O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə74/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Subtropik mintaqa. Subtropik iqlim mintaqasi materikning g‘arbidagi
Pireney yarim orolidan to Tinch okean sohiligacha bo‘lgan polosani egallab yotadi. 
Yozda tropik havo va qishda mo‘’tadil kenglik havo massalari hukmronlik qiladi.
Yozda tropik havo ta’sirida harorat 30°S, 35°S gacha ko‘tariladi, havo ochiq 
bo‘ladi, yomg‘ir juda kam tushadi. O‘rta dengiz sohillarida - Pireney, Apennin,
Bolqon yarim orollarida va orollarda qish juda iliq bo‘ladi, yomg‘ir tez-tez yog‘ib 
turadi, havoning o‘rtacha harorati hamma joyda 0°S dan yuqori. Ayrim paytlarda
sovuq tushib harorag -8°,-10°S gacha pasayishi mumkin. Yomg‘irni Atlantika 
okeanidan esadigan g‘arbiy nam shamollar keltiradi. Bu subtropik iqlim
mintaqasining o‘rta dengiz bo‘yi iqlimidir. Shuning uchun o‘simliklar 
vegetatsiyasi yil davomida to‘xtamaydi.
G‘arbdan sharqqa materik ichkarisi tomon borgan sari havoniig namligi 
kamayib, kontinentalligi orta boradi. Natijada subtropik mintakaning o‘rta qismida
joylashgan Old Osiyo (Kichik Osiyo, Armaniston va Eron) tog‘liklarida, 
Mesopatamiyada, O‘rta Osiyoning janubida subtropik kontinental iqlim tarkib
topadi. Bu yerda yoz juda issiq va quruq, qish esa ancha sovuk bo‘ladi. Harorat -
8°,-9°S gacha pasayadi. Yog‘ingarchilik kam, 100-150 mm atrofida yog‘adi. Shu
mintaqada joylashgan Tibet tog‘ligi uchun kam qorli sovuq qish va yozi salqin 
baland tog‘ subtropik cho‘l iqlimi harakterli.
Materikning sharqiy Tinch okean sohilidagi subtropik mintaqada (Sharqiy 
Xitoy, Yaponiya orollari, Xokkaydo va Ryukyudan tashqari, Koreya yarim



orolining janubi) mavsumiy shamollar ta’sirida subtropik musson iqlimi vujudga


keladi. Yozda okeandan esadigan mussong havo massalari ko‘p miqdorda 
namgarchilik keltiradi, havo haroratini pasaytiradi. Jala yomg‘irlar uzoq davom
etishi tufayli daryolar toshadi, ekinzorlarni, qishloqlarnn suv bosadi. Bunga 1998 
yil iyulning oxiri va avgustnnng boshida Janubiy Koreada yuz bergan suv toshqini
misol keltirish mumkin. Qishda esa materikdan esgan shamol haroratni keskin 
pasaytiradi, yog‘ingarchilikni kamaytiradi. Yanvarning o‘rtacha harorati +4°S dan
+8°S gacha boradi. Yillik yog‘ingarchilik miqdori 1000 mm dan oshadi. 


Tropik mnntaqa. Bu iqlim mintaqasi materikning Osiyo qismi uchun
harakterli bo‘lib, u bir-biridan keskin farq qiluvchi g‘arbiy va sharqiy sektordan 
tashkil topgan. G‘arbiy sektorda (Arabiston yarim oroli, Mesopatamiyaning
janubiy qismi, Eron tog‘ligining janubiy chekkalari) kontinental iqlim hukmronlik 
qiladi. Bu iqlimning xususiyati tipik tropik cho‘l iqlim harakteriga ega bo‘lib,
yillik va sutkalik harorat amplitudasi katta. Qishda harorat 0°S gacha pasayish 
mumkin. Atmosfera yog‘inlari juda kam mikdorda tushadi. Umuman namlanish
yetarli darajada smas. Sharqiy okeanbo‘yi sektori (Janubiy Xitoy, Hindixitoy yarim 
orolining shimoliy qismi) nam dengaz musson iqlimga ega. Harorat yil davomida,
tog‘li rayonlardai tashqari, hamma joyda juda yuqori, yog‘ingarchilik ko‘p 
yog‘adi, namlanish juda serob.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin