O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti ro`yhatga olindi №2018 yil «Tasdiqlayman»



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə65/376
tarix26.12.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#197416
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   376
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s-www.hozir.org

Turon pasttekisligi. O‘rta Osiyoning tekislik va pasttekislik qismlarini
egallab yotgan Turon pasttekisligi g‘arbda Kaspiy dengizinipg sharqiy sohillaridan 
boshlanib, sharqda Tyanshan va Pomir Oloyning Tog‘ etaklarigacha davom etadi.
Uning dengiz sathidan o‘rtacha balandligi 100-200 m ni tashkil etadi. 
Pasttekislikning asosiy qismi qumli va gilli cho‘llardan iborat. Bu yerda iqlim
nihoyat darajada quruq bo‘lganligi sababli eol jarayonlar kuchli ro‘y beradi. 
Natijada Qoraqum va Qizilqum massivlarida mezorelef hamda mikrorslefning
asosiy shakllarini vujudga keltiradi. Turon pasttekisligi uchun qum massivlari va 
gilli cho‘llardan boshqa paleozoyda burmalangan qoldiqli tog‘ tizmalari, kattaligi
har xil bo‘lgan berk quruq botiqlar ham harakterli. Qizilqumning markaziy qismi 
Tomditog‘, Quljuqtog‘, Ovminzatog‘, Aristontog‘, Bukantog‘ va boshqa qoldiqli
tog‘larning balandligi 700 m dan 900 m gacha boradi va undan ham ortada. Berk 
oqmas botiqlardan eng kattalari Oyoqog‘itma, Qoraxotin, Mingbuloq va
boshkalardir. Bulardan tashqari Mang‘ishloq yarim orolida eng chuqur Qoragiyo 
(Botir) cho‘kmasi joylashgan bo‘lib, uning tagi dengiz sathidan -132 m past,
Qorniyoriq cho‘kmasining tagi esa -70 m pastdir. Turon pasttekisligi atrofdagi 
o ‘ l k a l a r g a n i s b a t a n b e r k i c h k i h a v z a h i s o b l a n a d i .
Yevrosiyonint janubiy qismida joylashgan Arabiston va Xindiston 
platformalarinipg ichki va tashqi bukilmalarida yirik allyuvial tekisliklar



Mesopotamiya va Hind-Gang pasttekisiliklari hosil bo‘lgan. Bu pasttekisliklar


katta qalinlikdagi allyuvial yotqiziqlardan tarkib topgan. Ular uzoq yillar 
mobaynida kishilar Tomonidan o‘zlashtirilib, qishloq xo‘jaligida keng foydalanib
kelinmoqda. Shu boisdan bu pasttekisliklarda o‘ziga xos irrigatsion antropogen 
mikrorelef shakllari vujudga kelgan.
Xitoyning sharqiy qismida Taykanshan tog‘lari bilan Sariq dengiz oralig‘ida 
Buyuk Xitoy tekisliti joylashgan. Bu aslida pasgtekislik tipidagi tekislik bo‘lib,
Xitoy platformasi hududidagi yirik bukilmada qalinligi 800-1000 m dan ziyod 
bo‘lgan to‘rtlamchi davr allyuvial yotqiziqlaridan tashkil tonganUning yer yuzasi
juda pastlik bo‘lib, asosiy qismining o‘rtacha dengiz sathidan balandligi 50 m dan 
oshmaydi, tog‘ etaklarida esa 100 m gacha ko‘tariladi. Tekislikning markaziy
qismida maksimal balandligi 1591 m bo‘lgan va qadimiy jinslardan tuzilgan 
Shandun tog‘lari ko‘tarilib turibdi. Tekislikda ko‘llar va botqoqliklar keng
tarqalgan. 



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   376




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin