O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»


YEVROSIYONING TUPROG‘I, O‘SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSI



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə83/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

YEVROSIYONING TUPROG‘I, O‘SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSI. 


Tuprog‘i 
Tuproq qoplamining hosil bo‘lishiga va rivojlanishiga landshaft
komponentlarining birortasi ham ta’sir etmay qolmaydi. Ayniqsa tuproklar 
o‘simliklar, ona jinslar va iklim bilan o‘zviy bog‘aangan. Shunig uchun
V.V.Dokuchayev ilmiy genetik tuproqshunoslik fanni yaratish bilan birgalikda 
landshafshunoslik to‘g‘risidaga fanga ham solgani tasodif emas.. Yevrosiyo
tuproqlarini va landshaftlarini o‘rganishga S.S.Neustruyev, L.I.Prosolov, 
B.B.Polinov, M.A.Glazovskaya va boshqalar katta hissa qushdilar.
Yevrosiyoning tuproq qoplamini geografik Tarqalishidagi eng umumiy 
konuniyatlar - tekisliklarda kenglik zonallik, provinsiallik va tog‘larda balanddik
mintaqalardir. Tuproq qoplamining kenglik zonaligi materikning g‘arbiy tekislik 
qismida yaxshi ifodalangan. Yenisey daryosidan sharqda tog‘li relef hukmronlik
qilganligi tufayli tuproqlarning kenglik buylab zonal joylashishi bo‘ziladi. 
Umuman Yevrosiyoning tekisliklarida asosiy tuproq tiplari zonalar bo‘yicha
shimoldan janubga qarab quyidagicha almashinadi. 
Artikaning yuqori kengliklarida, orollarning tekislik qismida jo‘da yupqa
arktika tuproqdari uchraydi. Bu tuproqlar nixoyat darajada skeletdi, gleylanish 
xususiyatiga ega emas, oz mikdorda ishqorsizlangan, qisman sho‘rlangan. Arktika
tuprokdari sovuq nurash natijasida vujudga kelgan poligonam tuproqlar bilan 
almashinib turadi.
Arktika tuproqlari janubrokda tundra tuproqlari bilan almashinadi. Tundra 
tipidagi tuproqlar materikning eng yuqori kengliklarida va Arktika orollarning
janubida tarqalgan. Ular arktika tundrasi va tundra-gleyli tuproqlarga bo‘linadi. 
Arktika tunrasiga tuproqlar orasida oddiy poligonal tuproqlar keng tarkalgan. Bu
tuproklar ayniksa Yamal, Tidan yarim orollarida va Taymirda kupchilikni tashkil 
etadi. Tundra-gleyli tuproqlari botqoqlagan, tuproq kundalang kesimi yupqa,
gorizontlarga tabakalanishi zaif skeletli bo‘lib, tarkibida 2-3% ga yakin chirindi 
(gumus) bor, Tundra-gleyli tuproqlarida issiklik yetishmaydi, mikrobiologik
jarayonlar 
yetarli
darajada 
emas.
Tundra

tuproqlarining


hosildorligi past, O‘rta va Sharqiy Sibirda, Baykal tog‘li ulkasining 
yuqori
mitaqalarida 
sovuq
nurash

kuchli.
bulganligi 


sababli
oddiy

toshlok tog‘-tundra tuproqlari hosil bo‘lgan.


Yevrosiyo tayga zonasining asosiy tuproqtipi tekisliklarda podzol tuproqlar, 
tog‘li ulkalarda tog‘ podzol tuproqlaridir. Ular eng keng-tarkalgan tuproq tipi
bo‘lib, materik maydonining 20% ini, dunyodagi qo‘ruqlik maydonining qariyb 
15% ini egallaydi. Podzol tuproqlar igna bargli va aralash o‘rmonlarda namlik
yozda maromida, bahor hamda kuzda ortiqcha bo‘lgan sharoitda vujudga keladi. 
Podzol tuprokdar bilan. botqoq tuproqlar birga uchraydi. Botqoq tuproklar ayniqsa
G‘arbiy Sibir pasttekisligida, Sharqiy YYevropa tekisligining shimoliy va shimoli-
g‘arbiy provinsiyalarida, Amurbo‘yi va Primore o‘lkalarida keng tarqalgan. Chimli
tuproklar kam uchraydi. Chimli va chirindili korbant tuproqlar, korbanatli jinslar 
ustida vujudga keladi.



Podzol tuproqlar shimoldan janubga qarab kelishda zonal farqlariga ko‘ra


uchta tipchaga bo‘linadi: 1) shimoliy tayganing gleyli-podzol tuproqlari, 2) o‘rta 
tayganing tipik podzol tuproqlari, 3) janubiy tayga va aralash o‘rmonlarning chimli
podzol tuproqlari. Podzol tuproqlar zonasida keng tarqalgan botqoq tuproqlardan 
tashqari muzloq tayga tuproqlari ham uchraydi. Ular muzloq yerlar rivojlangan
Sharqiy Sibir o‘lkalari uchun harakterli. O‘rta Sibir yassi tog‘ligida, Sharqiy Sibir 
va Baykal tog‘li ulkalarida tog‘ podzol tuproqlari ko‘p tarqalgan. Bu yerlarda tog‘
relefi va yer yuzasining kuchli parchalash xapligi tufayli botqoqliklar kam. O‘rmon 
tuproqlari orasida eng kam unumlisi podzol tuproqlardir. Ularning hosildorlygini
oshirish uchun kompleks agrotexnik tadbirlardan amalga oshirish zarur, yani 
cho‘qur haydalma qatlam vujudga keltirish, almashlab ekishni joriy qilish,
tuproqqa ohak organik va mineral o‘g‘itlar hamda mikroelementlar solish kerak. 
Botqoq tuproqlar quritishga qaratilgan meliorativ ishlarni talab qiladi.
G‘arbiy YYevropaning katta qismida Zakarnat’ening Tisabo‘yi allyuvial 
pasttekisligida Boltiqbo‘yida, Uzoq Sharkning O‘rta Amurbo‘yi va Primore
o‘lkalarida, Sharqiy Osiyoda o‘rmon-qo‘ngyr tuproqlari ko‘pchilikni tashkil qiladi. 
O‘rmon-qung‘ir tuproq tipi namkeng bargli va qisman aralash o‘rmonlar tagida
vujudga keladi. Ular kam podzollashgan, donador strukturaga ega. O‘rmon 
tuproklari orasida eng hosildori chimli va ko‘ng‘ir tuproklar hisoblanadi.
Podzol tuproqlar bilan qora tuproqlar oralig‘ida o‘rmon buz tuproqlari 
joylashgan, Bu tuproq tipi o‘rmon-dasht zonasining o‘rmonlari tagida lyossimon
jinslarda hosil bo‘lgan. O‘rmon buz tuproqlari och tusli buz, tipik buz va qoramtir 
buz tuproqlarga bo‘linadi. Och tusli o‘rmon buz tuproqlari morfologik belgilariga
ko‘ra chimli-podzol tuproqlarni eslatadi. Lekin undan gumus qatlamining qalinligi 
va chirindiga boyliga bilan farq qiladi. Qoramtir o‘rmon buz tuproqlari ayrim
belgilariga ko‘ra qora tuproqlarga yaqin V.R.Vilyamsning ta’kidlashicha o‘rmon 
buz tuproqlari o‘rmonlarga bostirib kelayotgan dasht o‘simliklari ta’sirida vujudga
kelgan.

O‘rmon buz tuprokdaridan janubda qora tuproqlar zonasi joylashgan. Qora


tuproqlar g‘arbda Karpat tog‘i etaklaridan sharqda Oltoy tog‘ etaklarigacha keng 
polosa hosil qilib chuzilgan. Oltoydan sharqda ular orollar shaklida Minusinsk va
Tuva botiqlarida, Selenga va Sharqiy Zaybaykale dashtlarida uchraydi. 
V.V.Dokuchayev qora tuproqlarni tuproqlarning podshosi deb atagan. Qora
tuproqlar chirindiga, turli xil moddalarga juda boy, gumus qatlami qalin (150-180 
sm gacha yetadi), mustadkam. donodor strukturaga ega. Shuning uchun ham ular
boshqa tuproq tiplaridan yuqori hosildorligi bilan farq qiladi. Qora tuproqlar ochiq 
o‘tli dashtlarning tipik zona, tuprogidir. Bu yerdagi lyossimon gruntlar tuproq
kompleksini kalsiy bilan boyitadi va mustahkamlaydi. 
Qora tuproqlarning zona, xususiyatlari shimoldan janubga qarab o‘zgaradi,
Kora tuproq zonasining shimoliy qismida podzollashgan va ishqori yuvilgan qora 
tuproqlar uchraydi. Zonaning markaziy qismida tipik qalin qora tuproqlar keng
tarqalgan. Bu qora tuproqlarning eng unumdor tipchasi bo‘lib, unda gumus 
gorizontining qalinligi, chirindi miqdori (10- 15%) va ko‘l elementlari o‘zining
maksimal darajasiga yetgan. Janubroqda oddiy va janubiy qora tuproqlar tarkalgan. 
Bu tipchada gumus qoplamining qalinligi, miqdori bir oz kamayadi. Yer osti



suvlari yer yuzasiga yaqin yotgan joylarda, ayniqsa G‘arbiy Sibir dashtlarida


chimli qora tuproqlar keng tarqalgan. Huddi shunday G‘arbiy Snbirda neogen va 
antropogen davrlarning tarkibida tuz bo‘lgan yotqiziqlari ustida shurlangan qora
tuproklar ham vujudga kelgan. 
Yevrosiyoda boshqa materiklarga .nisbatan qora tuproklar eng ko‘p tarqalgan.
Ularning umumiy maydoni 2 mln. km2 ga yaqin. Bu miqdor dunyodagi qora 
tuproklar tarqalgan maydonning qariyb 50% ini tashkil e t a d i . Q o r a tuproqlar
boshqqa tuproq tiplariga qaraganda eng yuqori hosildor bo‘lganligi uchun 
maksimal darajada haydalagan va qishloq xo‘jaligida foydalanishga keng jalb
etilgan. 
Quruq dasht va chala cho‘llarning zonal tuproq qoplami kashtan tuproqlaridan
tashki topgan. Bu tuproqlar namlik balansi manfiy butan boshoqli va shuvod-
boshoqli o‘tlar siyrak usadigan sharoitda shakllangan. Qira tuproqlarga nisbatan
chirindiga kambag‘alroq gumus katlami yupqoroq va ko‘proq joylarda shurlangan. 
Kashtan tuproqlari shimoldan janubga qarab qoramtir kashtan, tipik kashtan va och
tusli kashtan tuproq tipchalariga bo‘linadi. Shulardan qora to‘proqlar bilan 
chegaradosh bo‘lgan koramtir kashtan tuproqlar ko‘prokq hosildor hisoblanadi.
Janubga kelgan sari kashtan tuproqlar tarkibida chirindi miqdori kamayib boradi. 
Och tusli kashtan tuproqlar chala cho‘llarda yaxshi rivojlangan bo‘lib, chirindiga
kambag‘al. Ulardan qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun sun’iy sug‘orish 
ishlarini amalga oshirish kerak. Kashtan tuproqlar zonasida shurlangan tuproqlar,
qisman shur bosgan tuproqlar uchraydi. Pastqam va grunt suvlari yer yuzasiga 
yaqin yotgan joylarda utloq-kashtan tuproqlar vujudga kelgan.
Chala cho‘llardan cho‘llarga utishda chala cho‘l qo‘ng‘ir tuproqlari, 
cho‘llarda esa och qo‘ng‘ir va buz tuproqlar paydo bo‘ladi. Och qungir va
ko‘pchilik bo‘z tuproqlar gumusga eng kambag‘al tuproqlar hisoblanadi. Ularning 
aksariyat qismi kuchli shurlangan. Katta-katta maydonlarda sho‘r tuproqlar
massivlari uchraydi. Qo‘ng‘ir, och qo‘ng‘ir va buz tuproqlar asosan O‘rta va 
Markaziy Osyyoning tekisliklari hamda tog‘oldi lyossli tekisliklarida ko‘p
tarqalgan. 
Cho‘l zonasida taqir va taqirli tuproq turlari ham ko‘p uchraydi. Ular asosan
allyuvial va prolyuvial yotqiziqlardan tashkil toptan, tarkibida gilli jinslar ko‘p 
bo‘lgan yassi pastqamliklarda, qadimiy deltalarda vujudga keladi. Chulning taqirli
tuproq turi, tarkibida chirindi 0,4-0,8%, gumusli qatlam 10-12 sm atrofida bo‘ladi. 
Taqirlar yuzasi bahorda yomg‘ir suvlari bilan to‘lib, yozda bug‘lanib ketadi. Qurib
va qotib qolgan yuzalar jazirama issiq ta’sirida yorilib-yorilib ketadi. Birgina 
O‘zbekistonda taqir va taqirli tuproqlar zgallagan maydon respublika yer fondining
4% ini tashkil etadi. Sug‘oriladigan vohalarda suv oqiziqlari bilan boyigan 
madaniylashgan buz tuproqlar vujudga kelgan.
Nam subtropiklar zonasi uchun qizil va sariq tuproqlar harakterli. Ular-Kavkaz 
o‘lkasining Kolxida va Lenkoran rayonlarida, Sharqiy Osyyoning janubiy qismida,
Yanszi va Sitszyan daryolari havzalarida, Himolayning janubiy yon bag‘ridagi tog‘ 
etaklarida keng tarqalgan. Qizil tuproqlar nam subtropik o‘rmonlarning tipik zonal
tuprog‘i hisoblanadi. Ularning gumus qatlami qalin, tarkibida temir va alyumin 
oksidlari juda ko‘p. Shuning uchun ham bu tuproqlarning rangi qizil bo‘ladi. Qizil



tuproqlar eng qadimiy tuproqlar bo‘lib, ular neogen davridan boshlab to hozirgi


kungacha rivojlanib kelmokda. Bu tuproq tipi turli xil subtropik o‘simliklar uchun 
eng qulay hisoblanadi. Qizil va sariq tuproqlarni hosildorligini saqlash va oshirish
uchun tog‘ yon bag‘rlari zinapoya qilib ishlanadi, tuproqlar chuqur haydaladi, azot 
va fosforli o‘g‘itlar solinadi. Xindiston, Xitoy va Gruziyada ekiladigan choylar ana
shu tuproqlarda yetishtiriladi. 
Jigar rang tuproqlar Pireney yarim orolining sharqiy qismida, Apennin va Bolqon
yarim orollarida, O‘rta dengizdagi Sitsiliya, Sardiniya, Korsika orollarida, Old 
Osiyo tog‘liklarida, Kavkaz va O‘rta Osiyo tog‘alarining quyi qismidagi past
bo‘yli, keng bargli va siyrak o‘rmonlar hamda butazorlar tagida uchraydi. 
Xindistonning sharqiy va Hindixitoy yarim orolining o‘rta qismlaridagi
savannalarda qizil laterit tuproqlar keng tarqalgan. Qizg‘ish-sariq laterit tuproqlar 
nam tropik o‘rmonlar uchun harakterli bo‘lib, ular Xindistonning g‘arbiy qismida,
Xindixitoy va Malakka yarim orollarida, Malay va Filippin arxipelaglarida 
ko‘pchilikning tashkil etadi.
Tuproq qoplamining kenglik zonal fardlari bilan bir qatorda har qaysi zonada 
uzoqlik provinsial tafovutlarning vujudga kelishi iklim, o‘simliklar, ona jinslar va
tuproq hosil qiluvchi boshqa omillarning g‘arbdan sharqqa qarab o‘zgarib borishi 
bilan bog‘liq. Tuproq qoplamidagi provinsial farqlarni qora tuproqlar zonasi
misolida ko‘rish mumkin. 
Sharqiy YYevropa tekisligining g‘arbida, Karpatoddi rayonlarida yumshoq
nam iqlimli sharoitda, g‘ovak lyosslar tarkibida chirindi mikdori kamroq bo‘lgan, 
lekin juda qalin qora tuproqlar keng tarqalgan. Sharqiy YYevropa tekisligining
sharqida, kontinentalroq iqlim sharoitida, ona jinslar ellyuvial-dellyuvial karbonatli 
gillardan tarkib topgan joylarda o‘rta va kam qalinlikdagi, lekin chirindiga
nihoyatda boy (15% gacha) qora tuproqlar vujudga kelgan. G‘arbiy Sibirdagi qora 
tuproqlar qurg‘oqchilroq sharoitda hosil bo‘lganligi sababli gumus zahirasi
unchalik katta emas, yirik strukturali va sho‘rlangan. Shuning uchun ham Sibir 
qora tuproqlarining hosildorligi nisbatan kam.
Tog‘larda tuproq qoplamining tarqalishi alohida qonuniyatga balandlik 
zonallikka (mintaqalikka) bo‘ysunadi. Biroq tog‘larda
tuproqlarning balandlik zonalligining namoyon bo‘lishi geografik kenglikka 
ham bog‘liq. Chunonchi, tundra yoki o‘rmon-tundra zonalaridagi tog‘lar qanchalik
baland bo‘lmasin, ularda atiga ikkita yoki uchta tuproq tipini uchratish mumkin. 
Quyi geografik kengliklarda joylashgan tog‘lar yetarli darajada baland bo‘lsa,
tuproqlarning balandlik mintaqalari shunchalik to‘laroq va xilma-xil bo‘ladi. 
Masalan Kavkaz tog‘ida asosiy tuproq tiplari 10 ta dan kam emas. Bu yerda qizil
va sariq tuproqlardan boshlab tog‘ o‘tloq tuproqlarigacha keng tarkalgan. Agarda 
Katta. Kavkazga Kubanbuyi pasttekisligidan kutarilsa kamida beshta tuproq tipini-
ishqori yuvilgan qora tuproq o‘rmon buz tuprog‘i, tog‘ qo‘ng‘ir, qisman tog‘ 
podzol tuproqlari, subalp va alp mintaqalarida tog‘ o‘tloq tuproklarini ko‘zatish
mumkin. Tuproqlarning balandlik zonalligi Karpat, Tyanshan, Oltoy, Himolay 
tog‘larida ham yaxshi ifodalangan.
Daryo qayirlaridagi allyuvial tuproqdar va arid iklimli o‘lkalardagi kuchma 
qumlar alohida azonal tuproqlar guruhini tashkil etadi. Qayir tuproqlari yosh va



ularni shakllanishi hozir ham davom etmoqda. Kuchma qumlar esa rivojlangan


tuproq qoplamiga ega emas va ularni uzlashtirish nihoyatda qiyin. Kuchma 
qumlarning asosiy qismi cho‘l va chala cho‘l zonalarida, kamroq qismi dasht va
o‘rmon dashtlardagi daryolarning quyi terrasalarida uchraydi. Bu qumlarning 
aksariyati tabiiy holda o‘simlik bilan mustahkamlangan bo‘lgan. Ularning kuchma
qumlarga aylanishiga sabab insonning xo‘jalik faoliyatini salbiy oqibatlaridir. 

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin