O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiya



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə11/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiya 

va ko‘rsatmalar 
Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar olingan nazariy bilimlarini amaliy qo‘llash 
asoslarini o‘rganadilar. Darslarda talabalar haritalar tuzish, ularni tahlil qilish,
profillar chizish, turli statistik jadvallarni tuzish va tahlil qilish, grafiklar chizish 
ishlarini bajaradilar.


Amaliy mashg‘ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari: 
1.Iqlim mintaqalari, tabiat zonalari, landshaftlar haritalarini tahlil qilish.
2.Gidrotermik sharoit va unga biomassaning bog‘liqligini ko‘rsatuvchi 
jadval va grafiklar tuzish.
3.Gipotetik materik va uning tabiat zonalarini joylashishidagi 
qonuniyatlar.
4.Dunyo okeani uning asosiy dengizlari, qo‘ltiqlari, bo‘g‘izlari, issiq va 
sovuq oqimlarini yozuvsiz kartaga tushirish.
5.Okeanlarning atrofidagi materiklar tabiatiga ta’sirini tahlil qilish. 
6.Yevrosiyo yozuvsiz kartasiga uning foydali qazilmalari, iqlim mintaqalari
va tabiat zonalarini tushirish.
7.YYevropaning tabiiy kartasini chizish.
8.Osiyoning tabiiy kartasini chizish. Unda iqlim mintaqalari va tabiat 
zonalarini aks ettirish.
9.Shimoliy Amerikaning tabiiy, iqlim, tabiat zonalari, tuproq kartalarini 
chizish va ular asosida kompleks ta’rif berish.
10.Afrikaning atmosfera bosimi, issiqlik, quyosh radiatsiyasining miqdorini 
mavsumiy o‘zgarib turishini aniqlash, quyoshni tropiklar oralig‘ida mavsumiy
zenitda turish grafigini chizish, yozuvsiz kartada quyoshni zenitda turish holatlarini 
ko‘rsatish.



11.Braziliya tog‘lari orqali (10


0
j.k. va 22

0
j.k.) o‘tuvchi yo‘nalishlar 


bo‘yicha gipsometrik profilni chizish.
12.Avstraliya va Okeaniyaning yirik foydali qazilmalar kartasini tuzish va 
tahlil qilish.
13.Avstraliyaning tabiiy, iqlim va tabiat zonalari kartasini chizish. 
14.Antarktida va Grenlandiya muzliklariga umumiy ta’rif berish. Muz usti
va osti profilini chizish. 
Izox; Fan uchun ishchi dastur tuzish jarayonida mazkur mavzu ro‘yxatidan
amaliy mashg‘ulotlar uchun ajratilgan soat xajmiga mos xolda mavzular tanlab 
olinadi.
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari 
tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy
ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarni amaliy masalalar 
yechish orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar
asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan 
foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini
oshirish, masalalar yechish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash 
va boshqalar tavsiya etiladi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin