Okeanlar tabiiy geografiyasi Kirish. Okeanlar tabiiy geografiyasining maqsadi va vazifalari, boshqa
fanlar bilan aloqasi. Dunyo okeani tushunchasi. Dunyo okeani tabiatining asosiy
xususiyatlari.
Okeanning birlamchiligi, ikkilamchiligi va litosfera plitalari tektonikasi
nazariyalari. Okean tagi relefining asosiy shakllari, okean tagi yotqiziqlari.
Dunyo okeanining iqlimi va suv massalari. Iqlim hosil qiluvchi omillar.
Doimiy va mavsumiy past va baland atmosfera bosimi markazlari, doimiy
shamollar. Suvning sho‘rligi va harorati. Suv massalari va ularning harakati.
Okeandagi hayot. Okean mavjudotlarining geologik faoliyati. Dunyo okeani
biotsenozlari va biogeografik oblastlari.
Dunyo okeanining geografik mintaqalari. Suv yuzasidagi va okean tubidagi
geografik mintaqalar. Okean tabiatini muhofaza qilish.
Regional birliklari: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeani.
Okeanlarga umumiy tabiiy geografik ta’rif.
Materiklar tabiiy geografiyasi
Yevrosiyo Yevrosiyoning asosiy xususiyatlari (maydonining kattaligi, shimoldan
janubga cho‘zilganligi va shimoliy yarim shardagi hamma geografik
mintaqalarning namoyon bo‘lganligi. Relefining juda xilma-xilligi, quruqlikning
eng baland va past nuqtalarining shu materikda joylashganligi va hokazo). Siyosiy
haritasi va asosiy xalqlari.
Materikning shakllanish tarixi Qadimgi platformalar, kaledon, gersin va alp burmalanish bosqichlarida
hosil bo‘lgan geologik tuzilmalar va ularning relefda aks etishi. Relefining asosiy
shakllari. Vulqonli oblastlar. Foydali qazilmalari. Iqlimini hosil qiluvchi omillar.
Ichki suvlari. Yevrosiyoning tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi. Geografik
mintaqalari va tabiat zonalari. Yevrosiyoning yirik regional tabiiy geografik
o‘lkalari: Shimoliy YYevropa, Markaziy YYevropa, Janubiy YYevropa, Sharqiy
YYevropa, g‘arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, Sharqiy Osiyo, Janubi-
Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo, O‘rta Osiyo, Janubiy Osiyo, Janubi-g‘arbiy
Osiyo, Old Osiyo. Yirik regional tabiiy geografik o‘lkalarning kichik tabiiy
geografik o‘lkalarga ajratilishi. Masalan, Shimoliy YYevropa Fennoskandiya,
Islandiya, O‘rta YYevropa yoki Germaniya-Polsha tekistliklari, Gersin
YYevropasi va Britaniya orolllari tabiiy geografik o‘lkalariga ajratiladi. Har bir
regional tabiiy geografik o‘lkaning umumiy tabiiy geografik tasnifi quyidagi
tartibda amalga oshiriladi: geografik o‘rni, tektonikasi va geologik tuzilishi, foydali
qazilmalari va relefi, iqlimi, ichki suvlari, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot
dunyosi, tabiatiga inson faoliyatining ta’siri.