Samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish-fayllar.org
Innovatsion menejmentning maqsadi va vazifalari Innovatsion menejmentning pirovard maqsadi – innovatsion jarayonlarni samarali tashkil etish va innovatsion mahsulotlarning yuqori raqobatbardoshligini ta’minlash asosida tashkilotning barqaror rivojlanishini ta’minlash. Zamonaviy sharoitda firmada innovatsion jarayonlarni tashkil etish samaradorligi mezonlari innovatsion faoliyat xarajatlarini va innovatsion mahsulotlarni sotishdan olinadigan daromadlarni o‘lchashga imkon beradigan iqtisodiy ko‘rsatkichlardir. Menejment innovatsion tashkilotning barcha tashqi va ichki elementlarining samarali va izchil ishlashini ta’minlashga mo‘ljallangan. Innovatsion tizimning bunday holati uyg‘unlashtirish deb ataladi. Aynan uyg‘unlashtirish, ya’ni, innovatsion tashkilotni rivojlantirishda uyg‘unlashtirishga erishish - bu innovatsion menejmentning asosiy maqsadi. Innovatsion tashkilotga nisbatan uyg‘unlashtirish vazifasi endogen va ekzogen jihatlarga ega. Endogen uyg‘unlashtirish - bu innovatsion tashkilotning barcha ichki tarkibiy elementlarining, uning quyi tizimlarining muvofiqlashtirilishni anglatadi. Endogen uyg‘unlashtirishni ta’minlash uchun firma ichki innovatsiyalarini boshqarishning maxsus tizimini yaratish kerak. Ekzogen uyg‘unlashtirish innovatsion tashkilotni atrof-muhitning super tizimlari bilan muvofiqlashtirishni talab qiladi va innovatsion faoliyatni maqsadli yo‘naltirish bo‘yicha maxsus protseduralar va tashqi muhit cheklovlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. O‘zining mazmuni va vaqti jihatidan innovatsion tashkilotni uyg‘unlashtirish strategik va operatsion shaklga ega. Uyg‘unlashtirishning strategik shakli innovatsion tashkilotning uzoq muddatli omon qolishini ta’minlaydi va strategik innovatsion maqsadlar va loyihalarni shakllantirishga qaratilgan strategik menejment tomonidan ta’minlanadi. Operatsion uyg‘unlashtirish tanlangan rivojlanish strategiyasini amalga oshirish vositasi sifatida ishlaydi va innovatsion tashkilotda operatsion menejment tizimlari tomonidan ta’minlanadi.
So‘nggi paytlarda Rossiyada iqtisodiy islohotlar dasturi o‘zgarishlarga muhtoj ekanligi aniq bo‘ldi. O‘zgarishlarni tezlashtirishni rag‘batlantiruvchi yangi mexanizmlarga, yangi ko‘rsatmalarga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Odatdagi tashkilotlarni isloh qilish dasturi Rossiya iqtisodiyotini qayta qurishda sifat jihatidan yangi bosqich boshlanganidan dalolat beradi. Ko‘pgina sohalardagi tashkilotlar o‘z muammolariga tobora chuqurroq kirib bormoqda, turli sabablarga ko‘ra ular ishlab chiqarishni va kreditorlar oldidagi o‘zlarining moliyaviy majburiyatlarini qayta tuza olishmayapti, ish jarayonlarini tartiblashtira olishmayapti va investorlarni jalb qila olishmayapti. Va aksariyat moliya bozorlarining rentabellik darajasi pasayganligiga qaramasdan va naqd pul oqimlari iqtisodiyotning real sektoridan boshqa boradigan joyi yo‘qdek tuyulsa-da, ular hozircha u erga borishmaydi yoki etarli darajada yo‘naltirilmayaptilar. Rossiyaning ko‘plab tashkilotlari innovatsion siyosatni samarali olib borishga va investorlarning mablag‘larini o‘zlashtirishga tayyor emaslar. Tajribadan shu narsa ko‘rinib turibdiki, tashkilotlarning asosiy muammolari –bu boshqaruv tizimining samarasizligi, ularning faoliyatida innovatsion strategiya mavjud emasligi va ko‘pchilikning faqat bugungi kunda qanday qilib omon qolish haqida o‘ylashi. Va agar bozorni sayoz darajada bilishni, moliyaviy boshqaruvning samarasizligini va xarajatlarni yomon boshqarishni hisobga olinsa, faqat tashqi makroiqtisodiy muhit o‘zgarishi investorlarni bunday tashkilotlarga sarmoya kiritishga majbur qilmasligi aniq bo‘ladi. Qabul qilingan qarorlarning oqibatlari, mulkning xavfsizligi va undan samarali foydalanish uchun tashkilot rahbarlarining aksiyadorlar oldida haqiqiy javobgarligining yo‘qligi ularni yanada qo‘rqitmoqda. SHunday qilib, islohot makro darajadan ma’lum bir tashkilot darajasiga tushishi kerak, tashkilotlar qayta qurish, biznes jarayonlarini qayta tuzish va tegishli shart-sharoitlarni yaratish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bilan bozor sharoitida yashashni o‘rganishlari kerak. SHu bilan birga, innovatsion boshqaruv tizimini shakllantirish tashkilotning tijoriymuvaffaqiyatida ham, mamlakat iqtisodiy rivojlanishida ham eng muhim omilga aylanmoqda.