1.2.Tovar moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi mazmuni ,turlari va
o’tkazish tamoillari
Buxgalteriya hisobining usullari korxona mulkining va majburiyatlarining
holati va harakatini pul ifodasida aks ettiradi. Biroq, ushbu usullar korxona
mulki va majburiyatlarining haqiqatda mavjud holatini aks ettira olmaydi.
29
Ushbu vazifani bajarish buxgalteriya hisobining
«inventarizatsiya»
nomli
usuliga yuklatiladi.
«Inventarizatsiya»
so‘zi qayta hisobdan o‘tkazishni bildiradi. Korxonaning
mulkining haqiqiy holati ularni qayta sanoqdan o‘tkazish, o‘lchash, tortish,
sanash yo‘llari bilan amalga oshiriladi. Ushbu muolajalar birgalikda
inventarizatsiyaning mohiyatini tashkil etadi.
Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasining zarurati va ahamiyati u
tomonidan bajariladigan quyidagi funksiyalarda namoyon bo‘ladi:
Birinchidan
, hisob ma’lumotlarida ko‘rsatilgan tovar-moddiy zaxiralarning
real borligini aniqlash va unga iqror bo‘lish.
Ikkinchidan
, tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha javobgar shaxslarning o‘z
funksional majburiyatlarini qay darajada sidqidildan to‘liq bajarayotganliklariga
baho berish.
Uchinchidan
, tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha hisob ma’lumotlari va
ularning haqiqatda mavjudligining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash.
Tovar-moddiy zaxiralar
inventarizatsiya utkazishning oldindan kuzda
tutilganligiga karab u ikki turga bulinadi:
1.
Rejali inventarizatsiya
– bu korxonaning moddiy javobgar
shaxslarni navbatdagi mehnat ta’tiliga chiqarish rejasiga ko‘ra o‘tqaziladigan
inventarizatsiya.
2.
Rejadan tashqari inventarizatsiya
– bu ko‘zda tutilmagan hollarda,
masalan favqulotdagi hodisalar yuz berganda (o‘g‘rilik, toshqin va shu kabi
hodisalar sodir bo‘lganda) o‘tqaziladigan inventarizatsiya.
30
Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasining harakterli xususiyatlari
kuyidagilar hisoblanadi:
1.
tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi to‘satdan o‘tqaziladi, ya’ni
moddiy javobgar shaxs uni o‘tqazilishi to‘g‘risida oldindan xabar topmasligi
lozim.
2.
tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi rahbarning buyrug‘i yoki
farmoyishi bilan tasdiqlangan doimiy harakatdagi va ishchi inventarizatsiya
komissiyalari tomonidan o‘tqaziladi, ushbu komissiyaga moddiy javobgar shaxs
albatta kiritiladi.
3.
inventarizatsiya ma’lum muddatga o‘tqaziladi, uning boshlanish
va tugash vaqti buyruqda yoki farmoyishda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
4.
inventarizatsiyani o‘tqazish belgilangan tartibda va usullarda
amalga oshiriladi.
5.
tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi natijalari maxsus sanoq va
taqqoshlash dalolatnomalari bilan rasmiylashtiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasining asosiy maksadi tovar-moddiy
zaxiralarning haqikatda mavjudligini aniklash, haqikatda mavjud tovar-moddiy
zaxiralarni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan kiyoslash hisobda to‘g‘ri aks
ettirilganligini tekshirish hisoblanadi.
Bundan tashkari, ishlab chikarish zaxiralari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektga
karashli bo‘lmagan, lekin buxgalteriya hisobida kayd etilgan (mas’uliyatli
saklanishda bo‘lgan, ijaraga olingan, kayta ishlash uchun olingan) boshka
turdagi tovar-moddiy zaxiralar, shuningdek, biror-bir sababga ko‘ra hisobga
olinmagan tovar-moddiy zaxiralar inventarlanishi kerak.
31
Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi uning joylashgan yeri va moddiy
javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi.
19-son BXMS “Inventarizatsiyani tashkil etish va utkazish”ga muvofik
kuyidagi xollarda tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi majburiy xolda
o‘tkaziladi:
6.
tovar-moddiy zaxiralar ijaraga berilganda, sotib olinganda,
sotilganda, shuningdek, davlat korxonasi o‘zgartirilgan (davlat tasarrufidan
chikarilgan) choјda konunchilikda nazarda tutilgan xollarda;
7.
yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, tovar-moddiy zaxiralar
inventarizatsiyasi hisobot yilining 1 oktyabridan kechiktirmay o‘tkaziladigan
tovar-moddiy zaxiralardan tashkari.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 28.08.98 yilda 486-son bilan
ro‘yxatga olingan "Tovar-moddiy zaxiralar" deb nomlangan 4-son BXMSga
binoan tovar-moddiy zaxiralar bir yilda kamida bir marta inventarlanadi.
Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chikarish
zaxiralari ular eng kam mikdorda kolganda kuyidagi xollarda inventarlanadi:
8.
asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar kayta baxolanganda;
9.
moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni kabul kilish - topshirish
kunida);
10.
o‘g‘irlik yoki suiste’mol, shuningdek, boyliklarni ishdan chikarish
faktlari aniklanganda;
11.
tabiiy ofatlar, yong‘inlar, falokatlar yoki јayritabiiy sharoitlar yuzaga
keltirgan boshka favkulodda vaziyatlar yuz berganda;
32
12.
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tugatilganda (kayta tashkil etilganda)
tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va konunchilikda nazarda tutilgan
boshka xollarda.
Umumiy (jamoaviy) moddiy javobgarlik sharoitida tovar-moddiy zaxiralar
inventarizatsiyasi jamoa raxbari o‘zgarganda, jamoadan uning ellik foizdan ortik
a’zolari chikib ketganda, shuningdek jamoaning bitta yoki bir nechta a’zosi
talabi bilan o‘tkaziladi.
Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi komissiyalari a’zolari tovarlar,
materiallar va boshka boyliklar kamomadi va ishlatib yuborgani yoki ortikcha
chikkanini yashirish maksadida ro‘yxatga boyliklarning haqikatdagi koldiklari
to‘g‘risida ataylab noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritganlik uchun belgilangan tartibga
muvofik javobgarlikka tortiladilar. Mol-mulkning haqikatdagi mavjudligini
tekshirishni boshlashdan oldin inventarlash komissiyasi inventarlash paytidagi
eng so‘nggi kirim-chikim hujjatlarini yoki moddiy vositalar va pul mablag‘lari
harakati to‘g‘risidagi hisobotlarni olishi kerak.
|