O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə55/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Qutbiy 

nomutanosiblik. 
Yer yo’zasida zonallikning rivojlanishi 
umumgeografik qonuniyat asosida yo’z bergan bulsada geografik mintaqalarning



va zonalarning ekvatorga nisbatan joylashinshda kat’iyan mutanosiblik


(simmetriklik) yuk. Bunga sabab materiklar va okeanlar maydonining shimoliy va 
janubiy yarim sharlarda bir xilda taksimlanmaganligi, materiklarning geografik
o’rni va ularning muzlanish darajasi kabilardir. Shu boisdan shimoliy yarim 
shardagi zonalar yigandisi spekteri janubiy yarim shardagi zonalar yigandisidan
birmuncha boshqacharoq. Masalan, shimoliy yarim sharning katta maydonini 
egallab yotgan tundra va o’rmon tundra zonalari janubiy yarim sharda deyarli
uchramaydi. Janubiy yarim sharning bunday kengliklarida okean buyi o’tloqlari 
yaxshi rivojlangan. Chunki bu kenglikdagi quruqlik okeanning bepoyon
akvatoriyasi bilan o’ralgan. Mo’tadil mintaqalarda joylashgan landshaft zonalari 
har ikkala yarim sharda takrorlansada ularning o’simlik turlarining tarkibi umuman
bir-biriga o’xshamaydi. Shimoliy yarim sharda keng tarqalgan tayga 
o’rmonlaridagi karag‘ay, yel, tilogoch va kedrlar janubiy yarim sharda
uchramaydi. Shimoliy qutbda oq ayiqlar yashasa, janubiy qutbda pingvinlar 
yashaydi. Bo’lar o’z navbatida. geografik komponentlarning va landshaft
zonalarining qutbiy nomutanosibligini (asimmetriyaligini) vujudga keltiradi. 
Qutbiy nomutanosiblikni materiklar va okeanlarning geografik joylashishida,
maksimum va minimum havo massalarining markazlarini joylashishida, yer 
Yuzasining quyosh radiatsiyasini singdirshida, qoplama muzliklarning va muzloq
yerlarning tarqalishida ham ko’rish mumkin. 
1. Shimoliy qutbda okean, janubiy qutbda materik hukmronlik qiladi.
2. Shimoliy qutb dengiz muzlari bilan, janubiy qutb materik muzliklari bilan 
qoplangan.
3. Termik ekvator aynan ekvator kengligida emas, balki undan shimolrokda, 
o’rtacha 5-8° sh.k. lar oralig‘ida joylashgan. Termik ekvator yoz va kish
faollariga qarab o’z joyini ekvator bilan 15-16° sh.k. orasida o’zgartirib 
turadi.
4. Subtropik maksimumlar markazi fasldan faslga qarab shimoliy yarim 
sharda 32°-36° sh.k. lar oraligida, janubiy yarim sharda 28°-32° j.k. lar oraligida
o’z joyini o’zgartirib turadi. Ularning o’rtacha holati shimolda 34° sh.k. ga, 
janubda 30° j.k. ga to'g'ri keladi.
5. Har ikkala yarim sharda bir xil geografik, mintaqalarning ekvatorga 
nisbatan o’rtacha kenglik holatini aniqlasak, u holda ularning xozirgi vaqtida 4-5°
shimol tomonga siljiganini ko’ramiz. Materik muzligi davrida esa mitakalarning 
o’rni 5-10° janub tomonga surilgan. Geografik mintaqalarning o’rtacha optimal
holatidan shimol tomonga surilishiga sabab quruqlikning yarim sharlarda notekis 
taqsimlanishidir. Shimoliy yarim sharda quruqlik yer Yuzasining 39,4% ini,
janubiy yarim sharda 19% ini tashkil etadi. Quruqlik okeanga nisbatan quyosh 
radiatsiyasini 17% ko’p rok yutadi va atmosferaga unga nisbatan ikki marta
ko’proq issiqlik beradi. Shuniig uchun shimoliy yarim sharda havo ning o’rtacha 
harorati janubiy yarim sharga nisbatan 2-3° S yuqorirok.
Hozirgi zamon muzliklarining qalinligi, xajmi va maydoni shimoliy va 
janubiy yarim sharlarda bir xil emas. Shimoliy yarim shardagi muzliklarning
umumiy xajmi 6 mln. Km3 ni, maydoni 2,3 mln. Km2 ni tashkil etadi. Buning 
80% i Grenlandiya muzligiga to’g’ri keladi. Janubiy yarim sharda muzliklarning



umumiy xajmi 24 mln. Km3 ga, maydoni 14 mln. Km2 ga teng. Shundan 98% ini


Antarktida muzligi tashkil etadi. Janubda koplama muzliklarning qalinligi minglab 
metr bilan ulchansa (Antarktida muzligining maksimal qalinligi 4345 m)
shimolda dengiz muzliklarining o’rtacha qalinligi 2-8 m bilan o’lchanadi. Demak, 
qutbiy nomutanosiblik o’zining yorkin ifodasini hozirgi zamon muzliklarining
shimoliy va janubiy yarim sharlarda tarkalish xususiyatlarida ham topgan. 


Sinov savollari. 

1. Geografik mintaqalar va zonalarini tarqalishini tushuntiring?

2. Sektorlikhaqida tushuncha bering? 

3. Balandlik mintaqalarini tushuntiring? 

4. Qutbiy nomutanosiblikni tushuntiring? 







Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin