni amalga oshirish kerak. 
Mazkur maqsad va vazifalarni amalga oshirish musiqa 
mashg‘ulotlarini olib boruvchi mutaxasisning professional va axloqiy 
qiyofasiga bog‗liq. Har qanday san‘atkor ham maktabda musiqa 
darslarni olib borolmaydi. Buning uchun, musiqa mutaxasis o'z kasbiga 



va bolalarga mehr qo‗ygan yuksak madaniyatli, keng dunyoqarashga ega 
bo‗lgan shaxs bo‗lmog‗i lozim. U pedagogika, psixologiya, bolalar 
fiziologiyasi, etika va estetika nazariyasi, musiqa nazariyasinning amaliy 
sohalaridan, musiqa o‗qitish metodikasi fanlaridan chuqur bilimga ega 
bo‗lmogi kerak. Musiqa o‗qituvchisi musiqa san‘atining nazariy va 
amaliy sohalaridan yetarli darajada bilim, ko‗nikma va tajribaga ega 
bo‗lishi lozim. Ya‘ni u ham cholg‗uchi, xonanda, xor dirijyori
jurnavozchi, musiqa nazariyotchisi va amaliyotchisi sifatida ish 
ko‗rmogi lozim. Musiqa o‗qituvchisining ijodkorligi shundaki, u 
mashg‘ulotlarni olib borish uchun senariy muallifi, uning ijrochisi va 
rejissyori sifatida ish tutadi. Shu bois musiqa darsi san‘at darsi deyiladi. 
Maktabgacha ta‘lim tashkilotida musiqa tugaragi rahbarining faoliyat 
miqyosi kengdir. Mashg‘ulotlardan tashqari musiqa tarbiyasi turlarini 
tashkil etish va boshqarish, maktabda musiqa tarbiyasining ommaviy 
shakllarini (san‘atkorlar bilan uchrashuvlar, leksiya-konsertlar, shoirlar 
bilan uchrashuvlar, ko‗rik tanlovlari, bayramlarni) uyushtirish musiqa 
mashg;ulotlari rahbarining zimmasidagi vazifadir. Shu bilan birga, 
muassasadan tashqari musiqa tarbiyasi markazlari (bolalar musiqa 
maktablari, o‗quvchilar saroylari, bolalar teatri) bilan aloqada bo‗lib, 
iqtidorli bolalarni ularga jalb etish va ularning faoliyatini bog‘cha 
hayotida qo‗llash ham musiqa rahbarining zimmasidadir.
Bo‗lajak musiqa mutaxassislari yosh avlod ongiga yuksak 
tuyg‗ularni singdirish, ularda ona-Vatanga muhabbat, go‗zallikga intilib 
yashash, uni asrash va yaratishga bo‗lgan ishtiyoq uyg‗otuvchi kasb 
egalari hisoblanadilar. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 
bu noyob kasb egalarining imkoniyatlarini chuqur his qilgan holda, yosh 
avlodga musiqiy ta‘lim berish zarurligiga alohida e‘tibor qaratib, ularga 
zarur shart-sharoitlar yaratib berish haqida maxsus farmon chiqardi. 
Unda ta‘kidlanganidek, «Bolalar musiqa va san‘at maktablarini 
zamonaviy o‗quv va musiqa anjomlari bilan ta‘minlash» bugungi kun 
talablaridan biri bo‗lib hisoblanadi. Bolalar musiqa va san‘at 
maktablarining moddiy va texnik bazasini mustahkamlash, ularning 
faoliyatini yanada yaxshilash bo‗yicha 2009–2014 hamda 2016-2021-
yillarga mo‗ljallangan davlat dasturini tayyorlash chora tadbirlari 
rejalashtirildi. Bu vazifalarni O‗zbekiston Respublikasi prezidenti 
farmoyishidan kelib chiqqan holda amalga oshirish lozimligi ta‘kidlab 
o‗tildi. Umumta‘lim hamda MTTda musiqa fani bo‗yicha davlat o‗quv 
standartlari va dasturlarini, darslik va metodik, o‗quv qo‗llanmalarini 
zamonaviy mezonlar asosida takomillashtirish zarurligi ta‘kidlanadi. 



Musiqa savodining ahamiyati va vazifalari maktabgacha ta‘lim 
muassasasida va oilada olib boriladigan barcha tarbiyaviy ishlar, bu 
oliyjanob fazilatlarni yosh avlodda bog‗cha yoshidan boshlab 
shakllantirishga bog‗liq. Darhaqiqat, musiqa savodini o‗rganish bog‗cha 
yoshidan boshlanadi. Ko‗pgina bolalar maktabgacha tarbiya davrida 
bog‗chaga qatnab, bog‗chadagi musiqa mashg‗ulotlarida dastlabki 
musiqaviy malakalarni hosil qiladilar. Ko‗pgina qo‗shiqlar va o‗yinlarni 
o‗rganib olgan hamda ritm va raqs harakatlari bilan tanishgan bo‗ladilar. 
Uyda tarbiyalangan bolalar ham muayyan musiqaviy tasavvurga ega 
bo‗ladilar: radio va televideniya orqali eshittiriladigan bir qancha musiqa 
asarlari ularga tanish bo‗ladi. Garchi ana shu bilimlar bir tizimga 
solinmagan bo‗lsa-da, musiqa o‗qituvchisi bolalarda musiqadan nazariy 
tushunchalar hosil qilishda o‗sha bilimlarga ma‘lum darajada suyanib 
ish ko‗rishi mumkin. Bolalar muassasalarida musiqa ta‘limiga asos 
solinadi, shuning uchun musiqa rahbari ayniqsa o‗qitish metodikasini 
yaxshi bilishi, bog‗cha yoshidagi kichik bolalarning yosh va individual 
xususiyatlarini, ularning musiqa va qo‗shiqchilik imkoniyatlarini chuqur 
bilishi zarur. Musiqa ta‘limini shartli ravishda ikki bosqichga bo‗lish 
mumkin. Birinchisi, tayyorlov bosqichi. Bundan ko‗zlanadigan asosiy 
maqsad – bolalarning musiqa o‗quvini o‗stirishdir. Shu vaqt mobaynida 
bolalar musiqa tovushlarining baland-pastligi va cho‗zimi kabi o‗ziga 
xos xusussiyatlarni ajrata bilishga o‗rganishlari va nota yozuvini 
o‗rganishga tayyorlanishlari kerak. Ikkinchi bosqichda nota savodi
ya‘ni bevosita musiqa tovushlarining grafik usulda ifodalanishi – nota 
yozuvini o‗rganishga kirishiladi. Musiqa mashg‗ulotlari jarayonida bola 
hayotiy voqelikni musiqiy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar 
yoshiga mos musiqa asarlari kichkintoylarda unutilmas taassurot 
qoldiradi, ularning ruhiy dunyosini boyitadi. Bog‗cha sharoitidagi 
musiqaviy tarbiya badiiy adabiyot va tasviriy san‘at bilan uzviy 
bog‗langan holda amalga oshiriladi. Ashula aytish usuli, janrdagi musiqa 
asarlari, xususan, syujetli cholg‗u pyesalarini tinglash, musiqaviy 
o‗yinlar bilan shug‗ullanish va raqsga tushish jarayonida musiqa 
mashg‗ulotlari ko‗pincha badiiy so‗z bilan belgilanadi. Bola badiiy 
obrazlarni yorqin tasavvur etishi va chuqur idrok qila olishi uchun 
tasviriy san‘at asarlaridan unumli foydalaniladi. Turli metodlardan 
foydalanib o‗tkaziladigan har bir musiqa mashg‗ulotlari kichkintoylarda 
badiiy estetik zavq uyg‗otadi, ularning his-tuyg‗ularini rivojlantiradi, 
ijodiy fikri va nutqini o‗stiradi. Bundan tashqari, musiqaviy o‗yin va 
postanovkalar, raqslar bolalarda ritm tuyg‗usi, chaqqonlik va 



harakatchanlik malakalarini rivojlantiradi hamda qomatning to‗g‗ri 
o‗sishiga yordam beradi. Musiqa uquv qobiliyati asosan quyidagi 
musiqa uquv turlaridan iborat bo‗ladi: musiqaviy uquvi, musiqaviy 
tovushlarning baland-pastligini his etish qobiliyati, tembr uquvi (musiqa 
tovushlarining bir-biridan farq qiladigan, o‗ziga xos jihatlarini ajrata 
bilish qobilyati), ritm tuyg‗usi va musiqa xotirasi. Bolalar bog‗chasida 
olib boriladigan musiqa tarbiyasining asosiy maqsad va vazifalarini 
quyidagicha belgilash mumkin:
1.

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin