Yerning o‘lchamlari. Yerning kattaligi to‘g‘risidagi aniq ma’lumotni
birinchi bo‘lib er.av. III-II asrlarda Eratosfen o‘lchagan. U Yerning shar shaklda
ekanligiga
asoslanib
Asuon
va
Aleksandriya
shaharlarining
geografik
kengliklaridagi farqni aniqladi. Uning hisobiga ko‘ra Yerning radiusi 6311000
metrga teng keladi. Bunday ma’lumot XVII asrgacha hukmron bo‘lib keldi.
Fransuz astronomi Pikar 1669-1670 yillarda meridian yoyining uzunligi 10 22" 55"
ekanligini topib Yerning radiusi 6371692 metrga teng deb hisobladi.
1940 yilda F.N.Krasovskiy boshchiligida uch o‘qli ellipsoid elementlari
hisoblab chiqildi. Katta ekvatorial o‘q RE=6378,245 km. Kichik ekvatorial o‘q
RE=6378,032 km, qutbiy Rq=6358,863 km RE - Rq=21,382 km, Yerning siqiqligi
1:298,3 ga teng. 1964 yil Xalqaro astronomik ittifoq RE=6378,160 km ,
Rq=6356,780 km deb e’lon qildi. Shuningdek Yernig maydoni 510 mln kv.km,
ekvatorning uzunligi 40 ming km.
Yerning aylanma harakatlari
Yer
sayyorasining kunlik, yillik va galaktik aylanma harakatlari mavjud.
Somon yo‘li galaktikamiz o‘z o‘qi va orbitasi bo‘ylab harakatlanadi. Jismlar, ya’ni
yulduzlar yoki sayyoralar galaktika yadrosidan qancha uzoqda yoki uning chetida
joylashsa bo‘lsa, ular shuncha tez harakatlanadi. Quyosh va boshqa unga yaqin
yulduzlar Galaktikamizni to‘liq aylanib chiqishi uchun kam deganda 180 mln yil
kerak bo‘ladi. Bunda Quyosh sistemasi joylashgan Galaktikaning shu qismi
(yulduzlar to‘plami, tumanliklar) Galaktika yadrosi atrofida 250 km/s tezlikda
aylanma harakat qiladi. Lekin Galaktikaning o‘zi Yakkashox (Yedinorog)
yulduzlar turkumi tomon 210 km/s tezlikda harakat qiladi.
Albatta, Quyosh sistemasi va uning tarkibiy qismi bo‘lgan Yer
ham ana shu
harakatlarda ishtirok etadi. Ehtimol yerdagi tub tabiiy o‘zgarishlar (ya’ni tog‘
burmalanishlari, iqlimining o‘zgarishlari, eralarning almashinishlari Quyosh
sistemasining Galaktika yilidagi (180-200 mln yil) harakatlari bilan bog‘liqdir.
Yer Quyosh atrofida o‘z orbitasi bo‘ylab bir yilda to‘liq aylanib chiqadi. Bu
aylanma harakat uchun 365 kun 5 soat 48 minut 46 sekund vaqt ketadi. Yer
orbitasining Quyoshga eng yaqin joylashgan nuqtasini
perigeliy, eng uzoq
nuqtasini esa
afiley deb ataladi.
Yer perigeliyda eng tez, afileyda sekin
harakatlanadi. Yerning o‘z orbitasi bo‘ylab harakat tezligi 29780 m/s tashkil etadi.
Lekin, perigeliy bilan afeliydagi tezligining farqi 950 m/s dir. Shuning uchun ham
Yer orbitasining bir bo‘lagini (21 martdan 23 sentyabrga qadar) 186 kunda bosib
o‘tsa, qolgan ikkinchi qismiga (23 sentyabrdan 21 martgacha) 179 kun sarflaydi.
Yer o‘z orbitasi bo‘ylab harakatlanishi bilan birga o‘z o‘qi atrofida ham
harakatlanadi. Yer o‘z o‘qi atrofida 23 soat 56 minut 4 sekund davomida bir marta
to‘liq aylanib chiqadi. Uning harakat tezligi 465 m/s ga teng.
Yer Quyosh atrofida aylanganida yil fasllari almashinadi, o‘z o‘qi atrofida
aylanganida esa tun bilan kun almashinadi. Ayniqsa gidrometeorologlar uchun eng
muhimi Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishining geofizik oqibatlarini bilishdir.
Fizikadan ma’lumki, ekvatorial mintaqaning qavariqligi,
qutblarning botiqligi
aylanayotgan jismning
markazdan qochma kuchi ta’sirida yuzaga kelishi mumkin.
Ana shu markazdan qochma kuch ta’sirida burilish tezlanishi (ya’ni Koriolis
tezlanishi) paydo bo‘ladi. Shimoliy yarimsharda daryolarning o‘ng qirg‘og‘ini
yuvishi, Janubiy yarimsharda esa chap qirg‘og‘ini yuvishi kuzatilishi shundan. Bu
hodisani 1851 yilda Fuko tajriba qilib qo‘rgan. Sankpeterburgdagi Isaakov
soborida ham Fuko tajribasi o‘rnatilgan. Yerning
harakati havo massalari, suv
qalqishlarining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Yerning o‘lchamlari muhim geofizik ahamiyat kasb etadi. Birinchi
navbatda Yerning tortishi kuchini yenga oladigan tezlik (
)ning qiymati uning
massasi (M) va radiusi (R) ga bog‘liqdir. Bu holat quyidagi ifodada o‘z aksini
topgan:
2 = 2f M/R,
bu yerda f – gravitatsion doimiylik. Ma’lumki, Yerning tortishish kuchini
yengadigan ikkinchi kosmik tezlik 11,3 km/s ga teng.