O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org
Shimoliy Amerika Tabiiy geografik xususiyatlari. Shakllanish tarixi. Materikning tarkib
topishidagi asosiy bosqichlar. Shimoliy Amerika platformasi, kaledon, gersin,
kimmeriy, laramiy va alp burmalanishi oblastlari va ularning relefda aks etishi.
Foydali qazilmalarini joylanish qonuniyatlari va ulardan foydalanish darajasi.
To‘rtlamchi davr muzliklarining relef shakllarini hosil bo‘lishidagi ahamiyati.
Asosiy relef shakllari.
Iqlimi. Iqlimini hosil qiluvchi omillar. Atrofidagi okeanlarning materik
iqlimiga ta’siri. Iqlimni fasllar bo‘yicha almashinishi. Iqlim mintaqalari va ularning
ta’rifi. Ichki suvlari. Daryo turlari, yirik daryolar ta’rifi. Ko‘llar va ularning kelib
chiqishi. Suv resurslari.
O‘simligi, tuproqlari va hayvonot dunyosi. O‘simliklarining kelib chiqish
markazlari va hozirgi o‘simlik qoplamining shakllanish tarixi. Tuproq, o‘simlik va
hayvonot dunyosining tarqalish qonuniyatlari. O‘simlik va hayvonot dunyosini
muhofaza qilish masalalari. Milliy bog‘lar, qo‘riqxonalar va alohida
qo‘riqlanadigan joylar.
Geografik mintaqalar va tabiat zonalari, ularning joylanishining o‘ziga xos
xususiyatlari. Kordilera tog‘laridagi balandlik mintaqalari. Landshaftlar va
ularning inson tomonidan o‘zlashtirilishi. Yirik regional tabiiy geografik o‘lkalari:
Kordilera tog‘lari, Kordilera tog‘laridan tashqaridagi sharq. Kordilera tog‘laridan
tashqaridagi sharq quyidagi kichik regional o‘lkalarga ajratiladi: Grenlandiya,
Kanada-Arktika to‘plam orollari, Lavrentiya qirlari, Markaziy tekisliklar, Buyuk
tekisliklar, Appalachi tog‘lari, qirg‘oq bo‘yi tekisliklari. Kordilera tog‘lari quyidagi
kichik o‘lkalarga ajratiladi: Alyaska Kordilerasi, Kanada Kordilerasi, Janubiy
Kordilera, Meksika tog‘ligi. Ularning umumiy tabiiy geografik tavsifi Yevrosiyo
o‘lkalari uchun qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.