O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə63/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Materik muzliklari. To‘rtlamchi davr tarixining muhim voqealaridan biri
materik muzliklaridir. Muzlik nazariyasini rivojlanishiga va muzlik davrini 
o‘rganishga P.A.Kropotkin, S.N.Nikitin, G.F.Mirchiik, K.K.Markov, N.N.Sokolov
va boshqalar katta hissa qo‘shdilar. Olimlarning fikriga ko‘ra Yevrosiyoning 
shimoliy qismini to‘rt marta materik muzligi bosgan. Bular oka (lixvin), dnepir
(riss), moskva va valday (vyurm) muzliklaridir. Ayrim olimlar moskva muzligini 
dnepr muzligining boskichi deb qaraydilar. Muzlik davrlari uzok davom etgan va
ilik iqlimli muzliklararo davrlari bilan almashinib turgan. Asosiy muzliklararo iliq 
iqlimli davrlar lixvil, roslavl va mikulinlar hisoblanadi. Muhim materik muzliklari
Yevrosiyoniig YYevropa qismida bo‘lib o‘tgan. 
Materik muzliklari orasida eng kattasi va ent qalini Dnepr muzligi bo‘lib,
uning janubiy chegarasi Sharqiy YYevropa tekisligi bo‘ylab 48° sh.k. gacha 
bostirib kelgan. Bu muzlikning asosiy markazi bo‘lgan Fenposkandiyada muz
qalqonining qalinligi 3000 m gacha yetgan. Dnepr muzligi butun Fennoskandiyani, 
Baltika va Shimoliy dengizlarning cho‘kmalarini, O‘rta YYevropa tekisligini
qoplab olgan. Materik muzligining ikkinchi markazi Qutb Urali va Novaya 
Zemlyada vujudga kelgan. Eng kichik markazi Taymir yarim orolida yuz bergan
qadimgi materik muzligi bo‘lgan. Undap sharq tomonda O‘rta Sibir yassi 
tog‘ligining shimoli-g‘arbida, Shimoli-Sharqiy Sibirda va Chukotkada materik
muzliklari orollar shaklida tog‘ muzliklari harakterida bo‘lgan. G‘arbiy Sibirda 
materik muzligining janubiy chegarasi 60° sh.k. dan janubga tushmagan. Eng
oxirgi valday (vyurm) muzligining qalinligi markazda 2000 m atrofida bo‘lib, u 
O‘rta va Shimoliy YYevropa xuduldarini nisbatan yaqin vaktlarda, ya’ni bundan 8-
10 ming yil oldin tark etgan.


Mahalliy tog‘ muzliklarining markazlari Alp, Pireneylar, Kavkaz, Karpat,


Tyanshan, Pomir, Oltoy, Hinduqush, Himolay va materikning boshqa tog‘ 
tizimlarida bo‘lgan va ular besh martagacha takrorlangan.
Materik muzliklari Yevrosiyoning shimoliy qismini relefiga kuchli ta’sir 
ko‘rsatgan. Aypiqsa so‘nggi valday muzligining izlari xozirga qadar yaxshi
saqlangan. Muzlar Fennoskandiya va Qutb Urali tog‘laridan surilib tushayotganida 
tog‘ jinslarining yuzasini sidirib silliqlagan, parchalangan toshlarni janub tomonga
olib ketgan. Muz erib ketganidan keyin Sharkiy YYevropa tekisligining va 
Osiyoning shimoliy qismlarida ko‘plab morena yotqiziqlarini, keng maydonlarda
qumlarni va lyossimon jinslarni qoldirib ketgan. Morenalar baland tepaliklarni, 
uzoq masofaga cho‘zilgan gryadalarni hosil qiladi. Ularning oralig‘ida pastliklar va
uncha chuqur bo‘lmagan ko‘llar hosil bo‘lgan. Bunday xildagi relef shakllari 
morena relefi deyiladi. Materik muzliklari tufayli hosil bo‘lgan morenali relef
shakllari, son-sanoqsiz morena va muz-tektonik ko‘llar Yevrosiyoning shimoliy 
regionlarini tabiatiga rang-barang manzara baxsh etadi hamda bu hududlarning
landshaft strukturasiii yanada ham murakkab tuzilishiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Relefi 
Yevrosiyoning murakkab geologik rivojlanish tarixi va tektonik tuzilishi 
materikning yer yuzasini tuzilishida va relef shakllarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z
aksini topgan. Yevrosiyo kontinenta uchun butun Yer yuzida ma’lum bo‘lgan 
barcha tektonik strukturalar va relef tiplari harakterli. Uning dengiz sathidan
o‘rtacha balandligi 840 m. Materikning asosiy qismini yirik makrorelef tiplari-
tekisliklar, pasttekisliklar, yassi tog‘liklar, tog‘liklar, tog‘ tizimlari va tog‘oralig‘i
botiqlari tashkil etadi. Ular yoshi va genetik tipi jihatidan turli xil bo‘lgan 
strukturalarga to‘g‘ri keladi. Quyida keng tarqalgan va materikning katta-katta
maydonlarini egallab yotgan makrorelef tiplariga to‘xtalib o‘tamiz. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin