115
ansambliga rahbarlikka taklif qilindi. komil yashinning «yondiramiz»
dramasiga musiqa bastaladi. 1933-yil alishernavoiy
nomidagi opera va
balet teatrida dirijor lavozimida ishladi. t.sodiqov 1939—1941-yillarda
moskva konservatoriyasi qoshidagi o‗zbek studiyasida R.m.glier sinfida
o‗qidi va urush yillarida o‗qishni to‗xtatib, toshkentga qaytdi hamda
musiqa teatrida faoliyatini davom ettirdi. À. ¢.Kozlovskiy bilan birgalikda
«O‗zbekiston qilichi» hamda «Davron ota» drammalariga musiqa
bastaladi.1951—1954-yillarda O‗zbekiston
radiosida badiiy rahbar
bo‗lib ishlash bilan birgalikda, musiqa jamoasi hayotida faol
qatnashdi. O‗zbekiston kompozitorlar uyushmasi raisi sifatida faoliyat
ko‗rsatdi. Àlisher navoiy opera va balet teatrida
dirijorlik qilish bilan
birgalikda «layli va majnun», «Hujum» va «po‗rtana» spektakllariga
musiqa bastaladi. komil yashin librettosi asosida tolibjon sodiqov
R.m.Glier bilan hamkorlikda 1950-yilda mashhur «gulsara» operasini
yaratdi hamda bu operaga o‗zi dirijorlik qildi. 1955-yilda «gulsara»
operasi yuzinchi marta ijro etildi. Hayotining so‗nggi
kunlarida Boris
Zeydman bilan hamkorlikda zulfiya librettosi asosida «zaynab va Omon»
operasini yarata boshlab, biroq oxiriga yetkaza olmaydi. Opera yu. Rajabiy
va D.zokirov tomonidan 1958-yilda yozib tugallandi.tolibjonsodiqov
simfonik orkestr uchun «ulug‗ bayram», «Hur vatan», «baxtiyor
yoshlik» asarlarini hamda «bulbul», «bahor», «sarvigul», «Jonon
ko‗rinur» kabi o‗nlab romanslarni yaratdi.tolibjon sodiqov O‗zbekiston
xalq artisti, O‗zbekiston hukumatining faxriy yorliqlari, orden va
medallari bilan taqdirlangan, yaqinda «buyuk xizmatlari uchun»
ordeni
bilan mukofotlandi.
Dostları ilə paylaş: