Baykal burmalanishi oblaslari. Baykal burmalanishi materikning sharqiy
qismi uchun harakterli bo‘lib, bu geologik strukturalar proterozoy erasi bilan
paleozoy erasi o‘rtalig‘ida, aniqrog‘i proterozoyning oxiri va kembriyning boshida
geosinklinal tipdagi harakatchan chekka zonalarda vujudaa kelgan. Bu bosqichda
hosil bo‘lgan strukturalar relefi burmali-palaxsali tog‘lardan: Sharqiy Sayan,
Yenisey kryaji, Tunkin tog‘lari, Hamar-Daban, Baykalbo‘yi, Shimoliy Baykal,
Olyokma-Vitim tog‘liklari hamda Vitim yassi tog‘ligidan iborat. Bu strukturalar
Sibir platformasini g‘arb, janub va janubi-sharqdan yarim halqa sifatida o‘rab
olgan. Baykal burmalanishi bosqichida vujudga kelgan tog‘larning va yassi
tog‘liklarning geologik tuzilishi kembriydan oldingi va undan keyingi tog‘
jinslaridan tarkib topgan. Bu mintakada ayniqsa granit intruziyalari va oqib
chiqkan trappa magmalari ko‘p uchraydi.
Paleozoy burmalanishi oblastlari.Paleozoy erasida yuz bergan tog‘ hosil
bo‘lishi jarayonlari ikki bosqichdan-kaledon yoki quyi paleozoy burmalanishidan
va gersin yoki yuqori paleozoy burmalanishidan iborat.
Kaledon (quyi paleozoy) burmalanishida hosil bo‘lgan strukturalar Atlantika
geosinklinal mintaqasida bir necha oblastlarni tashkil etadi. Bular Skandinaviya
yarim orolidagi tog‘lar, Buyuk Britaniyaning shimoliy qismi va boshqalar.
Kaledon burmalanishi natijasida Yevrosiyo geosinklinal mintaqasida Markaziy
Fransiya massivi, Janubiy Yevrosiyoning bir qismi, Kichik Osiyo va Eron
tog‘liklari, palaxsali o‘rtaliq massivlari shakllandi. Materikning markaziy va
sharqiy qismlarida G‘arbiy Sayan, Kuznesk Olatovi, Salair kryaji, Oltoyning
sharqiy rayonlari, Qozog‘iston burmali tog‘larining g‘arbiy qismi, Tyanshanning
shimoliy yoylaridagi burmali tog‘lar, Tannu-Ola tog‘larining katta qismi va
Xitoyning janubi-sharqidagi burmalangan tizmalar hosil bo‘ldi. Kaledon
burmalanishi qisman Uralda, Novaya Zemlyada, G‘arbiy Sibir tekisligiga yondosh
bo‘lgan joylarda ham sodir bo‘lgan. Quyi paleozoyning tog‘ jinslari kuchli
burmalangan va metamorflashgan.
Gersin (yuqori paleozoy) burmalanishi Janubiy Yevrosiyo geosinklinal
mintaqasi bo‘ylab g‘arbda Atlantika okeani sohillaridan sharqda Hindiston yarim
oroligacha cho‘zilgan. Gersin burmalanish strukturasiga Pireney yarim orolidagi,
Britaniya orollarining janubiy qismidagi, Fransiyadagi tog‘lar, Markaziy
YYevropaning o‘rtacha balandlikdagi tog‘lari, Ural, Tyanshanning markaziy
yoylaridagi burmali tog‘lar, Taymir, Qozog‘iston burmali tog‘larining janubi-
sharqiy qismi, Turon pligasi, G‘arbiy Sibir plitasi, Janubi-Sharqiy Zabaykale, O‘rta
Amurbo‘yi va boshqa tog‘lar kiradi. Gersin burmalanishi davrida Sharqiy
YYevropa, Sibir va Xitoy platformaparining tarmoqlanishi hisobiga materikning
yanada kengayishi yuz berdi. Materikning janubiy chegarasi janubga tomon
chukindi jinslarning to‘planish jarayoni davom etayotgan Alp-Himolay
geosinklinal mintaqasigacha siljigan.