G‗OFUR QODIROV(1917—1985
)
O‗zbekistonda
xizmat
ko‗rsatgan san‘at arbobi,
dotsent,
kompozitor
g‗ofur
Qodirov ijodi, o‗qituvchilik va
jamoat faoliyati bilan o‗zbek
musiqasi tarixida yorqin iz
qoldirdi. u yaratgan jozibali
qo‗shiqlar, simfonik va sahna
musiqasi, ayniqsa, bolalar uchun
yaratgan
asarlari
zamonaviy
musiqa
san‘atimizni
boyitdi.g‗ofur Qodirov 1917-yil
1-fevralda toshkent shahrida bog‗bon-dehqon oilasida tug‗ildi. yetti
yoshidan mahalladagi eski maktabda o‗qidi. 1928-yili 54-
umumta‘lim maktabining 6-sinfini bitirdi. 1933-yilda O‗rta Osiyo
san‘at maktabiga o‗qishga kirib, 1936-yil bitirdi. ta‘lim olgan
yillarida badiiy havaskorlik to‗garaklari, xor jamoasiga qatnashdi
va o‗zbek xalq cholg‗ulari ansamblida dutor va tanbur chertishni
o‗rgandi. 1936-yili u Toshkent Davlat to‗qimachilik institutiga
o‗qishga kirdi. mazkur institutning badiiy havaskorlik xori bilan
1937-yilda o‗tkazilgan olimpiadada ishtirok etdi. shundan keyin
g‗ofur Qodirov musiqa bilan jiddiy shug‗ullanishga qaror qildi. O‗sha
yili uning musiqa qobiliyatini sezgan kompozitor Nikolay Mironov
maslahati bilan toshkent Davlat konservatoriyasining tayyorlov
bo‗limiga o‗qishga kirdi 1940-yili kompozitorlik mutaxassisligi va
121
cholg‗ulashtirish bo‗yicha ta‘lim olib, 1945-yil konservatoriyani
muvaffaqiyatli bitirdi. O‗sha yili Hamza nomidagi toshkent Davlat
bilim yurtiga musiqa nazariyasidan dars berishga yo‗llanma bilan
yuborildi.
1959-yili
u
cholg‗ulashtirishdan
dars
berishga
konservatoriyaga taklif qilindi va 1969-yili dotsent ilmiy unvoniga
sazovor
bo‗ldi.1971—1975-yillarda
O‗zbekiston
bastakorlar
uyushmasi xay‘atining mas‘ul kotibi lavozimida ishladi. yillar
davomida g‗. Qodirov pedagogik va jamoatchilik faoliyatining
birligida ijod qilib, turli shakl va janrlarda fortepiano uchun
pyesalar: «Rondo», «Raqs», «suita», «sonata», «preludiya va opera»,
violonchel va fortepiano hamda klarnet va fortepiano uchun pyesalar,
torli kvartet, simfonik orkestr uchun «marsh», «suita», «simfoniyetta»,
fortepiano jo‗rligida navoiy g‗azallari asosida «g‗azal» romansi,
«mard yigit» qo‗shig‗i kabi asarlarni yaratdi. bolalar teatrlarida sahna
yuzini ko‗rgan «Qari chol va bo‗ri» nomli spektakliga 1944-yil
musiqa bastaladi.O‗ziga xos uslubda ko‗proq ovoz uchun
simfonik, vokal-simfonik, estrada, xalq cholg‗ulari orkestri,
ayniqsa, bolalar uchun turli shakl va janrlarda ko‗plab asarlar
yaratdi. shuni aytish joizki, u o‗z ijodiy faoliyatining hamma
davrlarida yakkaxon, xor jamoalari va estrada guruhlariga
go‗shiqlar bastalashga ko‗proq e‘tibor berdi. uning qo‗shiqlari
ohangdorligi, dilkashligi, hayotiyligi, sevgi-muhabbatni keng
qamrab olganligi bilan ajralib turadi va davr nafasi yaqqol sezilib
turadi.masalan: «O‗zbekistonim», «O‗lkamga», «yoshlar marshi»,
«mirzacho‗l», «Oq oltin taronasi», «Do‗stlik festivali», «paxta», lirik
estrada qo‗shiqlaridan: «mirzacho‗l yor-yori», «koyimang, oyijon»,
«go‗zal toshkent» va boshqalar. shuningdek, bolalar uchun yaratgan
qo‗shiqlari nota to‗plamlarida chop etildi: «pillachi qiz» «maktabjon
— oftobjon», «baxtli avlod», «O‗ynab ber», fortepiano uchun
pyesalar va «O‗zbek raqslari» to‗plamlari nashrdan chiqdi.
kompozitor turli cholg‗u ansambli, orkestr, yakkaxon, ansambl va xor
uchun «maktabjon — oftobjon» iv qismli vokal-simfonik suita,
«biz yosh o‗qituvchilar» iv qismli kantata, «Oq oltin», «biz istiqlol
egasimiz» v qismli vokal-simfonik suitasi, «Dangasalik —
kasallik», «Ota-onalarga», «bobomlar bog‗bon», «Ona qo‗llari»,
«gunafsha», «laylak» kabi qator qo‗shiqlarni yaratdi.kompozitor
g‗ofur Qodirov O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan san‘at arbobi
faxriy unvoniga sazovor bo‗lgan.
|