35
Ushbu usulda kelib tushgan yangi tovar-moddiy zaxiralar oldindan omborda
mavjud bo‘lgan shu nomdagi, navdagi, bahodagi tovar-moddiy zaxiralar safiga
kiritiladi. Bir
xil nomdagi, navdagi, bahodagi tovar-moddiy zaxiralarga alohida
kartochka yoki ombor kitobida ma’lum sahifalar ajratiladi. Ushbu registrlarga
yozuvlar kirim va chiqim hujjatlari bo‘yicha olib boriladi. Har bir yozuvdan so‘ng
tovar-moddiy
zaxiralarning
qoldig‘i
chiqarib
boriladi.
Tovar-moddiy
zaxiralarning ombor hisobi kartochkalari va kitobi quyidagi shaklda yuritiladi.
Kamida bir marta har oyda ombor hisobi kartochkalari yoki kitobi ma’lumotlari
buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslanib borilishi lozim. Buning uchun
ombor hisobi kartochkalarining
kirim va chiqim, shuningdek davr boshi va
oxiridagi qoldig‘i bo‘yicha jamlangan ma’lumotlar asosida
tasdiqlangan shaklda
«Tovar-moddiy boyliklarning saqlash joylaridagi qoldiqlari hisobi qaydnomasi»
(MX-19) tuziladi. Ushbu qaydnoma korxonalar buxgalteriyasida tovar-moddiy
boyliklarning hisobining «operativ-buxgalterlik (qoldiq)» usulida yuritiladi, yani
unda har bir tovar bo‘yicha bosh qoldiq, kirim va chiqim ma’lumotlari soniy va
summaviy ko‘rinishda jamlangan holda hisob baholari bo‘yicha aks ettiriladi.
Qaydnomaning
bosh va oxirgi qoldiq, kirim va chiqim bo‘yicha jami
ma’lumotlari ombor mudirlari tomonidan tuzilgan va buxgalteriyaga
topshirilgan tovar hisobotlarining mos ravishda bosh va oxirgi qoldiq, kirim va
chiqim to‘g‘risidagi ma’lumotlariga mos bo‘lishi kerak.
Korxonalarning ombor mudirlari belgilangan muddatlarda «Tovar-moddiy
zaxiralar hisoboti»ni tuzishlari va buxgalteriyaga taqdim etishlari lozim. Tovar-
moddiy zaxiralar buyicha operatsiyalar ko‘p bo‘lgan
korxonalarda ushbu
hisobot, odatda, har kuni tuziladi. Hisobotning ko‘p betlik bo‘lib ketmasligi
uchun unga kiritilgan tovarlarning kirim va chiqim boshlang‘ich
hujjatlari
bo‘yicha alohida reestrlar tuzish, ushbu reestrlarning umumiy summalarini mos
ravishda hisobotning kirim va chiqimida bir qatordan aks ettirish,
shuningdek
36
ushbu reestrlar va boshlang‘ich hujjatlarni hisobotga ilova qilishga ruxsat
beriladi.
Tovar hisobotlari va ularga ilova qilinadigan kirim va chiqim hujjatlarining
reestrlari ikki nusxada tuziladi. Tovar hisobotiga ombor mudiri (brigadir) va
navbat bilan moddiy javobgar shaxslar brigadasining a’zolaridan
biri imzo
chekadi. Hisobotning birinchi nusxasi unga ilova qilingan reestrlar va
boshlang‘ich hujjatlar bilan buxgalteriyaga topshiriladi.
Biz tadqiqot olib borgan «Surxon-Dori-Darmon» MCHJning asosiy faoliyati
dori-darmonlar savdosi hisoblanadi. Shunga mos ravishda MCHJ tovar-moddiy
zaxiralari ham asosan tovarlardan iborat (3-jadval).
Dostları ilə paylaş: