O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə60/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Mezozoy burmalanishi oblastlari. Mezozoy burmalanishi oblastlari
materikning shimoli-sharqiy, janubi-sharqiy, janubiy qismlarini va Amur havzasini 
egallaydi. Bular Verxoyana-Chukotka burmalari, Amur burmalari va Janubi-
Sharqiy Osiyo burmalari tizimlaridan tashkil topgan. Bu oblastlar uzoq geologik 
davrlar mobaynida shakllangan. Materikning bu regionlarida kembriydan oldingi



va kaledon burmalanishlarining koldiqlari uchraydi. Gersin burmalanishi ham o‘z


ta’sirini kuchliroq ko‘rsatgan. Ammo, asosiy tog‘ hosil bo‘lish jarayoni bo‘r 
davridagi yangi kimmeriy va lamariy tektonik harakatlari natijasida ro‘y beradi.
Verxoyana-Chukotka burmalari tizimi Sibirning shimoli-sharqida juda katta 
maydonni ishg‘ol etib, uning tektonik rejimi g‘oyat murakkab bo‘lgan. Kimmeriy
harakatlari bu oblastning geosinklinal rejimiga yakun yasab, uning hududini dengiz 
sathidan yuqori ko‘tardi. Oldingi zamin ustida Verxoyana-Kolima- Chukotka
burmalari zonasi, Kolima o‘rtaliq massivi, Oxota-Chaun vulkan yoylari tashkil 
topdi. Vulkan yoylari antiklinoriy va sinklinoriylardan iborat bo‘lib, ular hozirgi
relef shakllarida o‘zining aksini topgan. 
Amur burmalari tizimi mezozoy va uchlamchi davrning dengiz hamda
kontinental yotqiziqlaridan tarkib topgan. Bu yerda kembriydan oldingi davr va 
paleozoy jinslari yer yuzasiga chiqib yotgan joylar bor. Turli yoshdagi vulkanik
jinslar ham keng tarqalgan. Amur burmalari geologik jihatdan murakkab tuzilgan. 
Uning strukturalari antiklinoriylar, sinklinoriylar va tog‘ oralig‘i vodiylaridan
iborat. Antiklinoriylar asosini Tukuringra, Jag‘di, Bureya va boshqa tizmalar 
tashkil etadi.
Yevrosiyoning janubiy va janubi-sharqiy qismlaridagi strukturalar 
Hindixitoyning katga qismi, Malakka yarim oroli, Tibet tog‘ligining janubiy qismi,
Qoraqurum tog‘ tizmalari mezozoy burmalanishi natijasida barpo bo‘lgan. Ular 
neogen-antropogen davrlarida faol tektonik harakatlarni boshdan kechirganligi
tufayli Yer yuzidagi eng baland tog‘lar tizimi - Baland Osiyo ana shu zamin 
asosida vujudga kelgan.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin