O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə70/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Foydali qazilmalari. 

Yevrosiyo hududida barcha materiklarga xos bo‘ltan xilm-xil qazilma


boyliklar kompleki to‘plangan. Uning yer bagri temir va. solimetall rudalariga, 
toshkumir va qo‘ng‘ir ko‘mirga, neft va tabiiy gazga, rangli va nodir metallarga,
qimmatbaho toshlarga va boshqa foydali qazilmalarga nihoyatda boy. Ularning 
hosil bo‘lishi va geografik, tarqalishi materining geologik taraqqiyt tarixi
burmapanish bosqichlariga, magmatik 
va cho‘kindi jinslarga, tektonik
strukturasiga bevosita bog‘liq. 
Yevrosiyoning arxey va proterozoy eralarida vujudga kelgan platform alarida
qazilma boyliklarning katta-katta zahiralari mavjud. Aniqsa rudali foydali 
qazilmalar burmalanish. jarayonlari va magmalarning otilib chiqishi sodir bulgan
o‘lkalarda nidoyatda ko‘p uchraydi. Bu ulkalar alohida O‘rta dengiz 
Fennoskandiya, Ural, Tinch okean, Hindiston metall hosil bulish mintaqalarini
tashkil etadi. 
Fennoskandiyaning qadimiy kristall jinslari tarkibida (Boltik qalqonida)
temir, titan-magnetit, mis-kolchedan, ruh, polimetall, nikel, kobalt va boshqa 
rudalar bor. Sharqiy YYevropa platformasidaga eng katta temir ro‘da koni Kursk
magnit anomaliyasining hosil bo‘lishi Voronej anteklizasidagi metamorfik tog‘ 


jinslari bilan bog‘liq. Platformaning yumshoq cho‘kindi jinslarida neft, toshko‘mir,


yonuvchi slanes, fosforit, osh tuzi kabi konlar hosil bo‘lgan. 
Hindiston platformasinnpg foydali qazilmalari ham rang barang. Uning
hududida cheklanmagan miqordagi temir rusi konlari, dunyodagi eng yirik 
hisoblangai xromit, toriy, marganes ruda konlari. ishlab to‘ribdi. Bulardan tashqari
titan-magnetit, o‘ran, olmos, oltin, alyumin, magnetit konlari keng tarqalgan. 
Kerala shtatining Malabar sohilida uchraydigan titan va sirkoniy sochilma konlari
katta ahamiyatga ega. Hindiston platformasidaga paleozoy yotqiziqlari toshko‘mir 
konlariga ham boy. Toshko‘mir konlarining katta zahirasi Damodar daryo
vodiysida joylashgan. 
Arabiston platformasining hamma joyi bir hilda tadqiq etilmagan. Uning
O‘rta dengiz va Fors qo‘ltig‘i sohillari yaxshi o‘zlashtirishgan. Platformaning 
sharqiy qismida Saudiya Arabistonida, Qatarda, Quvaytda, Birlashgan Arab
Amirliklarida va Mesopotamiya bukilmasiniig shimoliy qismida yer yuzidagi eng 
yirik neft konlari topilib ishga tushirilgan. Arabiston platformasida fosforit,
qo‘ng‘ir kumir, brom, mis rudasi, Kumush, osh tuzi, kaliy tuzi va boshqalar 
topilgain.
Sibir platformasida temir, nikel, alyumin ruda konlari ko‘p uchraydi. Platina, 
olmos, oltin konlari eng yirik konlardan hisoblanadi Markaziy Yokutistonda
qo‘ng‘ir ko‘mir, neft, tabiiy gaz, osh tuzi qazib olinadi. 
Paleozoyda burmalangan keksa Ural tog‘ida xilma-xil rudali va
rudasiz qazilma boyliklar nihoyatda ko‘p. Bo‘ yerdan uzoq yillardan beri 
temir, nikel, marganes, xromit, mis, alyumin, titan rudalari, platina,oltin, olmos,
magnezit, fosforit va boshqa yer osti boyliklari qazib olinadi. Uralda, Hindiston 
yarim orolida va Shri Lanka orolida turli xil qimmatbaho toshlar-zangori sapfir
(ko‘k yoqut), qizil yoqut konlari bor. 
Yevrosiyo volfram, o‘ran, kalay, simob kabi noyob rangli metallarga ham
boy. Ularning konlari ayniqsa materikning sharqiy qismida Janubiy Sibirda, 
Sharqiy Xitoyda, Koreya, Hindi xitoy va Malakka yarim orollarida keng tarqalgan.
Volfram, o‘ran, qalay, sanoatda ko‘p qo‘llaniladi. 
Yevrosiyoda cho‘kindi yo‘l bilan hosil bo‘lgan foydali qazilmalar ham keng
tarqalgan. Ayniqsa bu yerda neft, tabiiy gaz va toshko‘mirning katta. zaxirasi 
to‘plangan. Yevrosiyo barcha materiklar orasida neft va. tabiiy gazga boyliti
jihatidan birinchi o‘rinda to‘radi. g‘arbiy (Sibir) tekisligidagi, Arabiston yarim 
orolidagi, O‘rta Osiyodagi neft va tabiiy gaz konlari butun dunyoga mashhur.
Geologlar neftni fakat quruqliklardan emas, balki dengiz shlifida ham topishib, upi 
qazib chiqarishmoqda.
Kembriydan oldingi va epigersin platformalari tutashgan zonalardagi 
subakval havzalarda toshkumir (karbon) davrida juda katta qalinlikda biogsn
qatlamlar to‘planib, ko‘mir konparini hosil bo‘lishida asosiy manba bo‘lib xizmat 
qilgan. Asosiy toshkumir konlari va yirik ko‘mir xavzalari Buyuk Britaniya
(Yorkshir, Janubiy Uels), Fransiya, Belgiya, Germaniya (Rur, Saar) O‘rta 
YYevropa, Polsha (Yuqori, Sileziya, havzasi), Ukraina (Donesk xavzasi), Vorkuta
(Pechora havzasi), O‘zbekiston (Ohangaron), Shimoliy - G‘arbiy Xitoy, Buyuk 
Xitoy tekisliti va Yaponiya oroldarida joylashgan.



Osh tuzi, glauber tuzi, va kaliy tuzlari sayoz ko‘l va dengizlardagi sho‘r


suvlarning bug‘lanib ketishidan hosil bo‘lgan. Bu tuzlar Kaspiybo‘yi 
pasttekisligida,
Turkmanistonning 
g‘arbiy
qismida

Qorabo‘g‘ozgo‘lda,


O‘zbekistonning janubida qazib olinadi. Kaliy tuzlaridan kimyoviy o‘g‘it 
tayyorlanadi.
Kola yarim orolida apatit-nefelin, mis-nikel konlari bor. Boksit konlari 
Qozog‘istonda, Buyuk Xitoy tekisligida, Alp tog‘lari etaklarida uchraydi.





Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin