Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy
jihatdan uzviy ketma-ketligi
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi
jahon geografiyasi fani
tarkibidagi asosiy umumkasbiy fan sifatida 4-7 semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni
amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan
matematik va tabiiy-ilmiy,
umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik
talab etiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Ushbu fan ilmiy-tadqiqot institutlariga, oliy, o‘rta maxsus, umumta’lim
tizimi
muassasalariga, ishlab chiqarish va boshqaruv tashkilotlariga malakali
geograf mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
bilimlar
beradi. U asosiy umumkasbiy fani hisoblanib,
yuqori malakali geograflar
tayyorlash tizimining ajralmas bo‘g‘inidir.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasini o‘zlashtirishlari
uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish,
yangi
informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir.
Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari,
tarqatma
materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy
mashg‘ulotlarda mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: