69
Shuning uchun ham musiqa tinglash jarayonida tarbiyalanuvchilarning
badiiy idroki yaxshi rivojlanib boradi.
Musiqa madaniyati mashg‗ulotlarida musiqa tinglash uchun
quyidagi talablarga ko‗ra asarlarni tanlash tavsiya etiladi:
-tarbiyalanuvchilarning idrokiga mos xalq, mumtoz va
zamonaviy musiqiy asarlarni tinglash.
tarbiyalanuvchlarning musiqani idrok etish va musiqiy asarda
tasvir etilgan badiiylikni his qilish qobiliyatlarini rivojlantirish.
- musiqa haqida boshlang‗ich ma‘lumotlar berish, tinglangan
asarlar nomlarini eslash, ularning mazmuni, xarakteri va ifoda
vositalarining farqini bilish hamda tinglangan asarga ma‘lum darajada
baho bera olish.
- musiqiy asarlarni ishtiyoq bilan tinglash va eslash, olgan
ta‘surotlar haqida o‗ylash va fikr bildirish.
- musiqa tinglashda turg‗un diqqat-e‘tiborni va tinglash
madaniyatini, boshlang‗ich elementlarni shakllantirish.
Musiqiy didni shakllantirishga oid qiziqarli, mazmunli asarlarni
tinglash. Bog‗cha tarbiyalanuvchilarning diqqat-e‘tibori uncha barqaror
bo‗lmasligi sababli, ular yorqin yangraydigan kichik hajmdagi musiqiy
asarlarni idrok etishga qodir bo‗ladilar. Ular, ayniqsa, kichik hajmdagi
qo‗shiqlarni yaxshi idrok etadilar, chunonchi, so‗z va ohang birligi
musiqaning mazmunini oson idrok etishga yordam beradi. Shuning
uchun musiqa rahbari qo‗shiq aytganda yoki biror cholg‗u asarini ijro
etganda, uning tanish ovozi, sof ohangi, ifodali ijrosi, mimikasi va
ishoralari o‗quvchilarni maftun etishi lozim. Shundagina, bolalarda
bo‗ladigan zavqlanish, ajablanish, quvonish, qayg‗urish, o‗ylanish kabi
holatlarni kuzatish mumkin.
Yangi asar bilan ilk bor tanishtirishda o‗qituvchining qisqa, lo‗nda,
mazmunli, qiziqarli kirish so‗zi, musiqa tinglash jarayonida ham muhim
rol o‗ynaydi. Musiqiy asarni tinglashdan oldin o‗quvchilarga ma‘lumot
berilsa, ular asarni to‗liq idrok etishga harakat qiladilar. Musiqiy asarni
ikki-uch mashg‗ulot davomida tinglash shart. Chunki, har bir tinglashda
bola uchun asarning 9 yangi qirralari namoyon bo‗ladi va unga nisbatan
qiziqishi va muhabbati ortib boradi. Yildan yilga o‗quvchilar o‗z
yoshiga, bilim va malakalariga muvofiq, musiqiy asarni to‗la idrok
etishga qodir bo‗ladilar. O‗quv yili davomida tarbiyalanuchialar 12–14
ta asar tinglaydilar.
Dostları ilə paylaş: