O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

NAZORAT SAVOLLARI 
1.MTMda musiqiy tarbiya bilan shug‘ullanganda bolaning umumiy 
rivojlanishi 
2.Texnik vositalari: radio, televideniye, audio-, videoyozuvlar, 
kompyuter, karaoke tinglash, tomosha qilish. 


55 
3.Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy qobiliyatlarini 
rivojlantirishni o‘rganish va qonuniyatlarini aniqlash; 
4.Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy qobiliyatlarini 
rivojlantirishning pedagogik shartlarini aniqlash; 
5.Bolalarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishda MTM va oila 
hamkorligining nisbatan samarali shakllarini belgilash; 
6.Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy qobiliyatlarini 
rivojlantirishga oid ishlar samaradorligi MTM va oilaning o‘rni: 
1.7.Musiqa mashg‘ulotlarida tarbiyalanuvchilarning ijodkorlik 
qobiliyatini loyihalashtirish va ularning rivojlanishini diagnostik 
tahlil qilish 
--- Musiqiy qobiliyatni rivojlantirishning shart – sharoitlari. 
Musiqa mashg‘ulotlarida tarbiyalanuvchilarning ijodkorlik 
qobiliyatini rejalashtirish, loyihalashtirish. Musiqa mashg‘ulotlarida 
bolalarni o‘zlashtirish va rivojlanishini diagnostik tahlil qilish
Qobiliyat – ma‘lumbir turdagi faoliyatni muvaffaqiyatli amalga 
oshirishning subyektiv sharti bo‘lib hisoblanuvchi shaxsning
individual xususiyatidir. Qobiliyat – faoliyat jarayonida namoyon
bo‘ladi.
Psixologiyaning 
ko‘rsatishicha, inson bolasi
tayyor qobiliyat bilan emas, 
balki 
biron 
– 
bir
qobiliyatning 
ro‘yobga
chiqish va rivojlanish
manbayi layoqat bilan
tug‘iladi. Layoqat o‘z
holicha rivojlana olmaydi, 
uning rivojlanishi uchun qulay muhit kerak.
Bola musiqaga layoqat bilan tug‘ilishi mumkin, lekin uning
musiqiy xususiyatlari shakllanishi uchun qulay muhit yaratilmasa,
musiqaga bo‘lgan layoqati rivojlanmay qoladi. Insonning shaxs
sifatida shakllanishida yetakchi omillardan biri muhitdir. Muhit
deganda, kishiga ta‘sir etadigan tashqi voqyealar yig‘indisi
tushuniladi. Muhit o‘z navbatida – tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, oila
muhiti va boshqalarga bo‘linadi. Insondagi musiqiy qobiliyatning
rivojlanishi va shakllanishi uchun ijtimoiy va oila muhiti muhimdir. 
Inson bolasi, agar insoniy muhitga tushmay, hayvonlar muhitiga


56 
tushib qolsa, unda irsiy belgilarning ayrim biologik ko‘rinishlari
saqlanadi, lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti – harakat shakllanmaydi. 
Odob, axloq, fe‘l – atvor – shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat
muhit va tarbiyaning o‘zaro ta‘siri asosida vujudga keladi.
Bolalarning musiqa ijrochiligi malakalarini rivojlantirishdagi
eng muhim shartlardan biri – ularning musiqiy qobiliyatlarini
shakllantirishdir. Chunki, musiqiy qobiliyatlar – musiqani ritmik his
qilish, ladni his qilish, musiqiy eshitish, musiqiy xotira, musiqaga
emosional ta‘sirchanlik bolalarda ijrochilik malakalarini rivojlantirish
omili hisoblanadi. Pedagog N.V.Vetlugina «... musiqiy kechinmalar
aslini olganda, doimo sensor qobiliyatga asoslanadi, chunki musiqa
eng oddiy ohanglar, murakkab obrazlar va eng avvalo hissiyotlar
orqali idrok etiladi va musiqiy qobiliyat rivojlanadi» – deb
ta‘kidlagan. Qobiliyatning eng yuqori darajasi – talantdir. Talant – 
insonga qaysidir murakkab faoliyatni muvaffaqiyatli, mustaqil va
o‘ziga xos ravishda amalga oshirish imkoni qobiliyatidir. 
Shu o‘rinda bir narsani aytish kerak, musiqiy qobiliyati
bo‘lgan barcha insonlarning avlodlari ham musiqiy qobiliyatga ega
bo‘ladi, degan fikrga qo‘shilmaymiz. Ularning bolalarida musiqaga
layoqat bo‘lishi mumkin, lekin shu layoqat rivojlantirilmasa, layoqat 
qobiliyatga aylanmay, ya‘ni shakllanmay qoladi. Zero, musiqa yosh
avlodning ma‘naviy, badiiy – axloqiy madaniyatini shakllantirishga, 
milliy g‘ururi va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, fikr
doirasini kengaytirishga, ijodiy mahorati va badiiy didi o‘sishiga, 
mustaqilligi va tashabbuskorligini tarbiyalashga xizmat qiladi. 
Respublikamizdagi har bir maktabgacha tarbiya muassasalarida
va maktabda hozirgi kunda musiqiy estetik tarbiyaga
pedagogikaning shaxsni shakllantiruvchi eng muhim omili sifatida
qaralmoqda.Qobiliyat – ko‘nikma, malaka va bilim emas, balki ularni
o‘zlashtirish dinamikasidir. Qobiliyatlar – faoliyat davomida namoyon 
bo‘ladigan imkoniyatdir. Musiqiy qobiliyat faqat musiqa amaliyoti, 
musiqa san‘atiga xos bo‘lgan musiqiy material, maxsus usullar
orqaligina rivojlantirilishi mumkin. Faqat musiqagina insonning
musiqiy hislarini uyg‘otadi. 


57 
Musiqiy ta‘lim olmagan kishilarda, musiqiy qobiliyat bo‘lmaydi. 
Chunki ular musiqiy bilimlarni o‘zlashtirmaganlar.
Nazariya va amaliyotga asoslangan holda shuni aytish joizki, 
musiqiy qobiliyatlar va ularni rivojlantirish muammosi pedagogika 
va psixologiyaning dolzarb muammolaridan biridir. Bu qobiliyatlarni 
rivojlantirish ijtimoiy muhit, tabiatdan berilgan iste‘dod, iqtidor, 
shaxsning iroda kuchi, faolligi, jismoniy va aqliy jarayonlarga ham
bog‘liqdir. Demak, bolalarda musiqiy qobiliyatlar erta namoyon
bo‘lishi, shuningdek ularning qobiliyatlari ta‘lim – tarbiya va atrof – 
muhit ta‘siri ostida shakllanishini hisobga olgan holda biz quyidagi
xulosaga keldik. Uzluksiz ta‘lim tizimidagi musiqa mashg‘ulotlarida
ijrochilik malakalarini rivojlantirishda musiqiy qobiliyatlar muhim
omil bo‘lib xizmat qilar ekan. 
Har bir musiqa rahbari xar bir musiqa mashg‘ulotini qiziqarli va 
bolalar xotirasida uzoq saqlanishi uchun ko‘rgazmalardan unumli 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin