O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


Kurs ishining namunaviy mavzulari



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə12/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Kurs ishining namunaviy mavzulari 
Kurs loyihasining maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini 
rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish
va bunda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilishdir. Kurs 
loyihasining mavzulari umumiy talabalar sonidan 20-30 % ko‘proq va oldindan
tayyorlanadi. 
Kurs loyihasining taxminiy mavzulari:
1. Geografik qobiqning asosiy qonuniyatlari.
2. Quyosh energiyasi va iqlim mintaqalari.
3. Yer tabiatining shakllanishiga ritmiklik, sikliklik, davriylik hodisalarining 
ta’siri..
4. Dunyo okeani.
5. Tinch okean tabiati va asosiy ekologik muammolari.
6. Atlantika okeani tabiati. 
7. Shimoliy Muz okeani.
8. Hind okeniga umumiy ta’rif.
9. Yevrosiyo materigining shakllanish tarixi, geologik tuzilishi, tektonikasi,
relefi va foydali qazilmalari. 
10. Yevrosiyo iqlimi va ichki suvlari.
11. YYevropaning geologik tuzilishi, tektonikasi, relefi va foydali 
qazilmalari
12. YYevropaning iqlimi, uni shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar va ichki 
suvlari.
13. Osiyoning geologik tuzilishi, tektonikasi, relefi va foydali qazilmalari. 


14. Osiyoning iqlimi va ichki suvlari.


15. Osiyoning geografik mintaqalari va tabiat zonalari.
16. Shimoliy Amerikaga umumiy ta’rif.
17. Shimoliy Amerikaning iqlim mintaqalari va tabiat zonalari.
18. Afrika tabiatini o‘rganishning asosiy bosqichlari.
19. Afrikaning iqlimi va ichki suvlari.
20. Afrikaning tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi.
21. Janubiy Amerikaning o‘ziga xos xususiyatlari va materik tabiatini 
o‘rganishning asosiy bosqichlari
22. Janubiy Amerikaning geologik tuzilishi, tektonikasi, relefi va foydali 
qazilmalari.
23. Janubiy Amerikaning asosiy tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot 
dunyosi.
24. Janubiy Amerikaning asosiy tabiiy geografik o‘lkalari. 
25. Avstraliyaning kashf etilish tarixi.
26. Avstraliyaning geologik tuzilishi, tektonikasi, relefi va foydali 
qazilmalari.
27. Avstraliyaning iqlimi, iqlim mintaqalari va tabiat zonalari.
28. Okeaniyaga umumiy ta’rif.
29. Antarktida glyatsiomorfologiyasi va muz osti relefi.
30. Antarktida iqlimi va organik dunyosi.
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni 

Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga


olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: 
-darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fanning boblari va mavzularini
o‘rganish; 
-tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
-maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; 
-talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fan
bo‘limlari va mavzularini chuqurroq o‘rganish; 
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:
1.Yevrosiyo 
materigi
asosiy

shaharlari


iqlimining 
xususiyatlarini
ko‘rsatuvchi jadvallar tuzish. 
2. Shimoliy Amerikaning tabiiy, iqlim, tabiat zonalari, tuproq kartalari
asosida kompleks ta’rif berish.
3.Afrikaning tabiiy, iqlim, iqlim mintaqalari va tabiat zonalari kartalarini
tahlil qilish.
4.Asosiy shaharlar iqlimiy ko‘rsatkichlari grafigini tuzish.
5.Avstraliyaning tabiiy, iqlim, iqlim mintaqalari va tabiat zonalari kartalarini 

tahlil qilish.


6.Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika materiklarining tabiiy, iqlim, iqlim 
mintaqalari va tabiat zonalari kartalarini tahlil qilish.
7.Antarktida tabiatining Yer shari iqlimiga ta’siri.
8.Har bir okeanning gidrografik xususiyatlari jadvalini tuzish.



9.Yevrosiyo har bir tabiiy geografik o‘lkasining umumiy ta’rifi.


Izoh: Fan ishchi dasturini shakllantirish jarayonida mazkur mashg‘ulot 
uchun ishchi o‘quv rejasida ko‘rsatilgan soatlar xajmiga mos mavzular ro‘yxati
shakllantiriladi. 

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin