1.6. Musiqa mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda hamkorlik
faoliyatlarida yuzaga
keladigan kasbiy
muammolarni bartaraf etish
strategiyalari
Musiqa mashg‘ulotlarni
tashkil etishning o‘ziga xos
xususiyatlari, musiqiy tarbiya
ishlarni olib borishda ota-ona,
psixolog,
tarbiyachilar,
jismoniy tarbiya yo‘riqchisi va
boshqa mutaxassislar bilan
49
hamkorlik. Tarbiyalanuvchilarda xonandalik va cholg‘u ijrochiligi
mahoratini egallashga bo‘lgan qiziqish va ularni to‘g‘ri yo‘naltirish
borasidagi muammolar hamda ularni bartaraf etish strategiyalari. Ovoz,
ovoz apparatlari tuzilishi, barmoq bilan ishlash, xis etish, eshitish
xissiyotlarini to‘g‘ri yo‘naltirish, bu borada musiqa rahbari oldida turgan
vazifalar.
Musiqa can‘ati juda qadim zamonlarda yuzaga kelgan va barcha
xalqlarda insonning shaxsiy fazilatlari, ma‘naviy olami, estetik didini
shakllantirishning muhim va o‘rnini biror narsa bilan to‘ldirib
bo‘lmaydigan vosita sifatida tan olingan. Turli davrlarda yaratilgan
musiqalar his-tuyg‘u ifodalashi, hayotni aks ettirishi, inson hayolotini
o‘stirishi, mazmun diapazoni kengligi bilan tinglovchining hissyot
olamini boyitadi, uni ilohiy bir olamga olib kiradi.
San‘at turlari insonga ta‘sir etishning rang-barang o‘ziga xos
vositalariga ega, musiqa bolaga juda erta davrdan (go‘daklikdan) ta‘sir
ko‘rsatish xususiyati bilan boshqalaridan ajralib turadi. Ma‘lumki,
homila davri bolaning keyingi rivoji uchun favqulodda muhim bo‘lib,
bo‘lajak ona tinglagan musiqa go‘dakning o‘zini yaxshi his qilishiga
ta‘sir ko‘rsata oladi, ehtimol, uning estetik didi, go‘zallikni ilg‘ay olish
xislatlarini shakllantiradi. Shu bois oila bolaning asta-sekin musiqiy
faoliyat (idrok, ijro, ijod) turlarini egallash jarayonida ularga tabiatan
berilgan turli tabiiy iqtidorlarini rivojlantirish va yuzaga chiqarishda
muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Insonning musiqa san‘ati bilan jiddiy
shug‘ullanishi uchun maktabgacha yosh davri favqulodda muhim.
Maktabgacha ta‘lim muassasasida bola oilada musiqaga oid
egallagan ayrim bilim, ko‘nikma va malakalarni chuqurlashtirish,
bolalar musiqa san‘atiga oshno bo‘lish imkoniga ega bo‘ladi. MTMda
musiqiy tarbiya jarayonida bu bilim, ko‘nikma va malakalarni
egallashga asosiy maqsad sifatida qaramasdan, balki bolada musiqiy-
estetik ong elementlarini shakllantirish orqali uning qiziqishlarini ehtiyoj
darajasiga olib chiqishga ko‘maklashishi lozim. Musiqiy-estetik faoliyat
davomida musiqiy-estetik ong shakllangan bo‘lsa, bu bolaning keyingi
rivojida, uning umumiy ma‘naviy kamolotida aks etmasdan qolmaydi.
Shuningdek, MTMda bola hislari, qiziqish va didini rivojlantirish
bilan bilan bir qatorda uni musiqa madaniyatiga oshno qilish, estetik
idrok, musiqiy va poetik eshitishni, tabiat, musiqiy va tasviriy san‘at
asarlari go‘zalliklarini idrok qilish qobiliyatini rivojlantiradi, tasavvurni,
hissiy reaksiyalarni faollashtiradi.
50
MTMda musiqiy tarbiya bilan shug‘ullanganda bolaning umumiy
rivojlanishini yoddan chiqarmaslik lozim. Bu yoshdagi bolalar
insonning real hayotda mavjud kechinmalari haqida u qadar ko‘p
tasavvurga ega emas, inson hissiyotlari va uning barcha qirralarini
ifodalagan musiqa esa bu tasavvurlarning kengayishiga ko‘maklashadi.
Musiqiy madaniyat asoslarini shakllantirish maktabgacha yosh
davrida boshlanadi. Musiqiy bolaning umumiy rivojlanishida muhim
omil sanaladi: emosional muhit shakllanadi, tafakkur rivojlanadi, bola
san‘at va hayotdagi go‘zallikka nisbatan sezgir bo‘ladi. Bolaning
musiqiy rivojlanishida maktabgacha ta‘lim muassasasi pedagogik
jamoasi va ota-onalar katta rol o‘ynaydi, chunki MTMda kundalik
hayoti va oilada bolaning musiqiy taassurotlarini boyitish, musiqiy
faoliyatini turli shakllarda amalga oshirishning turli shakllari mavjud.
Oilalar turli darajadagi ijtimoiy madaniyatga ega. Ayrim oilalarda
musiqaga hurmat bilan munosabatda bo‘lib, bolalarga musiqiy ma‘lumot
berish, ularning qobiliyatini rivojlantirishga harakat qilinadi, boshqa
oilalarda esa musiqiy tarbiyaga nisbatan e‘tibor kam. Bu albatta ijtimoiy
tabiiiy hol.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy qobiliyatlari kompleks
va to‘laqonli rivojlanishi uchun ota-onalarning yordami juda zarur. Oila
– bolaning shaxsiy sifatlari poydevori qo‘yiladigan birinchi ijtimoiy
institut, aynan oilada bola boshqalar bilan umumiy, haqiqiy ijtimoiy
hayot kechirish: quvonch va alamni baham ko‘rish, yaqinlari bilan
birdamlikni his qilishga o‘rganadi. Ayni paytda oiladagi hissyotlar
sovuqligi bolaning psixologik rivojlanishi va ijodiy qobiliyatlari, ta‘lim,
muloqot samaradorligiga salbiy ta‘sir o‘tkazishini unutmaslik lozim. Shu
sababli MTMda pedagoglari bolaning to‘laqonli rivojlanishi uchun
o‘zaro hamkorlik va birgalikdagi ishni yo‘lga qo‘yishi lozim.
MTMga qatnaydigan bolalarda musiqiy tarbiyani rivojlantirish va
mustahkamlash uchun quyidagilarga e‘tibor qaratish maqsadga muvofiq:
-
boladan MTMda o‘zlashtirgan qo‘shiq, she‘r va raqslarini takrorlashni
so‘rash;
-
taassurotlarini suratlarda ifodalab berish;
-
oilada musiqa cholg‘u asboblarini saqlash;
-
oilada bolaning iqtidori rivojlanishi uchun maqbul sharoit, ijodiy
muhit yaratish;
-
ota-ona, buvi va buvasi bilan birga ijro qilishni tez-tez uyushtirib
turish;
51
-
texnik vositalari: radio, televideniye, audio-, videoyozuvlar,
kompyuter, karaoke tinglash, tomosha qilish.
3.2.Bolaning umumiy rivojlanishi uchun oila va MTMda
hamkorligida ota-onalar
Bolaning umumiy rivojlanishi uchun oila va MTMda hamkorligida
ota-onalar (kattalar) bolalarning musiqiy asarlarni eshitishga qiziqishini
qo‘llab-quvvatlashi, bunda o‘zlarida mavjud yozuvlar bilan bir qatorda
MTM musiqa rahbari taqdim qilganlaridan samarali foydalanish, bundan
tashqari, MTMda xodimlari ota-onalar uchun konsertlarga biletlar xarid
qilishni tashqil etishi muhim ahamiyatga ega.
MTMda jamoasi musiqa va
san‘at maktabi mutaxassislari bilan
yaqin
hamkorlik
qilishi,
ular
yordamida
bevosita
MTM
ishtirokchilari ijrosida turli bayram
tadbirlari
badiiy
qismlarini
uyushtirishlari
ham
bolaning
musiqiy takomilida o‘ziga xos
ahamiyat kasb etadi.
MTMda va oila oldida turgan
muhim vazifalardan biri musiqani badiiy (adabiy) asar, rangtasvir va
teatr bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. Bu maqsadda
ota-onalar bilan bamaslahat bolalar teatrlari, bolalar musiqa dastalari ga
tashriflar uyushtirish, bog‘chada san‘at asarlari ko‘rgazmalarini tashkil
qilish, bu boradagi dunyo tajribasi bilan tanishish o‘ta muhim.
Shuningdek, ota-onalari bilan birga bolalar kichik konsertlar, teatr
postanovkalari, adabiy-musiqiy kompozisiyalarda ishtirok etishini
tashkil qilish bolaning san‘at bilan oshnoligini ta‘minlashga xizmat
qiladi.
Ota-onalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda ularning o‘z bolalari
bilan olgan musiqiy taassurotlari bo‘yicha muloqotga o‘rgatish juda
muhim. Shu bois oiladamusiqiy faoliyatga nisbatan kichik bo‘lsada
ijobiy mikromuhit shakllanishi lozim. Bola o‘zini kichik, ammo barcha
boshlagan ijodiy ishlarida o‘zining oilaning boshqa a‘zolari tomonidan
to‘liq qo‘llab-quvvatlanishini har doim his qilishi lozim.
MTMda musiqa rahbarining bola musiqiy tarbiyasida amalga
oshirayotgan ishlari maqsad va vazifalari ota-onalar uchun tushunarli
bo‘lishi lozim. Shu bilan bir qatorda, ota-onalar (oila) bilan MTM
hamkorlik faoliyati o‘zaro uyg‘unlikda kechishi talab etiladi. Bu
52
hamkorlikdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad har bir bolada bo‘lishi
mumkin bo‘lgan iqtidor va talantni o‘z vaqtida ilg‘ay olish va bunday
bolalarning
musiqiy
qobiliyatlarini
rivojlantirishni
maqsadli
yo‘naltirishdan iborat.
Bu borada quyidagi asosiy vazifalarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
maktabgacha
yoshdagi
bolalarning
musiqiy
qobiliyatlarini
rivojlantirishni o‘rganish va qonuniyatlarini aniqlash;
maktabgacha
yoshdagi
bolalarning
musiqiy
qobiliyatlarini
rivojlantirishning pedagogik shartlarini aniqlash;
bolalarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishda MTM va oila
hamkorligining nisbatan samarali shakllarini belshgilash;
bolalarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan
MTM va oila hamkorligi xususiyatlarini o‘rganish.
Maktabgacha
yoshdagi
bolalarning
musiqiy
qobiliyatlarini
rivojlantirishga oid ishlar samaradorligi MTM va oilaning:
ota-onalar tomonidan faollik va tashabbus ko‘rsatilishi;
ota-onalar bilan musiqiy ma‘rifatchilik sohasida doimiy va tizimli
ish olib borish kabi shartlarni hisobga olgan holda tashkil qilingan
o‘zaro hamkorligiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Xulosa
sifatida
aytish
kerakki,
mamlakatimizning
jahon
hamjamiyatidagi nufuzi kun sayin ortib bormoqda. O‘zbekiston
Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta‘kidlaganidek: ―Kelajak
yuksak intellektual salohiyat, bilim va tafakkurga ega bo‘lgan
yoshlarniki. millatnikidir‖. Farzandlarimizning musiqa sohasida yuksak
cho‘qqilarini egallashlarida, ularning yuqori intellektual zakovatga ega
bo‘lishlarida musiqa ta‘limi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga
erishishning asosiy vositalaridan biri oila va MTMning o‘zaro
hamkorlik faoliyatini yo‘lga
qo‘yishdan iboratdir.
-----
Dostları ilə paylaş: |