O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə66/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Yassi tog‘liklar va tog‘liklar. Yevrosiyoniyg katta balandlik qismini yassi
tog‘liklar va tog‘liklar tashkil etadi. Ular materik hududida juda notekis tarqalgan. 
Eng yirik makrostrukturali yassi tog‘liklar va tog‘liklar materikning Osiyo qismida
joylashgan. Bular O‘rta Sibir, Gobi, Ordos yassi tog‘liklari va Tibet, Kichik Osiyo, 
Armaniston, Eron, Beyshan tog‘liklaridir. YYevropaning turli regionlarida
joylashgan yassi tog‘liklar va tog‘liklar maydon jihatidan bir muncha kichik va 
kam tarqalgan. Bular Skandinaviya yarim orolidan Norland, Pireney yarim
orolidagi Meseta, Buyuk Britaniya orolidaga Shotlandiya yassi tog‘liklari hamda 
Bolqon yarim orolidagi Dinar tog‘ligidir. Barcha yassi tog‘liklar va tog‘liklar
materikning tekislik va pasttekisliklakriga o‘xshab geologik eralarning turli 
davrlarida paydo bo‘lgan.
O‘rta Sibir yassi tog‘ligi. O‘rta Sibir yassi tog‘ligi Shimoliy Osiyoning
markaziy qismida, Yenisey daryosi bilan Lena daryosi oralig‘ida joylashgan. 
Uning hozirgi relef shakllarini tarkib topishida yer betiga chiqib yotgan kristall
jinsli qalqon va anteklizalar, zinapoyalarni vujudga keltirgan trappa effuziv jinslar, 
eroziya jarayoniga to‘skinlik kiluvchi ko‘p yillik muzloq yerlarning mavjudligi,
kontinental rejimning uzok vaqt davom etishi asosiy rol o‘ynagan. Yassi tog‘lik 
paleozoy va mezozoyda eroziya va nurash jarayonlari ta’sirida bo‘lgan. Uzoq yillar
davom etgan turli xil tabiiy geografik jarayonlar ta’sirida supasimon tog‘lar, 
qadimgi peneplenlar, keng vodiylar, balandlik va tog‘lik joylarda chuqur erozion
vodiylar hosil bo‘lgan. O‘rta Sibir yassi tog‘ligining eng baland Putorana tog‘ 
massivi uning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan. Massivning eng baland nuqtasi
Kamen tog‘i bo‘lib dengiz sathidan 1071 m qo‘tarilgan. Sharqda yassi tog‘likning 
eng past joyi Lena-Vilyuy pasttekisligi bo‘lib, uning yuzasi dengiz satxidan 75 m
dan 200 m gacha ko‘tarilgan. Yassi tog‘likning poydevorini Sibir, platformasi 
tashkil etadi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin