116
yanvarda bishkek shahrida hunarmand oilasida tug‗ildi. fattohning
musiqaga havasi juda erta uyg‗ondi. uonasining allalari,
dutor chalib,
qo‗shiq aytishlarini va baytlarini tinglab o‗sdi. mahallaning o‗zbek va
qirg‗iz ahli to‗ylarida yangragan musiqa sadolari uni o‗ziga maftun qilar
edi. uning baxtiga umumta‘lim maktabini bitirgan yili shahar musiqa
studiyasi ochildi. fattoh nazarov birinchilardan bo‗lib klarnet chalishni
o‗rgana boshladi. uning musiqiy qobiliyati va a‘lo o‗qishini nazarga
olib, 1935-yil ippolitov-Ivanov nomidagi
Moskva musiqa bilim yurtiga
o‗qishga tavsiya etildi. mazkur o‗quv yurtida klarnet va violonchel
mutaxassisliklari bo‗yicha o‗qidi. O‗quv yurtini bitirish arafasida 1939-yili
harbiy xizmatga chaqirildi. uharbiy qism damli orkestrida klarnetchi bo‗lib
xizmat qildi, bu unga o‗qishni bitirish imkonini berdi. Ikkinchi jahon
urushi harbiy xizmatdan qaytishga yo‗l qo‗ymadi. 1941—1944-yillarda
f.nazarov oddiy askar bo‗lib xizmat qildi.moskva konservatoriyasi
qoshidagi harbiy dirijorlik fakultetida o‗qigach, u 1945-yili
ona shahriga
qaytdi. bishkek drama teatri musiqa rahbari va Qirg‗iziston Davlat
filarmoniyasining xalq cholg‗ulari orkestri dirijori lavozimlariga
tayinlandi. 1947-yili f.nazarov toshkent Davlat konservatoriyasining opera
simfonik dirijorligi mutaxassisligi bo‗yicha o‗qishga qabul qilindi. 1949—
1950-o‗quv yilidan boshlab georgiy mushel sinfida kompozitsiyadan dars
ola boshladi. 1951-yili konservatoriyani dirijorlik sinfi bo‗yicha bitirib,
O‗zbekiston radiosi qoshidagi simfonik
orkestr dirijori lavozimiga
tayinlandi, so‗ngra O‗zbek filarmoniyasining simfonik orkestriga ishga
o‗tkazildi. 1955-yili yozgan iv qismli simfoniyasiga o‗zi dirijorlik
qilib, konservatoriyani bitirdi va ikkinchi marta diplom olishga muvaffaq
bo‗ldi.1952—1958-yillarda muqimiy nomidagi musiqali teatrda dirijor
bo‗lib ishladi.1952—1982-yillarda konservatoriyaning o‗zbek xalq
cholg‗ulari fakultetida o‗qituv chi, katta o‗qituvchi,
dotsent va professor
lavozimlarida ishladi.f.nazarov 1948-yilda skripka va fortepiano uchun
bastalagan «Qo‗shiq va raqs» kuyi, g‗ijjak va fortepiano hamda skripka va
fortepiano uchun poema, fortepiano uchun «noktyurn», «marsh», «fuga»,
«Raqs», «vals» kabi pyesalari, skripka va fortepiano uchun «konsertino»,
g‗ijjak va fortepiano, dutor va fortepiano, violonchel va fortepiano uchun
pyesalar, bolalar simfonik
orkestri uchun ivqismli suita, rubob uchun
«amudaryo» vals-konserti kabi asarlarni yaratdi. f.nazarov «Ravshan»,
«kuychelek kozli yar», «aldangan qiz», «afsonaviy shaxs», «Harflar jangi»
musiqali dramalari, «Oygul va baxtiyor» nomli radiopostanovkalari uchun
musiqalar bastalagan.kompozitor simfonik orkestr, o‗zbek cholg‗ulari
orkestri, damli orkestr, klarnet va estrada orkestri uchun 20 ga yaqin
117
suita va pyesalar yaratdi. f.nazarovning
ijodiy faoliyatida ommaviy
qo‗shiq, ayniqsa, bolalar uchun yozilgan qo‗shiqlar ustivor turadi. kattalar
uchun «O‗zbekiston», «vatan mehri», «terimchi qiz», «Qaydasan», «Qirg‗i
ziston», «kel, bu oqshom», «to‗y taronasi», «Qaldirg‗och», bolalar uchun
«sayra, bul bul», «paxtaoy», «bo‗z to‗rg‗ay», «Oyijon», «Qish chog‗lari»,
«O‗quvchilar saroyi», «mehribonim oyijon», «Dadajon» kabi qo‗shiqlarni
yaratdi. kompozitor bolalar va kattalar uchun 150 dan ortiq turli mavzuda
qo‗shiqlar bastaladi.f.nazarov O‗zbekiston va Qoraqalpog‗iston
Respublikalarida xizmat ko‗rsatgan artist faxriy unvoni bilan
taqdirlandi. toshkent shahridagi 23-bolalar musiqa maktabiga uning nomi
berilgan.
Dostları ilə paylaş: