O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Tovar moddiy zaxiralari inventarizatsiyasi natijalarini



Yüklə 213,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix16.12.2023
ölçüsü213,26 Kb.
#183667
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
tovar moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi uning natijalari hisobi

 
2.2.Tovar moddiy zaxiralari inventarizatsiyasi natijalarini 
rasmiylashtirish va xisobga olish tartibi 


38 
Korxonalarning buxgalteriya hisobi va hisoboti malumotlarining to'g'riligi 
ularning ishlab chiqarish zaxiralari inventarizasiya qilish bilan tasdiqlanadi. 
Ishlab chiqarish zaxiralarini inventarizasiya qilish "Inventarizasiyani tashkil etish 
va o'tkazish" nomli 19-son BHMS va "Tovar- moddiy zaxiralar" nomli 4-son 
BHMSlar bilan tartibga solinadi. 
Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi yukoridagi paragrafda 
ta’kilaganimizdek, raxbar buyrugi bilan tasdiklangan bir martalik yoki doimiy 
komissiya tomonidan utkaziladi. Shuningdek, inventarizatsiya rejali bulmasa, 
inventarizatsiyani utkazish to'g'risida ham raxbar buyrugi chikishi lozim.
Inventarizatsiya natijalari korxona rahbari, bosh buxgalteri va 
inventarizatsiya komissiyasi raisi tomonidan imzolanadigan "Inventarizasiya 
jarayonida aniqlangan natijalar vedomosti"da umumlashtiriladi. Ushbu 
vedomostda tovar-moddiy zaxiraning har bir turi bo'yicha inventarizasiya 
natijasida aniqlangan farqlar kamomad va ortiqchalar summalari va shuningdek 
aniqlangan kamomadlar summasini olib borish tartibi: turli sortlar bo'yicha 
o'zaro qoplash, tabiiy kamayish me'yorlari miqdorida hisobdan chiqarish, 
aybdor shaxslar hisobiga olib borish va boshqa operasion xarajatlarga hisobdan 
chiqarish tartibi to'g'risidagi ma'lumotlar aks ettiriladi. 
O'rtacha oylik ish haqi hajmidan ortiq bo'lmagan miqdorda yetkazilgan 
zarar summasini aybdor xodimdan undirilishi ish beruvchining farmoyishiga 
muvofiq amalga oshiriladi. Bunday farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan 
kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi lozim. 
Bunda yetkazilgan zarar qiymati inventarizasiya o'tkazilgan davrda mazkur 
joyda amal qilayotgan bozor narxlari bo'yicha hisoblanadi. 


39 
Agar xodimdan undirilishi lozim bo'lgan yetkazilgan zarar summasi uning 
o'rtacha oylik ish haqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik 
muddat o'tgan bo'lsa, yetkazilgan zararning undirilishi sud orqali amalga 
oshiriladi. 
Ish beruvchining tovar-moddiy zaxiralari o'g'irlanganda, kam chiqqanda, 
qasddan yo'qotish yoki qasddan buzish natijasida hamda boshqa hollarda 
yetkazilgan zarar qiymati bozor bahosi bo'yicha hisoblanadi. 
Inventarizasiya jarayonida aniqlangan tovar-moddiy zaxiraning bozor 
bahosini aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish numkin: 
1.
ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ularning rasmiy 
dillerlaridan, tovar xom-ashyo, ko'chmas mulk birjalaridan yozma shaklda 
olingan xuddi shunday mahsulotga doir narxlar to'g'risidagi ma'lumotlar; 
2.
Markaziy bankning kamomad (ortiqcha) aniqlangan sanadagi 
va tegishli tovar-moddiy zaxirani sotib olish sanasidagi kurslarning nisbati 
shaklida aniqlangan hisob-kitob koeffisientini qo'llagan holda sotib olish 
sanasidagi (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lganda) tovar-moddiy 
zaxiralarning erkin konvertasiyalanadigan valyuta (EKV)dagi qiymati 
to'g'risidagi ma'lumotlar; 
v) tegishli davlat idoralarida mavjud bo'lgan narxlar darajasi to'g'risidagi 
ma'lumotlar; 
g) inventarizasiya o'tkazilayotgan davrda ommaviy axborot vositalari va 
maxsus adabiyotlarda e'lon qilingan narx darajalari to'g'risidagi ma'lumotlar; d) 
tegishli mol-mulkning qiymati to'g'risida baholovchining ekspert xulosasi. 


40 
Inventarizatsiya qilish natijasida tovar-moddiy zaxiralar bo'yicha 
hujjatlardagi ma'lumotlar va haqiqiy qoldiqlar orasida farq solishtiruv 
qaydnomasida rasmiylashtiriladi. 
Tovar-moddiy zaxiralarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
tasdiqlangan me'yorlar doirasida tabiiy kamayishi, korxona rahbari ko'rsatmasi 
bo'yicha tegishli xarajatlarga o'tkaziladi. Suiiste'mol qilishlar oqibatida yo'l 
qo'yilgan kamomad va yo'qotishlar aniqlangan taqdirda tegishli hujjatlar 
kamomad aniqlangandan so'ng 5 kun ichida tergov organlariga oshirilishi lozim, 
aniqlangan kamomad summasiga esa fuqarolik da'vosi qo'zg'atiladi. 
Aybdorlari aniqlanmagan o'g'irliklar bo'yicha ko'rilgan zararlar foyda solig'i 
bo'yicha soliqqa tortiladigan bazaga "Xarajatlar tarkibi to'g'risidagi Nizom" ning 
1 - ilovasiga binoan kiritiladi. 
Biz tadkikot olib borgan «Surxon-Dori-Darmon» MCHJda ham rejali va 
rejadan tashkari inventarizatsiyalar utkaziladi. Jumladan, MCHJ raxbarining 
2014 yil 11 dekabrdagi 73-T sonli buyrugi asosida MCHJga karashli 98-son 
dorixona 2014 yilning 12 dukabr kuni inventarizatsiyadan utkazilgan. Buyrukka 
asosan inventarizatsiya komissiyasiga kuyidagilar kiritilgan: raisi - MCHJ ichki 
nazorat bulimi boshligi J.Turayev, 7-son dorixona hisobchisi D.Xidirova va 98-
son dorixona mudiri Sh.Nurboboyev. 
Inventarizatsiya inventarizatsiya ruyxati asosida utkazilgan (ilovaga 
karang). Inventarizatsiya ruyxatida inventarizatsiya utkazilgan joy, sana, 
moddiy javobgar shaxs bulmish – 98-son dorixona mudiri Sh.Nurboboyevning 
barcha kirim va chikim hujjatlarini buxgalteriyaga topshirganligi hamda 
inventarizatsiya natijasini tasdiklovchi tilxati, inventarizatsiyaning boshlanish va 
tugash vakti, inventarizatsiya moboynida aniklangan tovar birliklari soni va 


41 
summasi, shuningdek, inventarizatsiya kilingan tovarlar birma – bir aks 
ettirilgan. 
Jami 608 xil turdagi dori vositalari inventarizatsiyadan utkazilgan va jami 
13 687 sumlik kamomad aniklangan. Aniklangan kamomad uchun moddiy 
javobgar shaxsdan tushuntirish xati olingan. Tushuntirish xatida kamomad 
dorixona mudirining uzi tomonidan kasalligi uchun ishlatilganligi va uning urnini 
koplashini taxkidlab utgan (ilovaga karang). 
Utkazilgan inventarizatsiya natijasi buyicha takksolama dalolatnoma 
tuzilgan (ilovaga karang). 
Aniklangan kamomadga MCHJ buxgalteriyasida kuyidagicha buxgalteriya 
yozuvi berilgan: 
Dt Kt Summa 
4730 2920 13 687,0
Inventarizasiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan (ortiqcha) tovar-
moddiy zaxiralari aniqlangan sanadagi aynan shunga o'xshash tovar- moddiy 
zaxiralarining bozor qiymati bo'yicha baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va 
aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha 
aks ettiriladi: 
debet ''Tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar'' (1000-2900); 
kredit 9390 "Boshqa operasion daromadlar" schyoti. 
Aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan kamomad summaning 
undirib olinishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: debet ''Pul 


42 
mablag'larini hisobga oluvchi schyotlar'' (5000, 5200, 5600,5700) yoki ''Mehnat 
haqi bo'yicha xodim hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar'' (6700), yoki 
boshqa aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar; kredit 4730 "Moddiy zararni 
qoplash bo'yicha xodimlarning qarzi" schyoti «Korxona buxgalteriyasida tovar-
moddiy zaxiralarning kirim-chiqimlari xususidagi barcha birlamchi hujjatlar: 
manzil belgilari, imzolar, summalar va amalga oshirilgan tadbirlarning qonunga 
to'g'ri kelish-kelmasligi tekshiriladi». 
Kirim orderlaridagi yozuvlar tegishli to'lov hujjatlari, schyot-fakturalar, 
yukxatlar va boshqa hujjatlar bilan solishtiriladi. Noto'g'ri rasmiylashtirilgan 
hujjatlar qayta ko'rib chiqish uchun qaytariladi. 
Buxgalteriyada tekshirishdan o'tkazilgan hujjatlar taksirovka qilinadi, ya'ni 
material miqdori uning narxiga ko'paytirilib, hujjat bo'yicha umumiy summa 
aniqlanadi. Keyin barcha kirim-chiqim hujjatlari omborlar, jamlama 
hisobvaraqlar bo'yicha guruhlarga ajratiladi, bu guruhlar esa hisob narxi 
bo'yicha kichik guruhlarga bo'linadi. Bu hujjatlarning yakunlari M-43 shaklidagi 
materiallarning jamlama hisobi jamg'aruv qaydnomasiga yozib qo'yiladi. 


43 


44 
XULOSA
Tovar-moddiy zaxiralarining xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda oborot 
mablag'lari guruhida hisobga olib boriladi. Bularning aksi buxgalteriya balansi 
aktiv tomonida yuritiladi. 
Tovar-moddiy zaxiralar - bu kapital doiraviy aylanishining birinchi 
bosqichidagi moddiy aktivlar, ya'ni hali ishlab chiqarish jarayoniga berilmagan 
va o'zlarining natural-moddiy shaklini to'liq, saqlab turgan ishlab chiqarish 
zaxiralari; asosiy podaga o'tkazish yoki sotish maqsadida o'stirilayotgan va 
boquvdagi chorva mollari; ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulotlar; 
sotish uchun mo'ljallangan tovarlar; tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim 
tayyor mahsulotlar hamda ishlab chiqarishdagi brakdan iborat.
«Inventarizatsiya»
 
so‘zi qayta hisobdan o‘tkazishni bildiradi. Korxonaning 
mulkining haqiqiy holati ularni qayta sanoqdan o‘tkazish, o‘lchash, tortish, 
sanash yo‘llari bilan amalga oshiriladi. Ushbu muolajalar birgalikda 
inventarizatsiyaning mohiyatini tashkil etadi.
Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasining zarurati va ahamiyati u 
tomonidan bajariladigan quyidagi funksiyalarda namoyon bo‘ladi: 
Birinchidan, hisob ma’lumotlarida ko‘rsatilgan tovar-moddiy zaxiralarning 
real borligini aniqlash va unga iqror bo‘lish. 
Ikkinchidan, tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha javobgar shaxslarning o‘z 
funksional majburiyatlarini qay darajada sidqidildan to‘liq bajarayotganliklariga 
baho berish. 
Uchinchidan, tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha hisob ma’lumotlari va 
ularning haqiqatda mavjudligining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash.


45 
Biz tadqiqot olib borgan «Surxon-Dori-Darmon» MCHJning asosiy faoliyati 
dori-darmonlar savdosi hisoblanadi. Shunga mos ravishda MCHJ tovar-moddiy 
zaxiralari ham asosan tovarlardan iborat. 
«Surxon-Dori-Darmon» MCHJda tovarlar asosan chakana savdoda, ya’ni 
dorixonalarda saklanadi va ularga moddiy javobgar shaxslar bulib aloxida 
dorixona mudirlari hisoblanadi. Dorixona mudirlari har oyning oxirgi kuniga 
uzlarining javobgarligidagi dori-darmonlarning koldigi va harakati to'g'risida 
hisobot topshiradilar. 
«Surxon-Dori-Darmon» MCHJda ham rejali va rejadan tashkari 
inventarizatsiyalar utkaziladi. Jumladan, MCHJ raxbarining 2014 yil 11 
dekabrdagi 73-T sonli buyrugi asosida MCHJga karashli 98-son dorixona 2014 
yilning 12 dukabr kuni inventarizatsiyadan utkazilgan. Buyrukka asosan 
inventarizatsiya komissiyasiga kuyidagilar kiritilgan: raisi - MCHJ ichki nazorat 
bulimi boshligi J.Turayev, 7-son dorixona hisobchisi D.Xidirova va 98-son 
dorixona mudiri Sh.Nurboboyev. 
Inventarizatsiya inventarizatsiya ruyxati asosida utkazilgan (ilovaga 
karang). Inventarizatsiya ruyxatida inventarizatsiya utkazilgan joy, sana, 
moddiy javobgar shaxs bulmish – 98-son dorixona mudiri Sh.Nurboboyevning 
barcha kirim va chikim hujjatlarini buxgalteriyaga topshirganligi hamda 
inventarizatsiya natijasini tasdiklovchi tilxati, inventarizatsiyaning boshlanish va 
tugash vakti, inventarizatsiya moboynida aniklangan tovar birliklari soni va 
summasi, shuningdek, inventarizatsiya kilingan tovarlar birma – bir aks 
ettirilgan. 
Jami 608 xil turdagi dori vositalari inventarizatsiyadan utkazilgan va jami 
13 687 sumlik kamomad aniklangan. Aniklangan kamomad uchun moddiy 
javobgar shaxsdan tushuntirish xati olingan. Tushuntirish xatida kamomad 


46 
dorixona mudirining uzi tomonidan kasalligi uchun ishlatilganligi va uning urnini 
koplashini taxkidlab utgan. 


47 

Yüklə 213,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin