O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

DONI ZOKIROV (1914—1985) 
 
O‗zbekiston xalq artisti, sozanda, dirijor, murabbiy, jamoat arbobi, 
kompozitor Doni zokirov ajoyib 
qo‗shiq, romans, musiqali drama, 
balet, simfonik va xalq cholg‗ulari 
orkestri uchun bastalagan musiqiy 
asarlari 
bilan 
o‗zbek 
musiqa 
madaniyatini boyitdi.Doni Zokirov 
1914-yil 28-dekabrda samarqand
shaharida tug‗ildi. u bolaligidan
musiqaga qiziqdi. 1926-yil o‗rta
ta‘lim maktabiga o‗qishga bordi va
maktabdagi musiqa to‗garagiga 
qatnashdi. 
nay, 
dutor, 
g‗ijjak 
chalishga qiziqdi. mashhur san‘atkor 


119 
muhiddin mavlonovdan o‗zbek va tojik xalq merosini va ijrochilik sirlarini
o‗rgandi. 1929-yilda samarqanddagi N.Mironov rahbarligidagi musiqa 
va xoreografiya ilmiy tadqiqot institutiga o‗qishga kirdi. 1929—1935-
yillari Respublika musiqali drama teatrida sozanda bo‗lib ishladi. 
mazkur teatrni tashkil qilgan ulug‗ san‘atkor muhiddin Qoriyoqubov, 
tamaraxonim, Usta Olim komilovlardan saboq oldi va birga ishladi. 1936-
yilda toshkentda O‗zbekiston Davlat filarmoniyasi ochildi va shu 
ansamblga konsertmeyster lavozimiga ishga taklif qilindi, keyinchalik
musiqa rahbari bo‗lib tayinlandi. 1940—1948-yillari muqimiy
nomidagi musiqali drama teatrida, so‗ngra O‗zbekiston Davlat
radioeshittirish qo‗mitasi qoshidagi o‗zbek xalq cholg‗u asboblari 
orkestrida dirijor bo‗lib ishladi.1940—1942-yillari toshkent Davlat 
konservatoriyasining tayyorlov kursida o‗qidi, lekin urush tufayli o‗qishni 
1953-yili bitirdi. O‗zbek ashula va raqs ansamblida badiiy rahbar bo‗lib 
faoliyat ko‗rsata boshladi. 1957-yili O‗zbekiston radioeshittirish
qo‗mitasi qoshida O‗zbek xalq cholg‗u asboblar orkestriga bosh 
dirijor va badiiy rahbar lavozimiga tayinlandi.1934-yilda birinchi yirik 
ijodi z.fatxulinning «g‗unchalar» pyesasi uchun bastalagan musiqasidir. u 
ilk ijodiy yutug‗idan keyin qo‗shiq va ashulalar yaratdi. Jumladan: «Ona 
orzusi», «zafar topib», «Ol qasos», «Jangda bardam bo‗l» kabi
vatanparvarlik mavzusidagi qo‗shiqlar yozdi. alishernavoiyning «Orazi»
va «O‗rtanur» g‗azallariga fortepiano jo‗rligida qo‗shiqlar, simfonik 
orkestr uchun suita, O‗zbek xalq cholg‗ulari ansambliga iiiqismli «mehnat 
fronti» nomli suita, «Orzigul» va «yoriltosh» spektakllariga musiqa 
bastaladi. D.zokirov musiqali sahna asarlar yaratishga katta e‘tibor
berdi. «so‗nmas chiroqlar», «Dalada bayram», «vatan qirg‗oqlari», 
«yoshlikda bergan ko‗ngil», «Hayot mash‘ali», «mening jannatim», 
«shahzoda va yetim qiz» musiqali dramalarini yaratdi.alishernavoiy
nomidagi opera va balet teatri sahnasida «Oynisa» baleti, «zaynab va
Omon» operasi tomoshabinlarga havola etildi. Quyidagi «amirlikning 
yemirilishi», «Qutlug‗ qon», «yor-yor» kinofilmlariga musiqalar,
simfonik orkestr uchun «Hamza» nomli poema yaratdi. alishernavoiy
g‗azallariga bastalagan «ko‗rmadim», «ey sabo», «bo‗lmasa», «ayb 
etmangiz», turob to‗la she‘riga «bulbul» nomli romanslari simfonik orkestr
jo‗rligida mashhur bo‗lib ketdi. yuzdan ortiq ashula, ommaviy xor
qo‗shiqlarini yaratdi. bularga «O‗zbekistonim», «tinchlik qo‗shig‗i», 
«paxtakor diyor», «Hayot gulshani» kabilar misol bo‗la oladi. O‗zbek 
mumtoz musiqa namunalarini qayta ishlab, o‗zbek xalq cholg‗ulari 


120 
orkestri, yakka cholg‗ular va orkestrga moslashtirdi. bular orkestr uchun: 
«yovvoyi chorgoh», «fig‗on», «Qaytarma», «cho‗li iroq», «farg‗onacha»,
«savti navo», «mirzadavlat», «nasrulloyi», «tasnifi dugoh», «ufori navo», 
«Rajabiy», «Jazoir». bolalar uchun «sayohat — rohat» «kungaboqar», 
«Oppoq otim, «kapalak va handalak», «bog‗da pishdi, uzumlar», «yangi
yilim — yaxshi yilim», «kitob mening do‗stimsan», «ko‗ylagim»,
«bolalar valsi», «baxtiyorlar qo‗shig‗i», «Olma» qo‗shiqlariga kuy 
bastaladi.Doni zokirov O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan artist, 
O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan san‘at arbobi, O‗zbekiston xalq artisti
faxriy unvonlariga sazovor bo‗ldi. Orden, medallar va faxriy yorliqlar
bilan mukofotlandi 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin