Mavzuni mustahkamlash uchu savolar.
1.
Musiqada ritmik harakatlar bajarishning ahamiyati?
2. Ritmik harakatlar necha yoshdan boshlab o‘rgatlishi kerak?
3. Ritmik harakatlar qysi mashg‘ulot turlari bilan vobasta?
4. J.Dalkrosning ritmikaga qo‘shgan hissasi qanday?
5. Harakat turlari nechtaga bo‗linadi?
1.11. O‗zbek xalq milliy cholg‗u asboblari va bolalar cholg‗u
asboblari tasnifi
Musiqa mashg‗ulotlarida bu faoliyat turi eng qiziqarli
jarayonlardan biridir. Bu faoliyat bolalarni ijodkorlikka undaydi.
Bolalar cholg‗u asboblarida jonli tovushli o‗yinchoqlar sifatida har bir
bolani qiziqtiradi. Chapak va bolalar cholg‗u asboblarida ritmik jo‗r
bo‗lish, musiqaning xarakter va obrazlarni chuqurroq his etishda, ularga
mos emotsional tuyg‗ular hosil qilish, ayniqsa, bolalarning ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqa
mashg‗ulotlarida bolalar cholg‗u asboblaridan foydalanish ijobiy
natijalar berish bilan birga bolalarning mashg‗ulotga intiluvchanligi,
qiziqishi va musiqiy o‗quvini (xotirasi, ritmni his qilish tuyg‗usini,
nutqini) o‗stiradi. Bu borada ko‗plab pedagogik olimlar metodik
qo‗llanmalar yaratganlar. Ilmiy ishlar va tadqiqotlar olib borganlar.
Misol qilib, N.A.Vetluginananing «Musiqiy alifbo», N.G.Kononova
«Obuчeniе doшkolnikov igr na detskix muzыkalnыx instrumentax»
kitoblarini ta‘kiblab o‗tish mumkin. Undan tashqari Mustaqillikka
erishilgandan so‗ng o‗zbek xalq cholg‗ularida ijroga katta e‘tibor
qaratildi va aynan bolalar yoshiga mos keladigan o‗zbek xalq cholg‗ulari
yasatildi. Bu asboblarning kattalar ijro etadigan asboblardan farqi – bu
asboblar shakl jihatdan kichkina. Bolalarning qo‗liga to‗g‗ri keladi,
ya‘ni ijro vaqtida bolalarga qiyinchilik tug‗dirmaydi. Endi bu asarlarni
hayotga tadbiq etish uchun ma‘lum bir o‗quv qo‗llanma talab etilardi.
Bu borada O‗zbekiston Davlat Konservatoriyasi professor-o‗qituvchisi
A.Leviyev «O‗zbek xalq cholg‗ularida ijrochilik» nomli kitobini
76
hayotga tadbiq etdi. Bu kitobning o‗ziga xosligi shundaki, birinchidan,
o‗zbek kompozitorlarining bolalar uchun yozgan qo‗shiqlaridan
foydalanilgan. Bu bolalarda tanish bo‗lgan qo‗shiqlarni cholg‗ularda
ijro etib kuylashlariga katta turtki bo‗ladi. Ikkinchidan, aynan o‗zbek
xalq kuylaridan namunalar keltirilganligidir. Bu bog‗cha bolalarida
yoshligidan o‗zbek xalq kuylarida mehr-muhabbat hissini, ularga
hurmatini uyg‗otadi. Bolalar o‗zlari o‗zbek xalq kuylarini cholg‗uda ijro
etishsa, anchagacha eslarida qoladi. Uchinchidan, bu cholg‗ular tafsifi,
uni ijro etish malakalari va ko‗nikmalari batafsil yoritib beriladi. Lekin
bu kitobning murakkab jihati — bolalarda mashg‗uloti jarayonida
qo‗llash qiyinchilik tug‗diradi. Bu masalani bartaraf etish uchun
mashg‗ulotdan tashqari vaqtda qo‗llash kerak. Yod bo‗lgan kuy va
qo‗shiqlada bayram ertaliklardan va tantanalarda bolalar ijro etishsa
o‗zlarini kichkina sozandalar deb his qiladilar. Turli tantanalarda ijro
etilgan kuy va qo‗shiqlar anchagacha xotirada muxrlanib qoladi. Bolalar
cholg‗u asboblarda jo‗r bo‗lishda, avval, bolalar chapak chalib, ritmik
jo‗r bo‗ladilar. Musiqa rahbari bolalar kuy ritmini to‗g‗ri his etib ijro
etishlari uchun, bolalarga stol ustida terib qo‗yilgan cholg‗u asboblarida
chalib, musiqaga jo‗r bo‗lishi xaqida batafsil so‗zlab berishi lozim.
So‗ng biror cholg‗uda kuyni o‗zi ijro etib chapak bilan jo‗r bo‗lishini
ko‗rsatadi. Keyin barchani kuyga chapak chalib, jo‗r bo‗lishni taklif
etadi va ijro jarayonini diqqat bilan kuzatib, bolalar cholg‗u asboblarini
tarqatish uchun ilg‗or va zehnli bolalardan birini tayinlaydi (birinchi
marta ilg‗or bolalarni tanlashdan maqsad kuy chiroyli va to‗g‗ri bo‗lib
ijro etilsa keyin qolgan bolalar ham o‗z tengdoshlari ijro etganlaridek
chalishadi). Birinchi ijrodagi yutuq va kamchiliklarni bartaraf qilish
uchun yana bir takrorlab chiroyli, to‗g‗ri ijro etilishi kerak. So‗ngra
musiqa raxbari ijro etmagan bolalarga cholg‗u asboblarida jo‗r bo‗lishni
taklif etadi. Shu tarzda guruhdagi barcha bolalar galma-gal cholg‗u
asboblarida jo‗r bo‗lishga undab, ularning qiziqishini oshiradi.
Cholg‗ularda chalishga hamma intiladi, albatta. Shuning uchun berilgan
asarni bolalar xato qilmay musiqani his etishga va xotirada saqlashga
harakat qiladilar. Keyinchalik ijrochilik turlari murakkablashtiriladi.
Ayni shu holda guruhni 2 jamoaga bo‗lib, 1-jamoa chapak chalib, 2-
jamoa esa ovozda usul berish bilan yoki cholg‗u asbobida ham jo‗r
bo‗lishlari mumkin. Bu usulning yana bir foydalitomoni shundaki,
bolalarda jamoa bo‗lib kuylash malakalarini, ko‗povozli kuylashning ilk
malakalarini rivojlantiradi. Ijro etishning yana bir turi — bolalar doyrada
usulni aniq va tekis chalib turadi. «Bum»ga 1-jamoa bolalari, «bak»ka
77
esa 2-jamoa bolalari jo‗r bo‗lishadi. Buni iloji bo‗lsa magnitofon
tasmasiga yoki yozuvga yozib olib bajarisa ham bo‗ladi. Shuningdek,
kuyni dinamik belgilari va ifoda vositalarini ko‗rsatib turish uchun
kartochkalardan foydalansa ham bo‗ladi. Bunday mashg‗ulotlar –
qiziqarli o‗tadi, bolalar bilim vako‗nikmalari mustahkamlanadi va
musiqiy qobiliyatlari har tomonlama rivojlanishni ta‘minlaidi. Musiqa
mashg‗ulotlarida bolalar cholg‗u asboblarini qo‗llashi, tarbiyachidan
katta mashuliyat, ijodkorlik va topqirlikni talab etadi. Bolalar musiqa
cholg‗ulari xarakteristikasi Bolalar musiqiy o‗yinchoqlari va musiqiy
cholg‗ularda tovush hosil bo‗lishi va tovush sifatiga ko‗ra ma‘lum
guruhlarga bo‗linadi. Bolalar musiqa cholg‗ulari asosan ikkita guruhga,
ya‘ni tovush balandligiga ega bo‗lgan (melodik) hamda urib
chalinadigan (melodik bulmagan) cholg‗ularga bo‗linadi.
1. Urib chalinadigan (melodik bo‗lmagan) ritmik cholg‗ular:
doyra, nog‗orachalar, kayrok, klaves, bloklar, tamburin, baraban,
marokas, uchburchak, rumba, yog‗och qoshiqlar, tarelkalar. SHu
cholg‗ularning bahzilarining tavsifini keltiramiz: Klaves – palisandr
daraxtidan tayyorlangan ikkita tayoqcha, bir biriga urib ovoz chiqariladi.
Ularni ushlaganda (bosh va ko‗rsatkich barmoqlar yordamida) yog‗och
uchalri bush bulishi kerak. Baraban –ikki tarafi teri bilan koplangan
temir tsilindr. Tovush yog‗och tayoqchalar yordamida markaziga urish
orqali hosil kilinadi. Marakas–ikkita plastmass shar, ularning ichida
toshchalar harakatlanadi. Bu cholg‗uning tovushi og‗irroq bo‗lgani
uchun bolani tez charchatadi. SHuning uchun extiyot bo‗lib foydalanish
zarur. Qo‗lda ushlab, mayin harakat bilan silkitib tovush hosil qilinadi.
Uchburchaklar–chalish paytida osib qo‗yiladi yoki chap qo‗lda
tasmachasidan ushlab turiladi va o‗ng qo‗lda metall tayyoqcha bilan
uriladi. Tez tempda tayoqchani uchburchakning ichki ikki yoniga urib
«tremalo» ijro etish mumkin. «Nozik», «yaltiroq», qisqa tovushga ega.
Tarelkalar – barabanchaga mustahkamlanadi yoki chap qo‗lda ushlab
turiladi. Ikkita yog‗och tayyoqcha bilan barobar yoki alohida-alohida
chalish mumkin. 2. Melodik cholg‗ular: tovush balandligiga ega bo‗lgan
metallofon, ksilofon, metallofon va ksilofon alg‗t (S1-S2), metallofon va
ksilofon soprano (S2-S3), qo‗ng‗iroqchalardan iborat: Bu cholg‗ularning
asosiy sozlanish tonalligi – Do major. Almashtiriladigan plastinkalar
yaqin tonalliklarda ijro etish imkoniyatini beradi. Eng pastki tovush
doimo tonika bo‗ladi. Ijro paytida cholg‗ular o‗quvchining bel qismi
balandligida bo‗lishi lozim. Tayoqchalarni bosh va ko‗rsatkich
barmoqlar orasida yengil ushlash kerak. Bunda qo‗llar tirsakdan
78
bilaklargacha erkin holatda bo‗lishiga e‘tibor tortiladi. Avval bolalarga
tovushni ikki qo‗l bilan hosil qilish taklif qilinadi. Bunda ikkala qo‗lning
balandligi bir xil bo‗lishi lozim.
Har bir cholg‗uning o‗z tayoqchalari bor:
-ksilofonda – qattiq probkali tayoqchalar bilan chalinadi.
-metallofonda rezina tayoqchalar bilan ijro etiladi.
-ko‗ng‗iroqchalarda –yog‗och tayoqchalar bilan ijro etiladi.
Bulardan tashqari cholg‗ularning boshqa turlari ham mavjud.
Tovushsiz cholg‗ular. Bularga musiqiy cholg‗ularni ifodalaydigan
o‗yinchoqlar kiradi.Masalan, tovushsiz fortepiano, royal va boshqalar.
Bular bolalarga o‗yinni qiziqtirish uchun xizmat qiladi. Musiqiy o‗yinlar
esa ijodiy va musiqiy eshituvni rivojlantiradi. Tovush balandligi aniq
bo‗lmagan cholg‗ular – baraban, shaqildoq, uchburchak, nog‗ora,
safoyil, quticha, kastaneta. Faqat bir tovushni beruvchi o‗yinchoq —
cholg‗ular. (bular ritmni chalish uchun qulay bo‗ladi) – surnaycha, nay,
rojki, sverelig va boshqalar. Ma‘lum bir kuynigina ijro eta oladigan
cholg‗u o‗yinchoqlar. Masalan musiqiy shkatulka, musiqiy quticha.
Bularni chalish mexanik tus oladi.Xromatik va diatonik tovushqatorli
o‗yinchoq-cholg‗ular – metallofon, pianino, royal, klarnet, saksofon, lab
garmoni, bayan va boshqalar. Urma zarbli cholg‗ular. Yog‗och
qoshiqlar. Bu cholg‗u bolalar bog‗chalarining ansambllarida, musiqa
mashg‗ulotlarida va bayram tantanalarida ijro etiladi. Bu cholg‗ u
bolalarning rimtik hissini rivojlantiradi. Uchburchak–ansambl, orkestr
va qo‗shiqlarda jo‗r bo‗ladi. Tovush asbobga yengil urilishi bilan hosil
bo‗ladi. Musiqiy bolg‗acha – ikki tomonlama plasmassadan yasalgan
bolg‗asimon cholg‗u. Bolg‗a dasta va havo to‗ldirilgan tovush
chiqaradigan asosdan tashkil topgan. Bu o‗yinchoq – cholg‗u kichik
guruh bolalarida kata qiziqish uyg‗otadi. Undan tashqarii o‗rta guruh
bolalarida ritmni his qilishga o‗rgatadi. Qo‗ng‗iroqlar. Bu cholg‗ular
shakl jihatidan kata-kichik bo‗ladi. Bu bolalarda musiqiy eshituv
qobiliyatini rivojlantiradi. Turli shakldagilari turli balandlikka egadir.
Masalan kattaligi jihatidan turli bo‗lgan uchta qo‗ng‗iroqlarni qo‗llash-
dan maqsad bolalar tovushlarni yuqori va pastlarini farqlay oladilar.
Orkestrlarda katta qo‗ng‗iroqlar mavjud. Bu ayrim kuylarda pastki
tovushni alohida ijro etish uchun belgilangan. Metallofon. Bu asbob
yog‗och tayoqchala rva tayoqchalarga ulargan metal plastinkalardan
iborat Musiqiy zina – yetti bosqichdan tashkil topgan tovushqatorni
eslatadigan zina. Zinaning asosi yog‗och yoki metall. Bu cholg‗u ikkita
tayoqcha bilan ijro etiladi. Bu bolalarda notalarning joylashuvi va
79
yuqoriga yo‗nalishini ko‗rsatib beradi. Bu cholg‗uda ijro etish katta va
maktabga taiyorlov guruhbolalariga mo‗ljallangan.Urma klavishli
cholg‗ular. Pianino, royalg‗. Bu cholg‗ular katta va maktabga tayyorlov
guruhbolalariga mo‗ljallangan. Bu asboblarni mashg‗ulot davomida va
mashg‗ulotdan tashqari vaqtda ham foydalanish mumkin. Mashg‗ulot
davomida musiqiy didaktik o‗yinlar jarayonida tadbiq etilsa, bolaning
mashg‗ulotga qiziqishi oshadi.
Damli cholg‗ular Damli cholg‗ularga klarnet, saksofon kabilar
kiradi. Ularda ijro etishni individual tarzda o‗zlashtiriladi. Damli
garmonika. Bu asbobda tovush hosil qilish uchun puflab klavishlarini
bosish bilan chalinadi. Asbob 6-7 yoshli bolalarga mo‗ljallangan. Triola
asbobi. Rang-barang klavishlarga ega bo‗lgan bolalar musiqa cholg‗usi.
Bu asbobda puflash bilan birga klavishlarini bosib tovush chiqariladi. Bu
asbob yoqimliligi bilan boshqa asboblardan farq qiladi. Doyrada ijro
etishdagi holat. Doyrada belni bukchaytirmasdan, o‗tirib, kiftlarni erkin,
boshni to‗g‗ri tutib, tirsaklar tanadan sal nariroqda ushlagan holda
chalinadi. Doyra ikki qo‗l bilan, notani ko‗rib turish uchun qo‗llarni
tanadan sal chaproqqa qayirib ushlab chalinadi. O‗ng qo‗l: bosh barmoq
doyra gardishini tashqi tomoniga, qolgan panjalari esa doyraning pardasi
(membranasi)ga zarb urish uchun erkin holatda ushlanadi.
Chap qo‗l: bosh barmoq gardishni ichki tomonida turadi, qolgan
barmoqbar esa tovush chiqarish uchun xizmat qiladi. Doyraning vazni
asosan chap qo‗lga tushadi. Doyra chalish usullari Doyra muayyan bir
tovush baland-pastligiga ega bo‗lgan urma cholg‗u asbobi guruhiga
kiradi. Doyra turli-tuman ritmik va dinamik imkoniyatlarga ega bo‗lib,
doyrachi ikki qo‗l va barcha barmoqlarning zarblaridan faydalanadi.
Kichik nog‗oralar kichik nog‗oralar ma‘lum bir sozda sozlanmaydi,
lekin uni olovda yoki elektr isitgich oldida qizdirilganda tovushning
jarangdorligi kuchayadi. Ikkala kichik ko‗zalar sozi bir-biriga nisbatan
taxminan kvartaga tushadi. Bu asboblarga yog‗och tayoqcha bilan urib
tovush chiqariladi. Nog‗oraning birmuncha chuqqurroq tovushi o‗ziga
xos tus bilan ajralib turadi. Nog‗ora partiyasini yozish uchun bitta
chiziqdan foydalanadi. Nota cho‗zimlari chiziqning ustiga yoki ostiga
yoziladi. Chiziqning ostiga yozilgan notalar pastroq sozdagi ko‗zachaga
uriladi, ustiga yozilgani esa yuqori sozdagi ko‗zachaga uriladi.
Safoyil – jarangdor cholg‗u bo‗lib, 2 ta yog‗och dastachalarga
mahkamlangan, 2 ta katta buralgan xalqalardan iborat. Har bir katta
xalqaga 15 tadan kichik xalqachalar o‗tkazilgan. Bu xalqachalarning
jaranggi o‗ng yelkaga urib yoki havoda tez-tez harakat bilan oldinga
80
silkitishdan kelib chiqadi. Safoyil partiyasi bitta nota chizig‗ida
yoziladi. Qutichalar qattiq daraxt turidan yasalib, har xil yiriklikda
bo‗lishi mumkin va unga yog‗och cho‗plar bilan urib chalinadi.
Qutichani chap qo‗lda ushlab, o‗ng qo‗l bilan yog‗och cho‗plarini
qutichaning o‗rta qismiga o‗rib chalinadi. Ba‘zan bir juft yog‗och cho‗p
bilan ham ijro etiladi. Bunda quticha stul ustiga qo‗yib chalinadi. Kichik
guruhlarda cholg‗ularni ijro etishga o‗rgatishmalakalari Musiqa
cholg‗ularida ijro etishga o‗rgatish kichik yoshdan boshlanadi (2-3
yosh). Bolalar musiqa cholg‗ularining tovush balandligini farqlay
olishga erishish kerak. SHiqildoq va bubenlarni farqlashi kerak. Bolalar
bilan ishlash jarayonida musiqiy o‗yinchoqlardan foydalaniladi. Masalan
surnaycha va boshqa o‗yinchoqlar asboblarga nisbatan qiziqish
uyg‗otadi. Bolalar bilan turli didaktik o‗yinlarda cholg‗ularni qo‗llash
mumkin. Masalan, urma zarbli cholg‗ular bolalarda katta qiziqish
uyg‗otadi. Bolalarda ritmni his qilish tuyg‗usini rivojlantirish aynan shu
yoshdan boshlash kerak. Turli zarbli urma cholg‗u o‗yinchoqlardan
foydalanib, ritmning aniqijrosiga erishish maqsadga muvofiqdir. O‗rta
yoshda ijro etish o'rta guruh bolalarida ijro etishga zarbli cholg‗ularga
yana bir yangi cholg‗u qo‗shiladi. Bu metallofonda ijro. Bu cholg‗uda
bolalarning hissi, xotirasi va eshitish qobiliyati rivojlanadi. Bolalarga
cholg‗uni musiqa mashg‗uloti davomida tanishtirish kerak. Lekin unda
ijro etish va ma‘lum bir kuyni o‗rgatish esa mashg‗ulotdan tashqarii
o‗tkaziladi. Metallofonda ijro etishga o‗rgatishdan oldin uning
tayoqchasini to‗g‗ri ushlashga, u bilan to‗g‗ri foydalanish, tovush
chiqarish ustida ishlash kerak. Masalan, tayoqchani qo‗lini qattiq
zo‗riqtirib va qisib ushlasa talab etiladigan tovush chiqmaydi. Biror bola
ijro etishga taklif etiladi. Uni bolalar kuzatib turishadi. Bola qo‗lidagi
tayoqchani qisib ushlayotganini musiqa rahbari tushuntirib beradi. Katta
guruh katta guruh bolalariga ijro etishni o‗rgatar ekanmiz ular oldiga
yanada murakkabroq masalani qo‗yamiz. Ularga tanish bo‗lgan
qo‗shiqlarni va kuylarni yakka va orkestrda ijro etishga o‗rgatamiz. Bu
davrda bolalar musiqa asboblarining barchasini qo‗llasak bo‗ladi. Aynan
shu davrda bolalarga ijodkorlik malakalarini ham shakllantirish mumkin,
chunki bolalar cholg‗ u asbob haqida yetarli darajada malaka va
ko‗nikmalarga ega. Ular faqat ritm yoki jamoa bo‗lib bir notani ijro
etardilar. Endi bu davrda har bir cholg‗uning individual partiyasini ijro
etishlari talab qilinadi. Bu bolalarda o‗zlarini partiyalarini ijro etish bilan
bir qatorda yonidagi o‗rtog‗ini ham ijrosini tinglay olish maqsadda
tutiladi.
81
Maktabga tayyorlov guruhi Maktabgacha tayyorlov guruhi bolalari
ijrosiga alohida e‘tibor beriladi. Bu davrga kelib bolalar cholg‗u
asboblari bilan batafsil tanishadilar. Uning imkoniyatlarini to‗liq
o‗rganib chiqadilar. Bolalar nafaqat musiqa rahbari, balki o‗zlari
musiqiy ansambl tuza oladilar. Bu davrda ijroga har bir mashg‗ulotda
5-10 daqiqa sarflash kerak. Bu jarayon tizimiylikni va izchillikni talab
qiladi. Qo‗lanilayotgan asarlar murakkablashib boradi.
Dostları ilə paylaş: |