ko‘p bo‘ladi. Qishda qor kam yog‘adi va tez erib ketadi. Idshmning bunday
xususiyatlari mu’tadil mintaqaning dengiz iqlim variantiga hosdir.
Sharqda borgan sari Atlantika okeanining ta’siri kamaya boradi, iqslimniig
kontinentalligi orta boradi. Sharqiy YYevropa tekisligida mu’tadil mintaqaning
dengiz iqlimidai kontinental iqlimga o‘tishdagi o‘tkinchi iqlim varianti hukmronlik
qiladi. Yoz oylari iliq, qish esa sovuq bo‘ladi. Ural tog‘lariga yaqin joylarda kattiq
sovuqdar tez-tez takrorlanib turadi. Yanvarning o‘rtacha harorati -8°S dan -20°S
gacha pasayadi. Qishda ayozln kunlar iliq kunlar bilan almashinib turadi.Yozda
yog‘inlar Sharqiy YYevropa tekisligining g‘arbida ko‘p bo‘ladi. Ural tog‘laridan
sharqda mo‘’tadil mintaqaning iqlim sharoiti kontinental havo massalariga bog‘lq.
Yozda yer yuzasi qattiq isiydi, harorat 25°-30°S gacha ko‘tariladi, qishda esa juda
sovuydi va harorat -50°S, -60°S gacha pasayadi. Dengiz havo massalari bu
yerdarga
nam keltirmaydi, yog‘in 200-300 mm atrofida tushadi. Qishda qor kam
yog‘adi va qattiq sovuq yer yuzasini ancha chuqurgacha muzlatadi. Bunday
xususiyat mo‘’tadil mintaqaning keskin kontinental iqlim variantiga xosdir.
Mo‘’tadil mintaqaning sharqiy qismidagi Tinch okean sohillarida, Katta
Xingan tog‘
tizmasidan sharqda, Shimoli-Sharqiy Xitoyda, O‘rta va Quyi
Amurbo‘yi tekisliklarida, Quyi Lrimoreda, Koreya
yarim orolining shimolida,
Xokkaydo orolida va Xonsyu orolining shimoliy qismida musson iqlim
hukmronlik qiladi. Musson havo massalarining asosiy xususiyati shundan iboratki,
ular fasllarga qarab almashinib turadi va mo‘’tadil mintaqaning musson iqlim
variantini hosil qiladi. Yog‘ingarchilik asosan yoz oylarida bo‘ladi, qishda esa
aksincha kam tushadi. Musson iqlim faqat mo‘’tadil iqlim mintaqasida emas, balki
subtropik va tropik iqlim mintaqalarida ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: