113
1936-yili O‗zbek filarmoniyasi qoshida to‗xtasin Jalilov rahbarligida
tashkil topgan «O‗zbek xalq cholg‗ulari ansambli»ga ishga qabul qilindi.
bu yerda m.mirzayevga rubobchi Yusuf Oxun qashqar rubobida kuylar
chalishni o‗rgatdi. yosh sozanda tez orada ansamblda ishtirok etish bilan
birga, musiqa ijrochiligi va ijodkorligi sirlarini o‗rgandi hamda hayotiy
maktabni shu ansamblda o‗tadi.ikkinchi jahon urushi yillari O‗zbek
filarmoniyasi qoshida bir nechta «front konsert brigadalari» tuzildi.
shulardan biri 1942-yilda tashkil etilgan bo‗lib, m.mirzayev ham ular bilan
birgalikda, frontda jangchilarga konsertlar berib xizmat qildi.1943-yili
«farhod ges»i qurilishi munosabati bilan
ishchilarga madaniy xizmat
qilish maqsadida boshqarma qoshida «musiqali drama teatri» tashkil
topdi. O‗zbekiston san‘at bosh boshqarmasi muhammadjon mirzayevni
ushbu teatrga musiqa rahbari lavozimiga tayinladi. uning mustaqil
bastakorlik faoliyati shu jamoada boshlandi.
sozanda va bastakor
muhammadjon mirzayev zamonaviy mavzularda yangi-yangi jozibali
qo‗shiq va raqslarni yaratdi va ansambl ijro repertuarini boyitdi.1948-yili
toshkent Davlat konservatoriyasida «O‗zbek xalq cholg‗ulari»
kafedrasi tashkil topdi. Bu dargohga m.mirzayev birinchi talabalar
qatorida o‗qishga kirdi va 1953-yili bitirdi. shu yildan boshlab to
umrining oxirigacha filarmoniya qoshidagi «musiqa bo‗limi»da rubobchi-
yakkanavoz
vazifasida ishlab, xalqimizga xizmat qildi. uning ijrochilik
mahoratiga barcha tan berdi, yuqori malakali ijrochilik san‘atini sevimli
o‗g‗li shavkat mirzayevga meros qilib qoldirdi. u1950—1980-yillarda o‗z
ustida ko‗p ishladi, tinimsiz ijodiy mehnat qildi. uning ashula va yallalari
O‗zbekiston xalq hofizi ma‘murjon uzoqov
ijrosida ilk bor yangradi,
jumladan, «Qachon bo‗lg‗ay», «sho‗xi jononim mening», «yor istab»,
«yo‗lingda», «ko‗zlaring», «surating», «yolg‗iz», «yana», «shaydo
bo‗libman», «zor etding», «parvoz etib ket».tojikiston xalq artisti xanifa
mavlonova ijrosida quyidagi ashulalari mashhur bo‗lib ketdi: «parvona
bo‗ldim», «yuragingni o‗ynatdimi», «gulchehra yor», «Husningga bu
shaydoni», «tong otguncha». bastakor ko‗p yillar davomida
mukarramaturg‗unboyeva nomidagi «bahor» raqs ansambli, O‗zbekiston
Davlat filarmoniyasining «shodlik», «lazgi»
ashula va raqs ansambllari
repertuarini kuy va qo‗shiqlar bilan
boyitdi. u300 dan ortiq kuy va qo‗shiqlar, yalla va raqslar kuylarini
yaratdi. bulardan: «bahor valsi», «Dildor i va ii», «intizor etma»,
«gulnoz», «ey gul», «uch dugona», «ko‗zlarimga ziyo ayla»,
«chavandoz qizlar», «assalom, kelin salom», «toshkent nahori», «Dil
kuylasin», «go‗zal vatanim», «marg‗ilon qizlari», «shodlik» kabi kuylari
114
keng qanot yozdi. shuni aytish joizki, moskvada o‗tkazilgan «O‗zbekiston
adabiyoti va san‘ati» dekadalarida, «katta fargona kanali», «farhod ges»,
«kattaqo‗rg‗on suv ombori», «toshkent kanali»
kabi yirik qurilishlarda
ijrochiligi va bastakorligi bilan faol qatnashdi.O‗zbekiston musiqa
madaniyatining rivojlanishidagi ulkan xizmatlari uchun orden va
medallar bilan taqdirlandi. O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan artist,
O‗zbekiston xalq artisti faxriy unvonlari bilan mukofotlandi.
Dostları ilə paylaş: