Kirish
Tabiatga inson ta’sirining yildan-yilga ortib borishi, o‘z navbatida tabiat
qonuniyatlarini
chuqur bilishni, shuningdek, tabiat va uning resurslaridan tejab-
tergab, oqilona foydalanishni talab etadi. Bu esa
geografik bilimlarni chuqur
bilishni, tabiatdan foydalanishda ularga amal qilishni taqazo etadi. Materiklar va
okeanlar tabiiy geografiyasi dunyo tabiati komplekslari va komponentlarining
tarkib topishi va rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir.
Ushbu fan
talabalarga yer kurrasida ro‘y beradigan tabiiy jarayon va hodisalarni, geografik
tizimlar yoki ularni tashkil qilgan ayrim komponentlar orasidagi o‘zaro aloqadorlik
va ta’sirni, o‘xshash va farq qiluvchi qonuniyatlarni o‘rganish bo‘yicha
bilimlar
beradi.
Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi iqtisodiy va sotsial
geografiyaning ajralmas tarmog‘i ekanligi. Uning asosiy maqsadi aholi va
xo‘jalikni butun jahonda va uning ayrim regionlarida, mamlakatlarida
joylanish va
rivojlanish qonuniyatlarini tadqiq etadi. Shu bilan birga, talabalar mazkur fanni
o‘qish jarayonida tabiat va jamiyat o‘zaro aloqadorligi, ekologik muammolar,
insoniyatning global muammolari va ularning yechimi masalalaridagi o‘ziga xos
geografik xususiyatlar hamda qonuniyatlar to‘g‘risida bilim va tasavvurlarga ega
bo‘lishlari kerak.
O‘quv fanning maqsadi va vazifalari
Fani o‘qitishdan maqsad – talabalarda materik va okeanlarning vujudga
kelishi,
rivojlanishi, tuzilishi, tarkibiy qismlari, relefi, iqlimi, suvlari,
tuproqlari,
o‘simliklari va hayvonot dunyosini, landshaftlar,
tabiiy komplekslar hosil
bo‘lishida ro‘y beradigan hodisalarga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishdan iboratdir.
Fanning
vazifasi - talabalarga umumiy tabiiy geografik qonuniyatlar,
sabab va oqibat bog‘lanishi orqali materiklar va okeanlardagi voqea va hodisalarni
kelib chiqishi xususiyatlari, rivojlanish tarixi va inson ta’sirida o‘zgarishlarini
o‘rgatishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: