O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə78/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Ichki berk oqim havzalari. Yevrosiyoning katta maydonga ega bo‘lgan ichki
ulkalaridan suv Dunyo okeaniga oqib chiqmaydi. Bu ulkalardagi daryolar o‘z 
suvini ko‘llarga va okeanlardan ajralib qolgan dengazlarga quyadi. Natijada ichki
berk oqmas havza hosil bo‘ladi. Ichki berk oqim havzalarida ham yirik daryolardan 
tortib mayda daryolargacha uchraydi. Berk havzalarda uchraydigan eng yirik
daryolarga Volga, Sirdaryo va Amudaryo yaqqol misol bo‘la oladi. 


Volga YYevropaning eng yirik daryosi. U uzunligi va sersuvligi jihatidan
YYevropa Daryolari ichida birinchi o‘rinda turadi. Volganing uzunligi 3531 km 
(ayrim manbalarda 3700 km), havzasining maydoni 1360 ming km2, o‘rtacha
yillik suv sarfi Volgograd shahri yaqinida 8150 m³/sek, Astraxan yaqinida esa 
8000 m.3/sek. Chunki daryoning quyi chla cho‘l va cho‘l qismida suvning
bug‘lanishi juda katta. Volga daryosi Valday Palapldiklaridan boshlanib Kaspiy 
dengiziga quyiladi. U tipik tekislik daryo bo‘lib, boshlanish joyining balandliga
228 m, quyilish joyi esa dengiz satdidan 28 m past. Volgaga 200 ga yaqin irmoqlar 
kelib qo‘shiladi. Shulardan eng yirik o‘ng irmoqlari Oka, Sura, Sviyaga va chap
irmoqlari Kostroma, Unja, Vetluga, Vyatka, Kama, Samara va Katta Irgiz 
hisoblanadi. Yillik oqimning 60% ini qor suvlari, 30% ini grunt, suvlari va 10% ini
yomg‘ir suvlari tashkil etadi. Maksimal suv sarfi aprel-iyun oylariga to‘g‘ri kelib, 
uning miqdori Volgograd yaqinida 50000 m.3/se.k. dan ham oshadi. Yozda va
qishda daryo suvi juda kamayib kegadi. Qishda daryoning yuqori va o‘rta qismi 
qariyb to‘rt oy va quyi qismi uch oy davomida muz bilan qoplanadi. Volga
daryosida Volga (Moskva dengizi), Uglich, Ribinsk, Gorkiy, Kuybishev, 
Volgograd kabi suv omborlari, Volga-Don kanali va GES lar qurilgan.
Kontinental iqlimli Old, O‘rta va Markaziy Osiyo ulkalarida daryo to‘ri kam 
rivojlangan. Bu yerdagi mavjud daryolar tog‘ muzliklaridan boshlanadi va
tekisliklardagi oqmas ko‘llarga quyiladi, ba’zilari esa ekin maydonlarini 
sug‘orishda to‘liq foydalanishadi va suv havzalariga yetib bormaydi. Maslan,
Amudaryo va Sirdaryo Orol dengiziga, Ili, Qoratol, Lepsa daryolari Balxash 
ko‘liga quyilsa, Tajan, Murg‘ob, Zarafshon, Qashdadaryo, Chuv, Talas va boshqa
daryolar vohalarni suv bilan ta’minlab, o‘z deltalarida oqimini tugallaydi. 
Daryolarning tuyinish na iqlim tiplari. Yevrosiyo daryolari turli xil iqlim
minqaqalaridan va iqlim tiplaridan boshlanadi hamda ularning hududidan oqib 
o‘tadi. Shuning uchun daryolar tuynishriga kura xilma- xil va bir-biridan farq
qiladi. Ular tuyinishiga ko‘ra to‘rtga bo‘linadi: yomgir suvidan, qor suvidan, muz 
suvidan va yer osti suvidan tuyinuvchi daryolar. Pekin daryolar kupincha aralash
holda tuyinadi. Masalan, yomg‘ir va qor suvlaridan, qor va muz suvlaridan, muz va 
yer osti suvlaridan, yomg‘ir va muz suvlaridan tuyinadi,
Daryolarning gidrologik rejimi, to‘yinishi va oqimining yil davomidagi 
taqsimlanishi materikning iqlim sharoitiga va yil fasllariga bog‘lik Masalan, yozda
qurg‘oqchil joylarda tog‘lardagi qor va muzchiklarning erishidan, musson iqlimli 
ulkalarda yomg‘irdan, mu’tadil mintaqada bahorda qorning erishidan va
yomg‘irdan, nam subtropiklarda hamda ekvotorial mintaqada yil davomida 
yomgirdan suv oqadi. Shuning uchun A.I.Voyeykov, B.D.Zaykov, M.I.Lvovich va



boshqalar daryolarni to‘yinish harakteridan tashqari iqlim xususiyatlariga karab


ham tavsniflashtirib, ularni bir necha iqlim tiplariga bo‘lishgan. Jumladan 
Yevrosiyo hududidagi daryolar quyidagi iqlim tiplariga bo‘lingan.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin