o‘lkalari, mamlakatlari, shaharlari, dengizlari, daryolari, ko‘llari, tog‘lari, cho‘llari,
dashtlari va boshqa geografik ob’ektlarning nomlari yozilgan. Jumladan haritaning
sharqida Yaponiya (Jobarqo), Xitoy (Mochin), Qoshg‘ar mamlakatlaridan boshlab,
O‘rta Osiyoning bir qancha regionlari, shaharlari, daryolari, Kaspiy (Abaskun)
dengizi, Ozarbayjon yerlari, g‘arbda Bulg‘or va Mag‘rib yerlari, Andalus tog‘lari,
shimolda Yevrosiyoning sovuq iqlimli yerlari, janubda to Hindiston yerlarigacha
tasvirlangan. Haritada Afrikaning shimoliy qismidagi yuqori haroratli joylar,
Sahroi Kabir cho‘llari, Misr, Habash va Zanji mamlakatlari ham alohida chegaralar
bilan ko‘rsatilgan. Mahmud Qoshgariyning "Dunyo haritasi" XI asrda tuzilgan va
o‘sha davr uchun ancha mukammal kartogrfik asar bo‘lgan.
XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida Zahiriddin Muhammad Bobur
geografiya faniga o‘zining ilmiy asarlari bilan salmoqli ulushini qo‘shdi. Bobur
Farg‘onada, Samarqandda, Afg‘onistonda, Xindistonda saltanatni boshkarish bilan
birga bu viloyatlarning tabiiy sharoitini o‘rgandi. Keyinchalik ana shu o‘lkalarning
daryo vodiylariga, tog‘ va tekisliklariga, o‘simliklariga, hayvonot dunyosi hamda
aholisining urf-odatlariga o‘ziiing shoh asar hisoblangan "Boburnoma"da to‘liq
tavsif berdi.
XIX asrda O‘rta va Markaziy Osiyoni rus sayyohlaridan P.P.Semyonov,
N.M.Prjevalskiylar tadqiq etishni boshladilar. Bu sayyoxlar Tyanshan tog‘
tizmalarini, qumli cho‘llarni, tog‘ jinslarini, o‘simliklarni, ayrim tog‘
va tekislik
ko‘llarini o‘rgandilar, ularning tavsifini yozdilar. Etnografik kuzatishlar olib
bordilar. P.P.Semyonov o‘zining ilmiy xizmatlari evaziga Tyanshanskiy deb
atalish huquqiga ega bo‘ldi.
1874
yilda
I.V.Mushketov
boshchiligidagi
safar
ishtirokchilari
Turkistonning Sirdaryo havzasini va Tyanshan tog‘larining g‘arbiy qismini tabiiy
sharoitini, geologik tuzilishini va qazilma boyliklarini tadqiq etishdi. 1900-1902
yillarda L.S.Berg Orol dengizining geologayasi, gidrologiyasi, iqlimi va hayvonot
olamini mukammal o‘rganib "Orol dengizi" monografiyasini yozdi.
Yevrosiyo materigining O‘rta Osiyo tog‘-tekislik paragenetik landshaft
o‘lkasini kompleks tadqiq qilishda O‘zbekistonlik tabiatshunos olimlarning
xizmati katta. O‘rta Osiyo tabiiy hududiy komlekslarini "mukammal o‘rganish va
tabiiy geografik rayonlashtirish borasida N.A.Korjenevskiy, V.M.Chetirkin,
M.Qoriyev, L.N.Babushkin, N.A.Kogaylar katta ishlarni amalga oshirdilar.
1960 yillardan keyin A.A.Abdulqosimov O‘rta Osiyoning tog‘ oralig‘i
botiqlarini, tabiiy va antropogen landshaftlarini kopleks tadqiq etib,
ularning
strukturasini tashkil etuvchi morfologik birliklarini turli masshtablarda
haritalashtirdi, tabiiy geografik rayonlashtirdi, to‘siq landshaftlarni va landshatlar
asimmetriyasini vujudga kelishini ilmiy asoslab berdi. L.A.Alibekov tog‘ va
tekisliklarning o‘zaro aloqadorligini batafsil tekshirdi. A.A.Rafiqov O‘zbekistan
hududini tabiiy meliorativ holatini, ekologiyasini, cho‘llashish jarayonini tahlil
qilish borasida katta ishlarni bajardi. S.A.Nishonov
Amudaryo va Sirdaryo
oralig‘idagi arid iqlimni tabiat komlekslarini tadqiq qildi. O‘zbekistoning
Zarafshon, Farg‘ona, Chirchik vodiylari, cho‘llari va tabiiy resurelari
Z.M.Akramov, M.U.Umarov, P.Baratov, Yu.Sultonov, P.G‘ulomov, Sh.Zokirovlar
tomonidan o‘rganildi. Tog‘lardagi karst hodisalariga va g‘orlarga M.Mamatqulov
va M.Abdujabborovlarning asarlarida tafsilot berilgan.
Turkiston va O‘zbekistonning geologiyasi, geotektonikasi, foydali
qazilmalari H.M.Hamroboyev, O.M.Akramxo‘jayev, iqlimi L.N.Babushkin,
V.A.Bugayev, F.A.Mo‘minov, tuproq-o‘simlik qoplami, hayvonot dunyosi
Q.Z.Zokirov,
T.Z.Zohidov,
Ye.P.Korovin,
I.I.Granitov,
M.M.Orifxonova,
S.N.Rijov, A.Maxsudovlar tomonidan mukammal urganilgan.
Turkiston tabiatini
o‘rganish
tarixi
bilan
H.Hasanov,
A.Azatyan
va
R.Rahimbekovlar
shug‘ullanganlar.
O‘zbekiston Geografiya jamiyatining Samarkand bo‘limi a’zolaridan bir
guruhi Yevrosiyoiing g‘arbiy o‘lkalarini rang-barang landshaft komnlekslari bilan
tanishishda va ularni tadqiq qilishda faol qatnashdilar. YYevropa Parlamentining
tasis dasturiga muvofik A.A.Abdulkosimov boshchiligidagi Xalkaro ilmiy safar
ishtirokchilari 1995-1998 yillarda Belgiya, Gollandiya, Fransiya, Italiya, Ispaniya
va Germaniyada bo‘lishdi. Ular G‘arbiy YYevropaning Parij havzasi va Shimoliy
tekisliklari, Alp tog‘lari, Pireney va Apennin yarim orollari, Atlantika okeanining
La-Mansh va Pa-de-Kale bo‘g‘ozlari, Shimoliy, O‘rta va Adriatika dengizlari bilan
yaqindan
tanishdilar, bu regionlar to‘g‘risida ko‘plab geografik va kartografik
ma’lumotlar to‘pladilar. Bu materiklardan G‘arbiy YYevropaning tabiiy geografik
o‘lkalariga tavsif berishda keng foydalanildi va ular asos bo‘lib xizmat qildi.
Dostları ilə paylaş: