70
1.
Mashg‗ulotning musiqa tinglash qismi oldida qanday vazifalar
qo‘yiladi?
2.
Bolalar bog‗chasida musiqiy tarbiya qanday vazifalarni o‗z
oldiga maqsad qilib qo‗yadi?
3.
Musiqa mashg‗ulotlari
vazifa va maqsadiga qarab, qanaqa
mavzu va yo‗nalishda bo‗ladi?
4.
Bola ruhiyati uchun qanday musiqalar tinglash maqsadga
muvofiq?
5.
Musiqa tinglatishda qanday metodlardan foydalansh zarur?
1.10.Musiqa mashg‗ulotlarida bolalarga musiqalar
xarakteriga xos harakatlar, o‗zbek xalq raqs elementlari va
ritmik harakatlar ustida ishlash
Istiqlol sharofati bilan O‗zbekiston Respublikasida keyingi yillarda
katta o‗zgarishlar ro‗y berdi. Jumladahn, maktabgacha tarbiya muas-
sasalari uchun «Tayanch dastur», «Ta‘lim to‗g‗risida»gi Qonun,
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va Davlat ta‘lim standartlari joriy
etildi. Ushbu qohun va dasturlarning asosiy
maqsadi yosh avlodni har
tomonlama rivojlanishga ularni aqlan yetuk, jismonan baquvvat,
ma‘naviy pok qilib tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat.
Ritmikaning
asoschisi
shvetsariyalik
olim
musiqashunos
kompozitor E.Jak-Dolkros shunday degan edi: «Ritm harakatlar asosida
yashamoq kerak». Musiqiy o‗yin va mashg‗ulotlar bolalarning uch
yoshdan yetti yoshgacha tavsiya etiladi.
Ritmik harakatlar bolalar
bog‗chasida boshlang‗ich guruhlarda va musiqa maktablarida, uy
sharoitida yanada chuqurroq o‗rganilishi mumkin.
O‗quvchilarning aqliy, nafosat va jismoniy rivojida raqs, musiqali
o‗yinlar va musiqaga mos harakatlar bajarish muhim ahamiyat kasb
etadi. Bunda musiqa madaniyati darslarida, musiqaga mos harakatlar
bajarish quyidagi vazifalardan iborat:
-o‗quvchilarning
musiqiy uquvi, ayniqsa, xotirasi, ritm tuyg‗usi
musiqaga mos harakatlar yordamida yaxshi rivojlanadi. Har qanday
harakat turi musiqiy asarning sur‘ati va ritmi ostida bajariladi, harakat
bilan bog‗liq bo‗lgan musiqiy ohanglar bola xotirasida turg‗un
saqla-
nadi;
-raqs va musiqiy harakatlar bolada harakatchanlik, chaqqonlikni
rivojlantirib, qomatining to‗g‗ri o‗sishiga va badanini chiniqtirishga
katta yordam beradi;
71
-musiqiy asarlar o‗quvchilarda turlicha emotsional hislar uyg‗otib,
turlicha kayfiyatlar hosil etib, ularning ongida o‗ziga
xos obrazlar
yaratadiki, bolalar asar mazmunini turli harakatlar va ishoralar bilan
ifodalashga harakat qiladilar.
Demak, musiqaga mos harakatlar o‗quvchilarning aqliy va nafosat
qobilyatini rivojlantirish bilan birgalikda irodasini ham rivojlantiradi.
Musiqiy asarlardan marsh, raqs va o‗yinlar o‗quvchilarga tez ta‘sir
etadi, shuning uchun ham quvnoq raqs, qiziqarli musiqali o‗yinlar har
bir bolaning e‘tiborini o‗ziga tortadi.
Ritmika bolalarda musiqiy harakatlarni, estetik tarbiyani oshirishda
katta ro‗l o‗ynaydi. Bog‗cha yoshidagi bolalar ilk yoshdan boshlab
sakraydi, o‗ynaydi, lekin bu bolaning ritmik harakatlandi, degani emas.
Bu davrda bolalar musiqa ostida emotsional harakatlanadi,
eshitish
qobiliyati o‗sadi. Musiqa ostida harakatlanib, tarbiyachilar bilan
birgalikda kichik-kichik qo‗shiqlar ham kuylanadi.
Harakat turlari uchga bo‗linadi.
1. Asosiy harakatlar: yurish, yugurish, sakrash.
2. Gimnastik harakatlar: predmetlar bilan, ya‘ni lenta, obruch,
bayroqchalar va koptok bilan.
3. Raqs harakatlari: musiqa ostida ritmik harakatlar haqida nazariy
bilimga ega bo‗lish mumkin.
Maktabda va bog‗chada o‗tkaziladigan har bir ertalikni,
turli
tadbirlarni musiqasiz tasavvur etib bo‗lmaydi. Jumladan, musiqali ritmik
harakatlarning ham o‗z o‗rni bor. Bunda bola ritmni his qiladi, qomatlari
chiroyli bo‗lib, to‗g‗ri yurushni, musiqa ostida harakat qilishni o‗rganib
boradilar.
Hozirgi
milliy
qadriyatlarimiz,
urf-odatlarimiz,
o‗zbekchiligimiz o‗z o‗rnini topayotgan bir vaqtda bolalarga o‗zbek
milliy musiqasi, qo‗shiqlari, ritm harakatlarini o‗rgatish juda muhimdir.
Dostları ilə paylaş: