O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə82/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Ko‘p yillik muzloq yerlar. Ko‘p yillik muzloq yerlar o‘ziga xos geografik
hodisadir. Bu muzloqlar bir necha yildan tortib bir necha ming yillar davomida 
sovigan holatda saqlanib kelayotgan tog‘ jinslaridir. Uning harorati doimo 0°S dan
past. Ko‘p yillik muzloqlar abadiy muzloqlar ham deyiladi. 
Ko‘p yillik muzloq yerlar Yevrosiyoning shimoliy va shimoli-sharqiy
qismlarida keng tarqalgan. Abadiy muzloqlar shimolda Severnaya Zemlya
Novosibirsk orollari, Yamal va Taymir yarim orollaridai boshlanib, janubda
Mongoliya hududigacha kirib boradi. Uning maydoni 12 mln km.2 atrofida. 
Materikning 25% dan ziyodroq qismini egallab olgan.
Muzloq yerlar Yevrosiyo hududida ikki xil shaklda-yaxlit va orol shaklida 
tarqalgan. Yaxlit muzloq yerlar faqat Sibirning shimoliy-sharqiy, shimoli-sharqiy
qismlarini va Shimoliy Muz okeanining Osiyo qismidan orollarini ishg‘ol qilgan. 
Yaxlit muzloq yerlarning janubiy chegarasi Yamal va Gidan orollarining shimoliy
qismidan, Dudinka ordali, Vilyuy daryosining Lenaga quyilish joyidan 
shimolroqdan o‘tib, Sharqiy Sibirda Indigirka va Kolima daryolarining yuqori
oqimidan o‘tadi va Anadirdan janubroqda Tinch okean sohiliga chiqadi. Ko‘p 
yillik muzloqlar uchraydigan qolgan hamma hududlar muzloq yerlar orol shaklida
bo‘lgan yoki eriydigan oblastlarga qaraydi. 


Muzloq yerlarning qalinligi hamma joyda bir xil emas. Masalan, Kola yarim


orolida muzloq qatlamning qalinligi. 25 m, Pechora havzasida 100-200 m. Vilyuy 
tekisligi va Markaziy Yoqutistonda 1500 m gacha boradi. Bu yerdagi muzlab
qolgan tog‘ jinslarida muzlar ham bor. Yozda haroratning kutarilishi natijasida 
muzloq qatlam yuzasi 100-150 sm gacha qalinlikda eriydi.
Ko‘p yillik muzloq yerlarda yer osti suvlari muzloq ostida, muzlod oralig‘ida 
va muzloq ustida yer yuzasiga yaqin joylashgan. Natijada muzloq yerlar yer osti
suvlarining harakatini qiyinlashtiradi, O‘rta va Sharqiy Sibir daryolarini yer osti 
suvlaridan to‘yinishini chegaralab qo‘yadi. Bunday sharoitda yer osti suvlari
qupinma yaxmalaklar, shishma do‘nglar (gidrolakkolitlar) va relefning boshda 
shakllarini hosil qiladi. Muzloq gruntning erishi va cho‘kishi termokarst
hodisalarini keng tarqalishiga imkon yaratadi. 
Abadiy muzloklarning hosil bo‘lishi tug‘risida ikki xil fikr bor. Ayrim olimlar
muzloq yerlarni hosil bo‘lishini qishning qattiq sovuqligi, qorning kam yog‘ishi va 
haroratning 0°S dan past bo‘lishi sabab bo‘lgan deb hisoblashadi. Boshqalari esa
muzloqlarni hosil bo‘lishini qadimiy materik muzliga davri bilan bog‘lashadi. 
Chunki muzloq qatlamning qalinligi ko‘p yillik muzloqlarning juda qadimgi
ekanligidan dalolat beradi. Bunga misol muzloq qatlamlar orasidan qadimgi 
hayvonlardan bir turi bo‘lgan mamontlarning qoldiklarini topilganlitidir.
Muzlok, yerlar xo‘jalik ishlarini amalga oshirishda ancha qiyinchiliklar 
to‘g‘diradi. Turar joylar, yullar, inshoatlar, sanoat va kommunikatsiya qurish
ishlarini ancha qiyinlashtaradi. 





Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin