Uning chegarasi to‘g‘risida olimlar o‘rtasida yagona fikr yo‘q. Lekin ko‘pchilik
uning yuqori chegarasini azon ekranidan (Yer yuzasidan 25 km tepadan)
o‘tkazishsa, pastki chegarasini nurash po‘stlog‘ining quyi qismidan o‘tkazadilar.
Geografik qobiqning asosiy xususiyati
undagi doimo modda va
energiyaning aylanma harakatining mavjudligi. Geografik qobiq energiyani asosan
ikki manbadan, ya’ni Quyosh-Kosmosdan va Yerning ichki qismidan oladi.
Demak, tabiatda sodir bo‘ladigan barcha hodisalarni
ana shu ikkita energiya
harakatga keltiradi. Gidrometeorologlar suvning aylanma harakati va hosil bo‘lish
mexanizmi, ular bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tabiiy jarayonlarni bilishlari zarur.
Geoxronologik shkala
Yerning geologik taraqqiyoti, organik
dunyoning evolyutsiyasi, tog‘
jinslarining paydo bo‘lishi va yoshini o‘rganish asosida geoxronologik jadval
tuzilgan.
Binobarin, geoxronologik jadvalda Yer
taraqqiyoti bosqichlarining
ketma-ketligi va o‘zaro bo‘ysunganligi aks ettirilgan. Lekin bu tushunchaning
sinonimi tariqasida stratigrafik shkala ishlatiladi. Odatda
stratigrafik shkalada yer
po‘stidagi tog‘ jinslarining birin-ketin to‘planishini qo‘rsatadi.
Hozirgi geoxronologik jadvalda geologik
vaqt dastlab ikkita eonga, ya’ni
fanerozoy (aniq hayot) va kriptozoy (yashirin hayot)ga bo‘linadi. Eonlar beshta
eralarga ajraladi. Masalan, kriptozoy (tokembriy deb ham ataladi)
ikkita eraga
Arxey (birlamchi, ilk) proterozoy (eng qadimgi hayot); fanerozoy esa uchta eraga-
paleozoy (qadimgi hayot), mezozon (o‘rta hayot) va kaynazoy (yangi hayot)
eralariga bo‘linadi. O‘z navbatida eralar davrlarga ajraladi, davrlar esa epoxalarga,
epoxalar asrlarga bo‘linadi. Eralarga stratigrafik shkaladagi
tog‘ jinsi guruhlari
to‘g‘ri kelsa, davrlarga
sistemalar, epoxalarga
bo‘limlar, asrlarga esa
yaruslar mos
keladi.
Dostları ilə paylaş: